Nish obyektlari


ESHITISH ORGANLARI VA UNING GIGIYENASI



Download 67,57 Kb.
bet2/3
Sana14.02.2020
Hajmi67,57 Kb.
#39773
1   2   3
Bog'liq
2 5253790758825100949


41.ESHITISH ORGANLARI VA UNING GIGIYENASI.

Eshitish organi quloq hisoblanadi.U bosh suyagining chakka qismida joylashgan bo’lib,3 qismdan : tashqi ,ichki,o’rta quloqdan iborat. Tashqi quloq -quloq suprasi va tashqi eshitish yo’lidan iborat.Tashqi quloq yo’lining oxirida nog’ora parda bo’lib,utashqi quloq yo’lini o’rta quloq bo’shlig’idan ajratib turadi.O’rta quloq yexistaxiy nay-chasi yordamida burun-halqumga tutashgan.Ichki quloq suyak labi-rintdan iborat.Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan. Uning ichida endolimfa suyuqligi bo’ladi.Odam eshitish organining yaxshi rivojlanishi ,sog’lom bo’lishi uchun quloq, burun,og’iz,to-moqni shamollashdan asrash,yupqa sochiq uchini namlab tashqi quloq yo’lini har 2-3 kunda tozalash,quloqni kuchli shovqindan saq-lash kerak.

42.MAKTAB BINOSIDAGI ISSIQLIK REJIMI.

Maktabda sinf xonalarining harorati 18.5°C,sport zallarining harora-ti 16.5°C bo’lishi kerak.Hozirgi vaqtda ko’pchilik maktablar past bo-simli suv bosimi yordamida isitiladi. Radiatorlar poldan 20 sm balandlikka o’rnatiladi. Sport zallarida radiatorlar taxta reshyotka ichiga joylashtirilishi shart.Xonalarda sof havoni saqlab turish uchun har soatda 5-10 minut shamollatilishi shart.

43.SINF XONASINING YORITILISHIGA QANDAY GIGIYENIK TALABLAR QO’YILADI?

O’quvchilarning ish qobiliyati sinf xonasining yoritilishiga ham bog’-liq.Sinf xonasida deraza tokchasi pol sathidan 80 sm baland bo’lishi kerak.Ifloslangan oynalar yorug’likni 15 % dan ko’p to’smasligi ke-rak.Xona shifti oq,devorlari oq,ko’k yoki yashil bo’lishi kerak.Qish oylarida xona yoritilishi 75000 lyuksdan kam bo’lmasligi lozim. Maktablarda sun’iy yoritilishdan cho’g’langan va Lyuminitsent lam-palar bilan yoritish samarali hisoblanadi.

44.ESHITISH ORGANINING YOSH XUSUSIYATI NIMALARDAN IBORAT?

( 39- savol javobi bilan bir xil )

45.KO’RISH ORGANLARI KASALLIKLARI VA UNI OLDINI OLISH CHO-RALARI.

Ko’rish organlari kasalliklari ko’rish organi funksiyasi buzilishi bilan belgilanadi.Yaqindan ko’rish ( miopiya) holati tug’ma va orttirilgan bo’ladi.Uzoqdan ko’rish ( gipermetropiya) holati,asosan tug’ma bo’ladi,ammo keksalarda ko’z gavhari do’ngligining kamayishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin.Ba’zi odamlarda kolbasimon retseptor-larning funksiyasi tug’ma buzilishi yashil,qizil va boshqa ranglarni sezish qobiliyati buziladi.( daltanizm kasalligi) .Bu ko’pincha erkak-larda uchraydi.Yuqorida sanab o’tilgan kasalliklar hayotda orttirma bo’lmasligi uchun ko’rish gigiyenasiga rioya qilish kerak.Maslan, yorug’likning yetarli bo’lishi ,yorug’likning chap tomondan tushishi, kitoblarni ko’zdan 40 sm masofada tutish va hk.

46.ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI HAQIDA TUSHUNCHA.

Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo’lib,ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga ,ya’ni qon va limfaga quyiladi.Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deyiladi.Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz,qalqonsimon,qalqon orqa,ayrisimon,buyrakusti bezlari kiradi.

47.ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING ORGANIZM FAOLIYATINI BOSH-QARISHDAGI FUNKSIONAL AHAMIYATI.

Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining yurli qismlarida joylashgan. Ulardan ishlab chiqarilgan suyuqliklar organizm ichki muhitiga ya’ni qon va limfaga quyiladi.Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deyiladi.Bu bezlarga gipofiz,epifiz,qalqonsimon,buyrakusti bezlari kiradi.Ular barcha moddalar almashinuvida muhim ahami-yatga ega.Gipofizdan ajralgan samotatrop garmoni bolalar o’sishi, rivojlanishi ,oqsillar sintezlanishini boshqaradi.Epifiz bezi pigment almashinuvida ,qalqonsimon bez moddalar almashinuvida,buyrak usti bezi qon bosimi oshishida ,mineral tuzlar almashinuvida va hk larda ishtirok etadi.

48.MIYA BEZLARI(epifiz,gipofiz) VA UNING FUNKSIYASI.

Epifiz bezi bosh miyaning asosida joylashgan bo’lib , uning massasi 0.2 g.Unda melotanin garmoni ishlab chiqariladi va bu garmon pig- ment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.Gipofiz bezi no’xot-simon, massasi 0.5-0.6 g ga teng.Bosh miyaningostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi qismida joylashgan.Gipofiz 3 bo’lakdan iborat:oldingi,oraliq,orqa.Gipofizning oldingi bo’lagidan somatotrop garmoni ajraladi.Bu garmon bolalarning o’sishi,rivojlanishi,oqsillar sintezlanishini boshqaradi.

49.QALQONSIMON BEZ VA UNING FUNKSIYASI.

Bu bez bo’yinning oldingi qismida joylashgan bo’lib,massasi chaqa-loqda 1 g,5-10;yoshli bolalarda 10 g,kattalarda 25-30 g gacha bo’la-di.Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi.Bu garmon- ning 65% dan ko’prog’i yod moddasidan iborat.U yurak ishining gumoral yo’l bilan boshqarilishida ishtirok etadi.Tiroksin bolalar- ning o’sishi,rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

50.Me’da osti bezlari.

Bu bez me’daning pastki va orqa sohasida joylashgan,uzunligi 16-20 sm,massasi 70-80 g.Me’daosti bezi aralash bez bo’lib ,ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi.Bezning 98-99%i tashqi,1-2%i ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.Bezning langergans orolchasida insulin garmoni ishlab chiqariladi.U qondagi qand moddasini muskul to’qimalarida glikogen modda sifatida to’p-lanishini ta’minlaydi.

51.BUYRAK USTI BEZLARI.

Bu bezlar 2 ta bo’lib,nomiga monand o’ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi.Ularning birgalikdagi og’irligi 10-20 g. Buyrakusti bezlari 2 qavat: po’stloq va miya qavatidan iborat. Po’st-loq qavatida mineralokortikoid,glukokortikoid,androgen,esterogen garmonlari,ichki qavatida noadrenalin,adrenalin garmonlari ishlab chiqariladi.Ularning hammasi odam hayotida muhim ahamiyatga ega,ular moddalar almashinuvi ,oqsil,uglevod almashinuvi , erkak va ayollar jinsiy bezlarining funksiyasi kuchayishlarida ishtirok eta-di.Buyrakusti bezlarining miya qismida katexolamin ishlab chiqari-ladi.Bu garmon qon bosimini oshiradi,yurak qisqarishini tezlashti-radi,moddalar almashinuvini kuchaytiradi.

52.JINSIY BEZLAR VA UNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI.

Erkaklar jinsiy bezlariga 1 juft moyaklar,prostata bezi kiradi.Ularda erkaklik jinsiy garmoni ishlab chiqariladi.Uning bu funksiyasi12-15 yoshda boshlanadi va keksalik davrigacha davom etadi.

53.TAYANCH HARAKAT TIZIMI VA UNING AHAMIYATI.

Tayanch harakatlanish tizimi skilet va muskullar sistemasidan ibo-rat.Uning ahamiyati shundan iboratki, skiletning tayanch funksiyasi tufayli odam qomatini tik tutadi.Bundan tashqari organlar, qon to-mirlari,nerv sistemasini himoya qiladi.

54.ODAM TANA SUYAKLATI VA UNING TURLARI.

Suyak 2 qavat bo’lib , usti qattiq, ichi g’ovaksimon bo’ladi.Suyaklar suyak usti pardasi bilan qoplangan.Odam tana suyaklari tuzilishiga ko’ra ,naysimon ,yassi,g’ovak,va g’alvirsimon bo’ladi.Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab: bosh ,gavda,qo’l ,oyoq suyaklariga bo’linadi.

55.SKILETNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSH XUSUSIYATLARI.

Skiletning rivojlanishida kunlik iste’mol qilinayotgan taomning tar-kibi,o’tirish ,yotish,turish,yurish vaqtida gavdaning to’ri tutilishi, poyabzalning to’g’ri tanlanishi muhim. Skilet rivojlanishi bolalik davridan tog’ri yo’lga qo’yilishi kerak.Yosh bolani ko’p o’tqizish, en-di yurishni o’rganayotganda ko’p yurgizish, tag qismi baland poyab-zal kiygazish mumkin emas.

56.MUSKULLARNING UMUMIY TUZILISHI VA YOSH XUSUSIYATLARI.

Muskullar tayanch harakatning faol qismi. Muskul qisqarishi suyak-larni harakatga keltiradi.Muskullar oli nerv markazlari tomonidan boshqariladi.Odamda 600 dan ortiq muskullar bor , tana massasi-ning 40%ini tashkil qiladi.Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to’-qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o’ralgan.Muskullar yoshga qa-rab turlicha bo’ladi .Masalan,chaqaloqqa qaraganda balog’at yoshi-dagi bolaning muskullari yillar davomidagi chiniqtirish natijasida yaxshi rivojlangan bo’ladi.

57.TAYANCH HARAKAT APPARATINING GIGIYENASI.

Tayanch harakat apparatining to’g’ri rivojlanishi va sog’lom bo’lishida ma’lum gigiyena qoidalariga rioya qilish talab etiladi.

Yosh bolalar o’tirishni endi o’rganayotganda ko’p o’tkazmaslik , ko’p tik oyoqqa qo’ymaslik kerak.Hayoti davomida o’g’ir yuk ko’tarmaslik yoki uni qaltis ko’tarib qo’ymaslik lozim .

58.SINF JIHOZLARIGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.

Sinf jihozlaridan birinchi o’rinda stol va stul bolaning bo’yiga mos kelishi kerak. Chunki bola sinfdagi bor vaqtini partalarda yoki stol-stulda o’tkazadi. Doska yashil rangda bo’lishi shart.Sababi shuki ko’zdagi charchoqni yashil rang olish xususiyatiga ega. Labaratoriya va mehnat xonalarida xavfsizlik uchun asbob anjomlar maxsus shkaflarda saqlanadi.

59.SUYAKNING KIMYOVIY TARKIBI,FIZIK XOSSALARI VA TUZILISHI.

Suyaklarning ko’mik qismida qonning shaklli elementlari ishlab chi-qariladi.Suyaklar mineral tuzlar to’planadigan joy .Tuzilishiga ko’ra naysimon ,yassi,g’ovak,g’alvirsimon bo’ladi.Suyaklar 2 qavat bo’lib, usti qattiq,ichi g’ovaksimon tuzilgan.Suyaklar kimyoviy tarkibining 1/3 qismi organik , qolgani anarganik moddalardan iborat.Suyaklar tayanch va himoya vazifasini bajaradi.

60.BOSH SUYAGI VA UNING TUZILISHI.

Bosh suyagi 23 ta suyakning birikishidan tashkil topgan bo’lib,unga peshana suyagi, tepa suyagi,ensa,chakka,pastki jag’,yuqori jag’, ya-noq,ko’z yoshi ,burun suyaklari kiradi.

61.KO’KRAK QAFASI SKILETI VA UNING TUZILISHI.

Ko’krak qafasi skileti suyaklariga 12 ta ko’krak umurtqasi, 12 juft qovurg’alar va to’sh suyagi kiradi.Ularning birikishi natijasida ko’k-rak qafasi hosil bo’lib,unda ichki organlar joylashadi.

62.QO’L SUYAKLARI VA UNING TUZILISHI.

Qo’l suyaklari 2 qismga : yelka kamari va qo’lning erkin suyaklariga bo’linadi.Yelka kamari suyaklariga kurak ,o’mrov suyaklari,qo’lning erkin suyaklariga yelka,bilak-tirsak,kaftusti,kaft va panja suyaklari kiradi.

63.OYOQ SUYAGI VA UNING TUZILISHI.

Oyoq suyaklari 2 guruhga : oyoq kamari,oyoqning erkin suyaklariga bo’linadi.Oyoq kamari 2 tomondan nomsiz suyaklardan ,orqa to-mondan dumg’aza,dum umurtqa suyaklaridan tuzilgan. Oyoqning erkin suyaklariga son ,boldir,tizza qopqog’i ,oyoq panjasining suyak-lari kiradi.

64.OVQAT HAZM QILISH A’ZOLAR TIZIMINING UMUMIY XUSUSI-YATLARI VA VAZIFALARI.

Ovqat hazm qilish organlariga lablar,og’iz bo’shlig’i,halqum, qizil-o’ngach ,me’da,12 barmoqli ichak,ingichka va yog’on ichak, me’da-osti bezi ,jigar kiradi.Og’iz bo’shlig’i tishlar,til va so’lak bezlari kanal-laridan tuzilgan .Unda ovqatning mexanik parchalanish jarayoni bo-radi.Halqum burun va og’iz bo’shlig’ining davomidir.U ovqatni og’iz bo’shlig’idan qizilo’ngachga o’tkazib beradi.Qizilo’ngach ovqatni oshqazonga o’tkazadi.Me’dada ovqatdagi oqsil, yog’lar parchalanadi.12 barmoqli ichak ovqatdagi yog’larni emulsiya holatiga keltiriladi.Ingichka ichakda ovqat ichak shirasi bilan arala-shib ,parchalanadi.Ovqat vorsinkalar orqali qon va limfa tomirla-riga so’riladi.Yog’on ichakda suv, mineral tuzlar so’riladi.Bu yerga ovqat qoldig’i quyiladi.

65.OVQATNING OG’IZDA HAZM BO’LISHI.

Og’iz bo’shlig’ida 3 juft: tilosti,jag’osti,quloqoldi so’lak bezlarining kanalchalari bor.Ovqat og’izda mexanik parchalanadi.Bezlardan aj-ralgan so’lak og’iz bo’shlig’iga quyilib ,ovqatni ho’llab,uning yutili-shini qulaylashtiradi.So’lak tarkibidagi ptialin fermenti uglevodlarni parchalaydi.So’lakdagi lizotsim moddasi og’izga tushgan mikroblar-ni eritib yuboradi.

66.TISHLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS TUZILISHI.

Tishlar 2 xil bo’ladi: sut tishlari-20 ta, doimiy tishlar -32ta.Tish 3 qa-vatdan:tish toji,bo’yni va ildizidan tuzilgan.Sut tishlari bolaning 6 oyligidan 2 yoshigacha chiqadi.6 yoshdan 12 yoshgacha sut tishlari tushib , o’rniga doimiy tishlar chiqadi.Doimiy tishlar yuqori va past-ki jag’da 16 tadan ,jag’larning o’ng va chap tomonida 8 tadan bo’la-di.Shulardan oldingi 2 tasi kesuvchi,1 tasi qoziq,2 ta kichik oziq ,3 ta katta oziq tishlardir.Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha,4 ta-si 18 yoshdan keyin chiqadi.

67.QIZILO’NGACH VA ME’DANING UMUMIY TUZILISHI HAMDA OVQAT HAZM BO’LISHIDAGI VAZIFALARI.

Qizilo’ngach uzunligi o’rtacha 23-25 sm bo’lib,shilliq va muskul qa-vatdan iborat.U ko’krak qafasi to’sh suyagining orqa qismida joy-lashgan.Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqazonga o’tkazishdan ibo-rat.Me’da diafragmada joylashgan.Katta odamda hajmi o’rtacha 2,5 litr atrofida bo’ladi.Unda 14 mln ga yaqin mayda bezlar bo’lib , pep-sin,lipaza fermentlari va xlorid kislota ajratadi.Pepsin ovqatdagi oq-sillarni ,lipaza yog’larni parchalaydi. Xlorid kislota pepsin faollik ku-chini oshiradi.Me’dada ovqat hazm bo’lib ,12 barmoqli ichakka o’t-kaziladi.

68.INGICHKA ICHAKDA OVQATNING HAZM BO’LISHI.

Ingichka ichak 12 barmoqli ichakning davomi bo’lib,uning uzunligi 5-6 m, devori silliq muskullardan tashkil topgan. Ichakning mayat-niksimon harakati natijasida ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi.Bu ovqatning parchalanib ,hazm bo’lishini ta’minlaydi. Ichak shilliq qavatida vorsinkalar bor. U orqali vorsinkalar qon va limfa tomirlariga so’riladi.

69.OSHQAZON OSTI BEZI VA UNING HAZM JARAYONIDAGI AHAMI-YATI.

Oshqazon osti bezi ( me’da osti bezi) odam tanasidagi barcha bezlar orasida hajm nihatdan 2-o’rinda turadi.U funksiyasiga ko’ra aralash bez.Oshqazon osti bezi insulin garmoni ishlab chiqaradi.Bu garmon qand almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi va 12 barmoqli ichakka quyilib oziq moddalarining ichakda hazm bo’lishida muhim ahamiyatga ega.

70.JIGAR VA UNING OVQAT HAZM BO’LISHIDAGI AHAMIYATI.

Jigar odam organizmidagi eng katta bez bo’lib, massasi o’rtacha 1500 g.U qorin bo’shlig’ining yuqori qismida ya’ni o’ng qovurg’alar yoyi ostida joglashgan.Jigar hujayralari o’t suyuqligi ishlab chiqara-di.Bu suyuqlikning ahamiyati shuki, u ovqat tarkibidagi yog’larning hazm bo’lishida ishtirok etadi.Jigarning muhim funksiyalaridan biri u qonni zararli moddalardan tozalashdir.Bundan tashqari u oqsil va uglevodlar almashinuvida ham ishtirok etadi.

71.OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING YOSHGA OID XUSUSIYAT-LARI.

Ovqat hazm qilish organlari yoshga qarab turlicha bo’ladi. Masalan , chaqaloqlarga tishlari chiqmaganligi uchun faqat sut ,suyuq taomlar suvi beriladi.Shunda hazm jarayoni yengil kechadi. Keksalar organizmi noziklashib boradi ,shu o’rinda hazm organlari ham. Shuning uchun yengil taom ,lekin kaloriyali taom tavsiya etiladi.

72.OVQAT HAZM QILISH GIGIYENASI.

Ovqat hazm qilish yaxshi bo’lishi uchun tez tayyor bo’ladigan ovqatlardan voz kechish kerak.Ertalab hali uyg’onib ulgurmagan organizmga og’irlik tushurmaslik va kunlik energiyani to’plab olish uchun yengil lekin kaloriyali ovqat yeyish lozim.Ovqatlanish organlariga zararli moddalar tushmasligi uchun qo’l sovunlab yuvilishi, taom yangi tayyorlangan bo’lishi kerak.

73.ORGANIZMDA MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUV JARAYONI VA UNING AHAMIYATI.

Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizmda uning o’zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi.Ovqat tarkibi-dagi organik moddalar parchalanishi natijasida energiya hosil bo’la-di.Shuning hisobiga organlar ish bajaradi.

74.OQSILLAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI.

Oqsillar murakkab molekular organik birikma bo’lib,odam organiz-mi hayotida muhim ahamiyatga ega.Oqsillar barcha hujayralar tar-kibiga kiradi , kislorod bilan oksidlanib energiya hosil qiladi.Oqsillar aminakislotalardan tuzilgan.Oqsillar sifatli va sifatsiz oqsillarga bo’linadi. Sifatli oqsillar hayvon va parranda mahsulotlarida,sifatsiz oqsillar o’simlik mahsulotlarida bo’ladi.

75.YOG’LAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI.

Yog’lar odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega.1 g yog’ organizmda kislorod bilan oksidlanib, 9.3 kkal energiya ajrata-di.Yog’lar 2 xil :hayvon yog’lari va o’simlik moylariga bo’linadi.

76.VITAMINLAR,ULARNING AHAMIYATI.

Inson uchun muhim moddalar 1912-yil Funk tomonidan vitaminlar( vita-hayot) deb nomlangan.Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib,organizmda moddalar al-mashinuvida muhim ahamiyatga ega.Odam vitaminlarsiz yashashi mumkin emas.Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bor.Har bir vitamin organizmda muhim fiziologik vazi-fani bajaradi.

77.A VITAMINI,UNING AHAMIYATI.

A vitamini odamning o’sishi,rivojlanishi,ko’payishida,epiteliy to’qi-masining funksional holatini normal saqlashda , ko’z o’tkirligining yaxshi bo’lishida muhim.A vitamini baliq yog’ida,sariyog’da,mol ji-garida, o’rikda ko’p bo’ladi.

78.B GURUHI VITAMINLARI VA ULARNING ORGANIZM UCHUN AHA-MIYATI.

B guruh vitaminlariga B1,B2,B6,B12,B15 va b.lar kiradi.B1 vitamini markaziy nerv sistemasida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari normal o’tishida , odamning aqliy faoliyati yaxshi bo’lishida muhim o’rin tutadi.Bu vitamin guruch po’stlog’ida ,bug’doy noni, loviya, no’xot,yong’oq,mol jigari tarkibida bo’ladi.

79. C VITAMINI VA UNING ORGANIZM UCHUN AHAMIYATI.

C vitamini askorbin kislota hisoblanadi. U ko’katlar, sabzavotlar, ayniqsa,limon,apilsin , mandarin ,karam ,pomidor ,piyoz tarkibida ko’p.C vitamini moddalar almashinuvi,ayniqsa , oqsillar va uglevod-lar almashinuvida muhim o’rin tutadi.Bu vitamin yetishmasa singa kasalligi yuzaga keladi.

80. D VITAMINI VA UNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI.

D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o’tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, 2-3 yoshgacha bo’lgan bolalar suyagining to’g’ri shakllanishi , o’sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yu-zaga keladi. D vitamini baliq,tuxum sarig’ida,sut,sut mahsulotlarida ko’p bo’ladi. U quyoshning ultratovush nurlari ta’sirida odam terisi-da ham hosil bo’ladi.

81.SUV VA UNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI.

Suv odam organizmi barcha hujayra va to’qimalarining tarkibiy qis-miga kiradi. Katta yoshdagi odam tanasining 50-60 %ini suv tashkil qiladi,yoshlarning tanasidagi suv nisbati esa bundan ko’proq bo’la-di.Suv moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega.Katta odam-larning bir kunlik suvga ehtiyoji 2-3 l ni tashkil qiladi.

82.MINERAL MODDALAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI AHAMI-YATI.

Mineral moddalar odam tanasining barcha hujayra va to’qimalarida bo’ladi.Ular makro va mikro elementlarga bo’linadi.Makroelement-larga natriy,xlor,kalsiy,fosfor,kaliy,temir kiradi.Mikroelementlarga rux,marganes,kobalt,mis,aluminiy,ftor,yod kiradi. Mineral modda-larning ahamiyati shuki,ular organizmda moddalar almashinuvi, hujayralarning qo’zg’alish jarayonida muhim o’rin tutadi.

83.OVQATLANISH VA UNING TARTIBI.

Odam yo’qotgan energiyasining o’rnini qoplashi uchun ovqatlanishi kerak.Bir kecha munduzgi ovqat miqdori 4 qismga bo’lingan holda iste’mol qilinishi kerak.1)ertalabki nonushta-bir kunlik ovqat kalo-riyasining 25-30%ini tashkil etadi.(soat 7-7.30).2)tushki ovqat-bir kunlik ovqat kaloriyasining 35-40 %ini tashkil qiladi(soat 12-12.30). 3)kechki ovqat-bir kunlik ovqat kaloriyasining 15-20 %ini tashkil qi-ladi.(soat 19-20.00). Uch marta asosiy ovqatlanishdan tashqari, qo’shimcha ovqatlanish ham ko’zda tutiladi.U bir kunlik ovqatning 10-15 %ini tashkil etadi.

84.OVQATDAN ZAHARLANISH VA UNING TURLARI.

Ovqatdan zaharlanish eskirib qolgan taomlarni iste’mol qilish tufay-li paydo bo’ladi.Bir soat o’tgach odam ko’ngili ayniydi,qusadi, qo-rinning yuqori qismi og’riydi.Ovqatdan zaharlanishning salmonelloz, botulizm,ichburug’,qorin tifi,vabo kabi turlari bor.

85.OVQATLANISH GIGIYENASI.

Ovqatlanish qoidalari yemakning yangi va toza bo’lishidan tashqari ma’lum qoidalarga asoslangan : ovqatlanishning miqdor, sifat va rejim qoidasi.Ovqatlanishning miqdor qoidasiga ko’ra bir kecha kunduzda ovqatdan hosil bo’lgan energiya mkqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo’lishi kerak.Sifat qoidasiga ko’ra bir mundagi ovqat tarkibidagi oqsillar, yog’lar,uglevodlar,mineral tuz-lar,suv,vitaminlar miqdori organizm ehtiyojini qondirishi kerak. Ovqatlanish rejimiga ko’ra , bir kunda 4 marta : ertalabki nonushta, tushlik, kechki ovqat va qo’shimcha ovqatlanish ko’zda tutiladi. Qo’shimcha ovqatlanish bir kunlik ovqatning 10-15 %ini tashkil eti-shi lozim.

86.NAFAS OLISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Odam tashqi muhitdan kislorod qabul qilib ,karbanat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deyiladi.Uning o’ziga xos xususiyatlari o’pka alveolalari va tashqi muhit o’rtasida ,o’pkaning kapillar qon tomirlari o’rtasida,qon va to’qimalar o’rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvidan iborat.

87. NAFAS OLISH ORGANLARI VA UNING TUZILISHI.

Nafas olish organlariga burun bo’shlig’i,hiqildoq,kekirdak( traxeya), bronxlar,o’pkalar va plevra pardalari kiradi. Burun bo’shlig’i to’siq bilan 2 ga bo’lingan,ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Hiqildoq 4-6 bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan,u havo o’t-kazuvchi nafas yo’li vazifasini bajarishdan tashqari,u tovush hosil qi-ladigan ovoz apparati hamdir.Kekirdak hiqildoqning pastki qismida joylashgan bo’lib,o’ng va chap bronxlarga bo’linadi.Uzunligi katta odamda 9-13 sm ga yetadi.Bronxlar kekirdakning 2 ga bo’linishidan hosil bo’ladi.Bronxlar o’pka to’qimasiga kirib,daraxt shoxiga o’x-shab bronxchalarga tarmoqlanadi. O’pka bir juft bo’lib ,konussimon tuzilgan.Ular ko’krak qafasining 2 tomonida joylashgan. O’pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o’ralgan.U 2 qavatdan ichki va tashqi qavatdan iborat va ular orasida torgina plevra bo’shlig’i hosil bo’ladi. Bu bo’shliq o’pkaning kengayib torayishiga qulaylik tug’diradi.

88.BURUN BO’SHLIG’I VA UNING TUZILISHI,VAZIFALARI.

Burun bo’shlig’i to’siq bilan bo’lingan .Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan.Bu pardada juda ko’p mayda bezlar bor. Bu-run bo’shlig’idan suyuqlik ajraladi.U havoni tozalash vazifasini bajaradi.Burun bo’shlig’i nafas havosini tozalash va ilitib o’tkazish vazifasini bajaradi.

89.TRAXEYA VA BRONXLARNING TUZILISHI,VAZIFALARI.

Traxeya(kekirdak) hiqildoqning pastki qismidan boshlanib,5-ko’krak umurtqasi ro’parasigacha davom etadi va shu joyda o’ng va chap bronxlarga bo’linadi.Uning uzunligi odam bo’yiga qarab,9-13 sm gacha yetadi.Bronxlar 5- ko’krak ro’parasida kekirdakning 2 ga bo’li-nishidan hosil bo’ladi.Bronxlar o’pka to’qimasiga kirib ,xuddi daraxt shoxiga o’xshab ,bronxchalarga tarmoqlanadi.Traxeya va bronxlar nafas yo’li hisoblanib,ular havoni ilitib ,namlab,mayda chang zarra-chalaridan tozalab,o’pka alveolalariga o’tkazish vazifasini bajaradi.

90.O’PKALAR VA ULARNING VAZIFALARI.

O’pka bir juft bo’lib (o’ng va chap o’pka),konussimon tuzilgan.Ular ko’krak qafasining ikki tomonida joylashgan.O’pkalar pastdan diag-ramma ,orqadan umurtqa pog’onasi,oldingi tomondan to’sh suyagi va atrofdan qovurg’alar bilan chegaralangan.O’pka to’qimasi da-raxtsimon shakldagi bronxchalar hamda pufakchasimon alveolalar-dan tashkil topgan.O’pka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi.O’pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o’ralgan.

Download 67,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish