Nish obyektlari



Download 67,57 Kb.
bet1/3
Sana14.02.2020
Hajmi67,57 Kb.
#39773
  1   2   3
Bog'liq
2 5253790758825100949


1.YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA FANI PREDMETI VA UNING O’RGA-

NISH OBYEKTLARI.

Fiziologiya yunoncha so’z bo’lib, tirik organizm funksiyalarini va unda sodir bo’ladigan jarayonlarni ichki va tashqi muhit sharoitlariga bog’lagan holda o’rganuvchi fan hisoblanadi .Fiziologiya psixologiya va pedagogika fanlari bilan bog’liq bo’lib, oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot pedagogika va psixologiyaning asosidir.Fiziologiyaning pedagogika uchun ahamiyati shuki, bolaning mehnat va turmush sharoitini to’g’ri tashkil etish , to’g’ri tarbiya ishlarini olib borish uchun pedagok va psixolog bola organizmida ro’y beradigan fiziologik jarayonlarning yoshga aloqador xususiyatlarini bilishi kerak.Bu borada ma’lumot beruvchi fan yosh fiziologiyasi deyiladi.Yosh fiziologiyasi butun organizm funksiyasi, har bir hujayra , to’qima, a’zo tuzilishi , vazifasi, faoliyatini har bir yosh davri uchun alohida o’rganadi va o’rgatadi.

2.MAKTAB GIGIYENASI PREDMETI VA AHAMIYATI.

Maktab gigiyenasi- o’quvchi organizmini tashqi muhit bilan o’zaro bog’-liqligini o’rganadigan fan bo’lib , pedagogika va psixologiya fanlari bilan chambarchas bog’liq.Maktab gigiyenasi o’qituvchiga bolalarning kamroq kuch sarflagan holda yuqori o’zlashtirishga erishuviga yordam beradi. Maktab gigiyenasi ko’p muammolarni o’z ichiga olganligi sababli bir necha gigiyenik turlarga ajratiladi:o’quv yili gigiyenasi, dars gigiyenasi, mehnat ta’limi gigiyenasi, ta’lim tarbiya ishlari gigiyenasi, kun tartibi gi-giyenasi,imtihonlar gigiyenasi va boshqalar.Yuqorida sanab o’tilgan mak-tab gigiyenasi turlarining to’g’ri tashkil etilishi o’quvchilarning aqlan va jismonan toliqmasligi , darslarni qiyinchiliklarsiz o’zlashtirishi hamda bi-lim darajalarining yuqori bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

3.YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.

Yosh fiziologiyasi biologik fanlar orasida eng sertarmoq fan hisoblanadi. Yosh fiziologiyasi o’z tekshirishlarida boshqa tabiiy fanlar bilan yaqin alo-qada bo’lib, fizika va kimyo qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usulllaridan keng foydalanadi.Yosh fiziologiyasi morfologik fanlar-anato-miya,gistologiya,sitologiya bilan chambarchas bog’langan.Organizm va u-ning a’zolarini shakli, tuzilmasi va funksiyalarini bilmay turib yaxlit orga-nizm faoliyatini o’rganib bo’lmaydi.Yosh fiziologiyasi bilan tibbiyotni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.Fiziologiya tibbiyotga nazariy ozuqa beradi va poydevori bo’lib xizmat qiladi.Yosh fiziologiyasi pedagogika va psixologi-ya fanlari bilan ham bog’liq.Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot zamona-viy pedagogika va psixologiyaning asosidir.

4.O’ZBEKISTONDA YOSH FIZIOLOGIYASI SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR.

O’zbekistonda yosh fiziologiyasi sohasida mustaqillikning ilk yilllaridan shu kunga qadar yosh chaqaloqdan tortib keksa nuroniylarning salomat-ligini muhofaza qilish bo’yicha ko’plab chora tadbirlar amalga oshirildi va oshirib kelinmoqda. Shu o’rinda birinchi davlat rahbarimiz tomonidan 2009-yil 1-iyulda qabul qilingan “Repraduktiv salomatlikni mustahkam-lash “to’g’risidagi Davlat dasturi doirasida ko’pgina amaliy ishlar amalga oshirildi. Bu borada so’z ketganda juda ko’plab qarorlar, qonunlar,davlat dasturlarini sanab o’tish mumkin. Bundan tashqari yosh fiziologiyasi so-hasida maktablarda o’quvchilarni tibbiy ko’riklardan bepul o’tkazilishi , maktab gigiyenasi davlatning tegishli kishilari tomanidan nazorat qilinishi turli zararli odatlarning inson salomatligiga zarari borasida targ’ibot ishla-rining jadalligi,giyohvandlikka qarshi kurash hamda nazoratning kuchliligi va boshqalar yosh fiziologiyasi sohasidagi ishlarning amaliy namunasidir.

5.MAMLAKATDA AHOLI SALOMATLIGINI YAXSHILASH BO’YICHA OLIB BO-RILAYOTGAN ISHLAR VA ULARNING AHAMIYATI.

Har bir davlatning rivojlanishi va ertangi kunida shu mamlakat aholisini-ng salomatligi muhim ahamiyat kasb etadi.Istiqlol yillarida yurtimiz aholi-si salomatligini yaxshilash borasida bir qancha davlat dasturlari , shu o’rinda yil nomlarining salomatlik bilan bog’lagan holda nomlanishi , ona va bola salomatligini nazorat qilish uchun patranajlar sonining ko’paytiri-lishi, Orol dengiziga yaqin joyda yashovchi aholisining dam olish orom-gohlari, sanatoriyalarga imtiyozli yo’llanma asosida yuborilishi,giyoh-vandlikka qarshi targ’ibot va nazoratning kuchaytirilishi va shu kabi ish-lar aholi salomatligini saqlashda olib borilayotgan ishlarning isbotidir.

6.O’ZBEKISTONDA YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINIG RIVOJ-LANISH TARIXI.

O’zbekistonda yosh fiziologiyasi sohasidagi dastlabki tadqiqotlar Turkis-ton dorilfununining mudiri professor E.F.Palyakov va I.P.Mixalkovskiy tomonidan boshlangan. Keyinchalik A.S.Shatalina rahbarlik qilgan . Ular-ning rahbarligida ko’plab yetuk olimlar yetishib chiqqan.Akademik Yunu-sov tashabbbusi bilan ko’pgina olimlar membrana hazmining tezlashishi ichakdagi moddalar parchalanishining salbiy ta’sirini kamayishini ko’r-satdilar.Jarroh Vohidovning yurak va o’pka kasalliklarini jarrohlik yo’li bilan davolash yo’lini ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etgani taqsinga sa-zavor. O’FA ga qarashli biofizika va fiziologiya institutida va biokimyo ins-titutida fiziologik ilmiy izlanishlar muvaffaqiyatli olib borilmoqda.

7.ORGANIZM VA UNGA TASHQI MUHITNING TA’SIRINI TAVSIFLANG.

Odam organizmi murakkab biologik sistema bo’lib , u hujayralar , to’qi-malar va organlar sistemasidan tashkil topgan. Organizm murakkab tuzilganligiga qaramay , uning barcha to’qima va organlari bir-biri bilan uzviy bog’langan holda ishlaydi. Bu bog’lanish nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi.Shuning uchun odam organizmi , uning barcha hujayra , to’-qima va organlari bir butun deb ataladi.Tirik organizm bir joyda yashar ekan , unga shu joyning harorati , namligi , atmosfera bosimi , yorug’ligi, radiatsiyasi , havosi va boshqa omillar ta’sir qilib turadi.I.M.Sechenov bu borada :”Biror tirik organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi”degan edi.

8.O’SISH ORGANIZMINING MIQDORI KO’RSATKICHI.

O’sish deganda tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm o’lchamlarining ortishi tushuniladi.Bola ma’lum yoshgacha to’xtovsiz o’sadi.Ayollar o’sishi 17-18 yoshda,erkaklarda 18-20 yoshda tugallanadi. O’sish jarayonida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi ku-zatiladi.O’sish organizmning miqdor ko’rsatkichidir.O’sish garmoni o’sish-ni boshqaradi.

9.RIVOJLANISH ORGANIZMINING SIFAT KO’RSATKICHI.

Rivojlanish organizmning sifat ko’rsatkichi hisoblanadi. Odam organizmi-ning rivojlanishi umr bo’yi davom etadigan jarayondir.Organizm jismo-nan ,aqlan,jinsiy rivojlanib murakkablashadi.Organizm rivojlanishi bolala-lik,o’smirlik,o’spirinlik,yoshlik ,yetuklik davrlarini bosib o’tadi.

10.O’SISH VA RIVOJLANISHNING UMUMIY QONUNIYATLARI

Bolaning jismoniy va aqliy o’sib rivojlanishida ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti , quyosh radiatsiyasi muhim ahamiyatga ega.Ular o’sish va rivoj-lanishga birdek ta’sir ko’rsatuvchi omillar hisoblanadi. Bolalar yoz faslida tez o’sadi.Bola kichikligidan muntazam ravishda sport bilan shug’ullansa , u sog’lom o’sadi.Uning organlari uyg’un rivojlanadi.

11.AKSELERATSIYA -O’SISH VA RIVOJLANISHNING TEZLASHUVI.

Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o’sishidir.U 100 yil ya’ni bir asr ichida yaqqol ko’zga tashlanganligi uchun keng ma’nora asriy tendensiya deb ham aytiladi.So’nggi 100 yil ichida yangi tug’ilgan chaqa-loqlarning bo’yi 5-6 sm ga , kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarning bo’yi 10-15 sm ga , vazni esa 8-10 sm ga ortdi.Bundan tashqari akselirat-siya odam tana o’lchamining ortishini,odam umrining uzayishini,ruhiy funksiyalar va odam tanasidagi boshqa o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.

12.HUJAYRA VA UNING TUZILISHI.

Barcha tirik organizmlar hujayralardan tashkil topgan.Hujayralar sharsi-mon ,duksimon,prizmasimon shakllarda bo’ladi.Har bir hujayra yadro,si-toplazma va hujayra membranasidan tashkil topgan.Hujayra membranasi 3 qavat tuzilishga ega.Sitoplazma esa yarim suyuq muhit hisoblanadi.Tuzilishi,kelib chiqishi va funksiyasi bir-biriga o’xshash bo’l-gan hujayralar to’plami birgalikda to’qimani tashkil etadi.

13.ODAM ORGANIZMIDA UCHRAYDIGAN TO’QIMALARGA TAVSIF.

Odam organizmida 4 turdagi to’qimalar uchraydi.Bular:epiteliy,birikti-ruvchi, muskul va nerv to’qimalari.Epiteliy to’qimasi 1 va ko’p qavatli bo’-lib , yupqa plastinka shaklidagi hujayralardan tashkil topgan.Biriktiruvchi to’qima asosan organizmning ichki qismini tashkil etib , qon va limfa to’-qimasi, tog’ay va suyak to’qimasi,silliq muskullar to’qimasiga bo’linadi. Muskul to’qimasi tolalarida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan miofibril-lar bo’ladi.Shu bilan u boshqa to’qimalardan farq qiladi. Organizmda sil-liq va ko’ndalang yo’lli muskul to’qimalari bor.Nerv to’qimasi tashqi mu-hit ta’sirida ichki organlarda ro’y beradigan nerv impulslarini o’tkazish funksiyasini bajaradi.Nerv to’qimasi neyron va neyrogliyadan tuzilgan.

14.IRSIYAT VA UNING SITOLOGIK ASOSLARI.

Irsiyat organizmning o’z belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o’t-kazish ya’ni organizmlarning o’ziga o’xshash nasllarni bunyod etish xossa-sidir.Irsiyat tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik ta’min etila-di.Irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saqlanib qolishini ta’minlaydi.Irsiyatning moddiy asosi sitologik usul asosida o’rganiladi.Bu usul irsiyat anatomiya-sini o’rganishga xizmat qiladi.

15.IRSIY KASALLIKLAR VA ULARNING TURLARI.

Tibbiyatda 1500 dan ortiq irsiy kasallik turlari mavjud.Nasl kasalliklari xromosomalarning anomal yig’indisi ,jinsiy hujayralarning o’zgarishi yoki mutatsiya ta’sirida paydo bo’ladi.Nasl kasalliklariga – xromosoma kasal-liklari,modda olmashinuvi va immunitetning o’zgarishiga aloqador , en-dokrin faoliyatiga doir , nerv sistemasi va qonga aloqador kasalliklar kiradi.Mutatsiya lotincha so’z bo’lib , o’zgarish , aylanish degan ma’noni anglatadi. U irsiyatda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.Mutatsiya gen apparati-da ro’y bergan va nasldan naslga o’tib boradigan o’zgarishdir.

16.IRSIYAT VA MUHITNING O’ZARO BOG’LIQLIGI.

Irsiy belgilar tashqi muhit ta’siriga juda chidamli .Organizm yashayotgan muhitiga qarab irsiy belgilarning sifati o’zgarishi mumkin. Irsiy belgilar-ning bu hil o’zgarishi mutatsiya deyiladi.Mutatsiya gen apparatida ro’y bergan o’zgarishdir.Vujudga kelgan yangi belgilar nasldan -naslga o’tadi va o’z ajdodlaridan boshqacha avlod hosil bo’ladi.

17.NERV SISTEMASI VA UNING FUNKSIYASI.

Nerv sistemasi odam organizmining barcha hujayra ,to’qima va organla-rining ishini boshqarish ,tartibga solish va ularning bir biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlashdan iborat.U organizmning tashqi muhit sharoiti-ga moslashuvini ta’minlaydi.Nerv sistemasi 2 qismdan iborat:markaziy va perferik nerv sistemasi.

18.NERV TIZIMI VA UNING QISMLARINI TASVIRLANG.

Nerv sistemasi odam organizmining barcha hujayra , to’qima ,organlari-ning ishini boshqarish , tartibga solish va ularning bir biri bilan bog’lani-shini ta’minlashdan iborat. Nerv sistemasi 2 qismdan iborat:markaziy va pereferik nerv sistemasi.Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi. Pereferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuv-chi, harakatlantiruvchi nerv tugunlari , bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar , umurtqa pog’onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunlari kiradi.

19.BAJARADIGAN VAZIFASIGA KO’RA NERV SISTEMASI TURLARI VA ULARNING VAZIFALARI.

Bajaradigan funksiyasiga ko’ra , nerv sistemasi 2 qismga bo’linadi:Soma-tik va vegetativ nerv sistemasi.Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi.Vegetativ nerv siste-masi ichki organlar hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.

20.NERV HUJAYRALARI VA UNING TUZILISHINI TAVSIFLANG.

Nerv hujayrasi ya’ni neyron bajaradigan vazifasiga ko’ra 2 xil:sezuvchi va harakatlantiruvchi .Neyron har xil shaklga ( doirasimon , yulduzsimon, oval,noksimon va hk). Uning hajmi turlicha bo’ladi.Boshqa hujayralardan farqi shuki, unda membrana ,sitoplazma va yadrodan tashqari, 1 ta uzun va bir nechta kalta o’simtalar ham bor.Uzuni akson , kaltasi dentrit deyi-ladi.

21.NERV MARKAZLARI HAQIDA TUSHUNCHA VA ULARNING FIZIOLOGIK

XUSUSIYATLARI.

Nerv markazi-nerv hujayralari (neyronlar) majmui.U odamda refleks hosil bo’lishida qatnashadi.Nerv markazining fiziologik xususiyati birmuncha kengroq bo’lib , u markaziy nerv sistemasining turli qismlarini o’z ichiga oladi.Masalan ovqatlanish refleksini olib qaraganda, uning yuz berishi uchun turli markazlar,bezlar va boshqa organlar ishga tushishi kerak.

22.NERV TIZIMI TURLI BO’LIMLARINING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI.

Nerv sistemasi ikki bo’limdan iborat:markaziy va pereferik nerv sistema-si. Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi. Pereferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi,harakatlantiruvchi nerv tolalari,bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar kiradi. Bajaradigan funksiyasiga ko’ra ,somatik va vegetativ bo’limlarga bo’linadi. Ularning rivojlanishiga ko’plab tashqi va ichki omillar ta’sir etadi.

23.SHARTLI VA SHARTSIZ REFLEKSLAR.

Refleks – tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmining nerv siste-masi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir.Markaziy nerv sistemasi-ning qaysi qismi ishtirok etishiga qarab , reflekslar 2 xil : shartsiz va shart-li bo’ladi. Shartsiz reflekslar hosil bo’lishida markaziy nerv sistemasining pastki qismlari , ya’ni orqa,uzunchoq ,o’rta ,oraliq miyadagi nerv markaz-lari ishtirok etadi.Shartsiz reflekslar tug’madir, chunki ularning nerv yo’l-lari bola tug’ilgan vaqtda ham bo’ladi.Bu reflekslar odam organizmida muhim hayotiy jarayonlarni ta’minlashga qaratilgan. Masalan,ovqatni chaynash , yutish,hazm qilish,nafas olish va hk.Shartli reflekslarning mar-kazi bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida joylashgan.Bu reflekslar bola tug’ilgan vaqtda bo’lmaydi. Ular odamning hayoti davomida hosil bo’ladi.Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida hosil bo’ladi.Shartli refleks hosil bo’lishi uchun oldin shartli ta’sirlovchi , keyin shartsiz ta’sir-lovchi ta’sir etishi kerak.

24.OLIY NERV FAOLIYATI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.

Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo’ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog’lanishini , uning har xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.Oliy nerv faoliyati bosh miya katta yarimsharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv hujayralarining qo’zg’alish ,tormozlanish jarayonlarining kuchiga ,tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga bog’liq.Oliy nerv faoliyati tug’ma ya’ni nasldan naslga berilgan bo’ladi.

25.BIRINCHI VA IKKINCHI SIGNAL SISTEMASI.

Birinchi signal sistemasi tashqi va ichki muhit ta’sirotlari (yorug’lik,tovush va hk) odam retseptorlariga ta’sir etganda bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’ida hosil bo’ladigan nerv jarayonlari majmui. Birinchi signal sis-temasi voqelikni sezgi va tuyg’ular shaklida bevosita aks ettiradigan asos-dir.Bu terminni I.P.Povlov 1932-yil joriy etgan.Ikkinchi signal sistemasi faqat odam uchun xos bo’lgan ,so’zlar vositasida yuzaga chiqadigan bosh miya yarimsharlari po’stlog’ining faoliyati.Ikkinchi signal sistemasi asosan nutq vositasida amalga oshadi.Bu sistemani 1932-yil I.P.Povlov odam bilan hayvon o’rtasidagi farqni ifodalash maqsadida taklif etgan.

26.OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI.

I.P.Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralari-dagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga , tarqalish tezligi-ga qarab odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 turga bo’lgan.

1)Xolerik.Bu turga kiruvchilar tinib tinchimas, serharakat,boshqalar bilan tez urishib , tez o’rtoqlashadigan ,arzimas narsaga yig’lab ,o’zidan o’zi kuladigan xususiyatga ega.2) Sangvinik.Bu turga kiruvchilar qobiliyatli, zehnli,ishchan,ishni tez bajarishga intiladi.3)Flegmatik.Bu tur vakillari yu-vosh bo’ladi,ishni nihoyasiga yetmazuvchi,shoshilmas bo’ladi.4)Melanxo-lik.Bu tur vakillari kamharakat,ishyoqmas,qo’rqoq,fikrlash qobiliyati past bo’ladi.

27.CHARCHASH VA O’TA CHARCHASH.

Charchash-organizmga haddan tashqari zo’r kelishi natijasida mehnat qo-biliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat.Aqliy charchash intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi , fikrlashning susayishi bilan belgilanadi.Jismoniy charchash muskullar kuchi funksiyalari buzili-shi bilan kechadi.O’ta charchash aqliy yoki jismoniy nagruzkaning haddan ortib ketishi bilan sodir bo’ladi.

28.CHARCHASH VA O’TA CHARCHASHNI OLDINI OLISH.

Charchash yoki o’ta charchashni oldini oilsh uchun aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchilar tanaffuslar bilan ishlashi , bir joyda o’tirib masalan kitob o’qigandan keyin toza havoga chiqishi , yashil o’simliklarga qarashi tavsiya etiladi . Yashil o’simliklarga qarash ko’z uchun foydali. Jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilar ham faoliyati davomida iloji boricha o’z kuchiga qarashi kerak .Ortiqcha zo’r berib ishlash charchashdan tashqari boshqa kasalliklarni keltirishi mumkin.

29.ASAB KASALLIKLARI VA UNING SABABLARI.

Bosh miya to’qimasining yallig’lanishi ensifalit deyiladi.U gripp, qizamiq, suvchechak va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga meladi.Orqa miya to’-qimasining yallig’lanishi miyelit deyiladi.Uni maxsus viruslar qo’zg’atadi. Sezuvchi nerv tolalarining yallig’lanishi nevralgiya deyiladi.U shamollash, gripp va boshqa yuqumli kasalliklar asorati tufayli sodir bo’ladi.Harakat-lantiruvchi nerv tolasining yallig’lanishi evrit deyiladi.Uning sababi ham nevralgiyanikidek.Nevroz-nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog’liq og’ir ruhiy hastalik.Qayg’u,alam,qo’rquv tufayli yuzaga kela-di.

30.UYQU ,UNING TURLARI VA UYQU GIGIYENASI.

Uyqu-bosh miya katta yarimsharlari po’stloq qismidagi nerv markazlari-ning tormozlanishi natijasida hosil bo’ladigan fiziologik holat.Odamda uyquning tabiiy , gipnotik ,narkotik turlari bor. Tabiiy uyqu har kungi normal uyqudir.Odamning uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha. Masalan, chaqaloqlarda 21-22 soat.Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so’z va harakatlari ta’sirida yuzaga keladi.Gip-nozlash usuli ba’zi ruhiy kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.Narkotik uy-qu kimyoviy dorilar ta’sirida yuzaga keladi.

31.MAKTAB YOSHI HAQIDA TUSHUNCHA.

Maktab yoshi bu morfologik,pzixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanish bo’lib , o’quvchilarning ta’lim tarbiya talablariga javob berishi talab qi-linadi.Buni aniqlash uchun masalan odam rasmi mutaxassis tomonidan bolaga chizdiriladi.Shunga ko’ra bolaning maktabga tayyorgarligi aniqla-nib asosiy yoki tayyorlov guruhi belgilanadi.

32.O’QUV YILI VA UNGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.

Maktablarda o’quv yilining davomiyligi boshlang’ich sinf o’quvchilarida qisqaroq, yuqori sinflarda uzunroq bo’ladi.O’quvchilarning ish qobiliya-tini saqlab turishda qishki ,bahorgi, kuzgi,yozgi ta’tilda o’quvchilarning yaxshi dam olishi muhim ahamiyatga ega.1-2-3-sinflarda 1 haftalik nagruzka 24 soat ,4-sinfda 27 soat,5-6-7-sinfda 32 soat,8- sinfda 33 soat, 9-10-11-sinflarda 35 soat bo’lishi kerak. 6,7 yosh bolani 45 minut darsda charchatib qo’ymaslik uchun 35 min dars o’tib,10 minut ko’rgazmali qu-rollarni ko’rsatish tavsiya etiladi.Matematika,fizika, kimyo ,chet tillari 2-3 soatlarga qo’yilishi kerak.O’rta ,yuqori sinflarda jismoniy tarbiya 4-soatga qo’yilishi kerak.

33.DARSGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.

O’quvchilar o’quv ishining asosiy shakli dars bo’lib,u turlicha olib borilishi mumkin.O’quvchilarning o’zlashtirishi darsni gigiyenik jihatdan tashkil qilinishiga bog’liq.Fiziologlar fikricha 1-sinflarda dars davomiyligi 30-35 minutdan oshmasligi kerak.Dars gigiyenasiga uning davomiyligi ,uning tarkibi kiradi.1-sinflar uchun 1soat darsda o’qish va yozish davomiyligi 7-10 minutdan oshmasligi ,4-sinfda 17-20 minutdan oshmasligi kerak.

34.O’QUVCHILARNING KUN TARTIBI.

O’quvchilarning kun tartibida dam olish , ovqatlanish,uyqu aktual masa-ladir.Kun tartibi to’g’ri tashkil etilganda bola charchamaydi,bola intizom-li va tartibli bo’lib boradi.Kun tartibiga rioya qilinmasa ish qobiliyati buzi-ladi.Uy vazifalari bola yoshiga mos bo’lishi kerak.1-sinflarga 45 min,5-11-sinflarga 3-3,5 soat.Bola uxlashidan 2-3 soat oldin ovqatlanishi kerak.Har kuni bir vaqtda ovqatlanish shart.

35.O’QUVCHILARNING MEHNAT TA’LIMI GIGIYENASI.

Mehnat darslari o’quv kuni o’rtasiga qo’yilsa ish unumli bo’ladi.Mehnat darsi o’quvchining yoshiga, sog’ligiga mos va xavfsiz bo’lishi kerak. Rev-matizm, yurak parogi,qandli diabeti bor bolalar darsdan ozod qilinadi. Mehnat darslari maxsus jihozlangan xonada o’tilishi, asboblar shkafda saqlanishi,sanitar burchagida umivalnik,sovun,sochiq bo’lishi,dori quti-sida yod,paxta,bint bo’lishi shart.

36.ORGANIZM FAOLIYATIDA SEZGI ORGANLARINING ROLI.

Atrof muhit bilan odam organizmi bir biriga bog’liq.Tashqi muhitning omillari sezgi organlariga ta’sir etadi va ularning bosh miyadagi markazla-riga qabul qilinadi.Bosh miya po’stlog’ining turli qismlarida nerv hujayra-lari joylashgan ,ularni I.P.Pavlov analiza-torlar deb atagan.Analizatorlar 3 qismdan:retseptor,sezuvchi nerv tolasi,sezuvchi nerv markazidan tashkil topgan.Bularning birortasi shkastlansa muayyan sezgi organining ishi buziladi.Odamda ko’rish, eshitish,hid va ta’m bilish ,vistebular va harakat analizatorlari bor.

37.KO’RISH ORGANINING YOSH XUSUSIYATLARI.

Ko’rish organi ko’z hisoblanadi.Ko’zning o’tkirligiga odamning yoshi ham ta’sir etadi.Masalan ,keksalarda ko’z gavharining do’ngligi kamayishi tufayli ko’rish o’tkirligi susayishi mumkin. Ko’zimiz keksaligimizda ham bugungidek xizmat qilishi uchun yoshligimizdan sport bilan doimiy shug’ullanishimiz kerak.

38. TERI,HID BILISH,TA’M BILISH ORGANLARINING UMUMIY TUZILI-SHI.

Teri ko’p qavatli epiteliy to’qimasidan tashkil topgan, odam tanasini tashqi tomondan o’rab turadi.Teri 3 qavatdan:1) epidermis-terining eng ustki qismi,2)derma-asl teri qavati 3)gipoderma-teriosti yog’ qavati.Hid bilish organi burun bo’shlig’i shilliq pardasida joylashgan. Ta’m bilish organi til so’rg’ichlari,yumshoq tanglay va tomoq shilliq pardasida joylashgan.Odam 4 xil ta’mni : til uchi shirinni,yon to-monlari sho’r va nordonni, orqa qismi achchiqni sezadi.

39.ESITISH ORGANINING YOSH XUSUSIYATLARI.

Eshitish organi quloq hisoblanadi. Eshitish organining faoliyati normal bo’lishi avvalo yosh bolalarda nutq paydo bo’lishiga imkon beradi. Uning keyingi hayotida eshitishning yanada rivojlanishi barcha ruhiy faoliyatning rivojlanishiga zamin yaratadi.

40.KO’RISH ORGANLARI TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI.

Ko’z bosh suyagi chuqurchasida-ko’z kosasida joylashgan. Ko’z ko’z soqqasi,ko’rish nervi va yordamchi qismlardan: qovoq,kipriklar, yosh bezlari,qon tomirlaridan tuzilgan.Ko’z funksiyasiga ko’ra 2 qismdan: ko’zning optik tizimi,retseptor qismidan iborat.Ko’rish qo-biliyati me’yorida saqlanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak : yorug’likning yetarli bo’lishi( 100-150 lyuks) , yorug’likning chap tomondan tushishi, masalan kitob o’qiganda uning ko’zdan 40 sm masofada tutish , kundalik ovqatda A vitami-niga boy taomlar iste’mol qilish va hk.

Download 67,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish