Tarbiyachi tomonidan shaxs va jamoaning o‘rganilishi. Tarbiyachi nihoyatda mas’uliyatli va murakkab vazifani bajaradi. U sinfdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o‘quvchilarning murabbiysi, sinfni tashkil etadi, hamda «Kamolot» tashkiloti, o‘qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.
So‘nggi yillarda tarbiyachining faoliyagi turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda maktab jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi.
Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad maktabning sinf rahbarlariga hozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy etish va metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida maktab oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar qo‘yilgan, bu esa ayni vaqgda har bir tarbiyachining asosiy vazifasi hisoblanadi.
O‘qituvchi tomonidan shaxs va jamoani o‘rganishda pedagogik faoliyatning tartibli, rejali amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Shu sababli o‘qituvchi shaxs va jamoani o‘rganishda pedagogik faoliyatni oqilona, puxta rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi tomonidan bu borada ishlab chiqiladigan reja (namuna)da quyidagilar aks etadi (1-жадвал):
1-jadval. Tarbiyaviy ishlarning taxminiy rejasi
Muddati
|
Tarbiyaviy ishning
asosiy mazmuni
|
Kundalik
ishlar
|
Ish rejasi va kuzatishlar
tahlili
|
1 -21 mart
|
Shanbalikda qatnashish va chorak yakunlariga bag‘ishlangan majlisda ishtirok etish
|
O‘z-o‘ziga xizmat qilishni tekshirish
Siyosiy axborotlar bilan tanishuv
Siyosiy axborotda qatnashish
Sinf yig‘ilishida qatnashish
Sinf bilan shanbalik haqida maslahatlashish
|
Axborot sust, siyosiy axborotchilar dalillarni sharxlashga
qiynalishdi.
Majlis faol va jonli o‘tdi,
faollarda mas’uliyat hissi ortib borayapti.
|
Alohida sinf jamoalari qo‘lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun maktab jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda tarbiyachining mas’uliyati jamiyat oldidagi rahbarlik mas’uliyatidan kam emas. Shuning uchun maktab direktorlari tarbiyachi vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan o‘qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Tarbiyachining muhim vazifalaridan biri – bu o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim qobiliyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlari, o‘quvchining bo‘lg‘usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularni sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, o‘z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish tarbiyachining bevosita asosiy vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |