Ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etish (nazariy va amaliy konferentsiya, seminar, pedagogik o‘qish va treninglar).
Yetakchi ta’lim muassasalarida ularning ish tajribalarini o‘rganish (stajirovka).
O‘qituvchi tomonidan respublika va xorijiy mamlakatlarning pedagoglarining kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yosh avlodni o‘qitish hamda tarbiyalash borasida erishilgan yutuq, muvaffaqiyatlarning o‘rganilishi yagona nom bilan “ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish” deb aytiladi.
Har bir o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishda muayyan vositalardan foydalanmoqda. Masalan, axborot texnologiyalari xizmatidan. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishda axborot texnologiyalari xizmatidan foydalanish o‘qituvchi tomonidan pedagogik jarayonlar samaradorligiga erishishda qo‘l keladigan ma’lumotlarning axborot texnologiyalari (jumladan, kompyuter texnologiyasi)dan olish, o‘rganish, saqlash va qayta ishlashini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan amaliy harakat sanaladi. Zamonaviy sharoitda o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribalardan samarali foydalana olishlari talab etilmoqda. Bunda o‘qituvchining kasbiy faoliyati mazmunini yangicha ilmiy qarashlar, ilg‘or pedagogik tajribalar, yangiliklar, innovatsion g‘oyalar bilan boyitib borish asosida pedagogik jarayonni takomillashtira olishi muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, o‘qituvchi mehnatini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish ta’lim- tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchining tartibli, muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zamin yaratadi. Qolaversa, mehnatni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash va pedagogik tajriba to‘plab borish o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-
onalar bilan munosabatda ijobiy natijadarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi.
Nazorat uchun savollar:
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda nimani tushunasiz?
O‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishi qanday ro‘y beradi?
Individual rivojlanish dasturi nima?
Pedagogning individual rivojlanish dasturida nimalar aks etadi?
O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi deganda nimani tushunasiz?
Pedagogning o‘z ustida ishlash modelida qanday holatlar aks etadi?
Pedagogning o‘z ustida ishlashi qanday bosqichlarda kechadi?
Pedagogik tajriba nima va u qanday to‘planadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |