Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 
 
 
 
 
OLAMNING CHEKLILIGI VA CHEKSIZLIGI 
 
 Olamning chekliligi va cheksizligi. 
Falsafada olamning chekliligi va 
cheksizligi bilan bog‗liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir 
konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi 
e‘tirof etiladi. CHeksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) 
shakllar mavjudligi ko‗plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Intensiv
 
cheksizlik materiyaning ichdan nihoyasizligi haqidagi tasavvurdir

Intensiv cheksizlikning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega bo„lmagan, 
mutlaqo 
elementar 
ob‟ektlar yo„qligini ko„rsatadi.
Intensiv 
cheksizlik 
mikrozarralarni o‗rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz 
bo‗linishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi 
ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik ichdan emas, balki sirtdan cheksizlikdir

U mazkur 
ob‟ekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va ob‟ektdan 
tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. 
Bu erda ob‘ekt xossalari va sifatlarining 
atrofdagi narsalar bilan o‗zaro ta‘sirlar tizimiga bog‗liqligi muammosi 
muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo‗lib, u bilish qaratilgan yo‗nalishdan 
kelib chiqadi va intensiv yoki ekstensiv deb tushuniladi. 
Ekstensiv va intensiv 
cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o„ziga xos proeksiyalaridir.
Ularni geometrik 
shaklning koordinatalar o‗qidagi proeksiyalariga o‗xshatish mumkin.
Dunyoning makon va vaqtda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar hamda 
ming yilliklar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik naturfalsafa va 
kosmogoniyaga borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr 
kosmologiyasida cheksizlik g‗oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta‘riflab 
berildi. Nisbiylik nazariyasining paydo bo‗lishi kosmologiya muammolarini 


94 
butunlay o‗zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta‘sirida yuzaga kelgan 
va XX asrning ikkinchi o‗n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya 
doirasida olamning makon Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda 
ko‗p yangiliklar kiritdi. U ilmiy fan sifatida olamning tuzilishi va xossalarini 
o‗rganadi, makon va vaqtning cheksizligi muammosini o‗rganishga harakat qiladi. 
va vaqtda cheksiz hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo‗ladi.
Ammo, dunyoning chekliligi yoki cheksizligi g‗oyasini isbotlash va inkor 
etishga Kant antinomiyalaridayoq harakat qilingan edi. 
Kant antinomiyalarida, 
agar dunyo vaqtda o„z ibtidosiga ega bo„lsa, demak, dunyo yaralgunga qadar hech 
narsasiz sof vaqt mavjud bo„lgan, lekin bu «hech narsa»dan dunyo yaralishi 
mumkin emas. Agar dunyo makon va vaqtda ibtidoga ega emas, deb taxmin qilinsa, 
bundan hozirgi vaqtgacha cheksizlik o„tgan, ya‟ni har qanday voqeadan oldin 
cheksiz vaqt o„tgan, bugun esa u tugadi va olam nimagadir ayni shu vaqtda 
vujudga keldi, degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham ehtimoldan uzoq bo„lgan 
holdir.
Olamning relyativistik konsepsiyasi bo‗lishi ehtimol tutilgan butun moddiy 
dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» g‗oyasida cheksizlik g‗oyasi 
butunlay inkor etilib, fanda to‗ntarish yasalishiga olib keladigandek bo‗lib tuyuldi. 
Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning 
yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi ta‘limoti o‗tmishda ko‗p 
karra takrorlangan olamda Erning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki Galaktikaning 
yagonaligi haqidagi g‗oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, 
garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo‗lsa-da, uning ayrim 
qisminigina tushuntiradi. Faqat, mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon 
va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning 
chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g‗oyasini 
inkor etmaydi.
Kosmologiya 
rivojlanishining 
hozirgi 
bosqichi 
relyativistik 
kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun 
dunyoni mukammal tavsiflashga da‘vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz 
yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan 
o‗rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman 
hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1917 yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi. U 
bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi.
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir 
xil va izotrop tuzilishga ega. Garchi og‗ir ob‘ektlar yaqinida makon-vaqt 
geometriyasi o‗zgarsa-da, bu o‗zgarish olamning o‗zgarmas egrilikka ega bo‗lgan 
bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og‗ishdir, xolos. 
2. Olam turg‗un, vaqtda o‗zgarmasdir. SHu bois maydon geometriyasi 
evolyusiyaga ega bo‗lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, 
«silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko‗lamli to‗rt o‗lchovli 
silindr ko‗rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo‗ylab vaqt 
o‗qi o‗tadi, u o‗tmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi 
maydonni beradi. Mazkur modelda bu o‗zgarmas musbat egrilikka ega uch 


95 
o‗lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa 
mavjud bo‗lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. 
Ayni holda maydon «o‗z-o‗zida tutashadi» va bu unda hech qachon to‗siqqa 
uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o‗tmishda qolgan. Uning 
olamning turg‗un modelini yaratishga urinishlari hozir olamning abadiyatda 
o‗zgarmas holda mavjudligi haqidagi an‘anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida 
qaraladi. Olamning turg‗un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida 
yaratganini ham e‘tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi echimini A.Fridman taklif qilgan va uni 
belgiyalik kosmolog M.Lemetr rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg‗unligi 
haqidagi taxmindan voz kechadi, lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi 
postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil echimini taklif qilish imkonini 
berdi: 
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng 
bo‗lsa, maydon evklid maydoni bo‗ladi, ya‘ni egriligi nolga teng bo‗ladi va dunyo 
cheksiz bo‗ladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo‗lsa, olam maydoni 
Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga 
ega, ochiq va bel ko‗rinishida bo‗ladi. 
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo‗lsa, maydon 
musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo‗ladi. Dunyo berk va chekli bo‗lib, 
Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish