Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

CHeksizlik 
cheklilikning inkori hisoblanadi. Falsafa va fanga cheksizlik 
bilan birga «ziddiyat» tushunchasi ham kirib kelgan. Klassik yunon tafakkurida 
cheksizlik salbiy tushuncha sifatida amal qiladi: CH
eksizlik chegara va shakldan 
mahrum, u belgilanmagan, binobarin, inson aqli uni tushunib etishga qodir emas.
 
CHeksizlikni anglab etishga urinish o‗z yo‗lida muqarrar tarzda aporiyalar, 
antinomiyalar, paradokslarga duch kelgan. Fanda Horror infiniti – «cheksizlik 
dahshati» degan ibora ham mavjud bo‗lgan. Ong cheksizlikni idrok etishga ham, 
tasavvur qilishga ham qodir emas, u bu borada doimo ikkilanadi. Inson ko‗proq 
cheklilik bilan ish ko‗radi, uni tez anglaydi, biron-bir chegara izlaydi. CHeksizlik – 
amaldagi qonunlarga bo‗ysunmaydigan, ularni aksioma tarzida qo‗llab 
bo‗lmaydigan, qism butunga teng bo‗lib qoluvchi borliqdir.
Nihoyasizlik va nomuayyanlik cheksizlikning bosh mohiyatini cheklilik va 
cheksizlik o„rtasidagi ziddiyat tashkil etadi.
Masalan, Zenonning «Dixotomiya» 
aporiyasida to‗g‗ri yo‗l nazarda tutiladi. Bu yo‗ldan o‗tish uchun uning yarmini, 
so‗ngra yarmining yarmini, keyin bu yarimning yana yarmini bosib o‗tish kerak. 
Xullas, yo‗l cheksiz miqdordagi yarim bo‗laklarga bo‗linib ketadi. Mazkur 
yondashuvdan kelib chiqilsa, bu yo‗ldan nafaqat o‗tish, balki harakatni boshlash 
ham mumkin emas. Yo‗ldan o‗tishda eng oldin bosib o‗tish lozim bo‗lgan 
masofaning dastlabki «yarmining yarmini» qanday topish mumkin? Bu empirik 
dalil kabi butun cheksizlikni qamrab oluvchi shak-shubhasiz harakatni nazariy 
tavsiflash qiyinchiliklar tug‗diradi.
CHeklilik intihoning dastlabki nuqtasi sifatida amal qilsa, cheksizlikning 
asosiy xossasi sifatida ko‗pincha 
«cheklanmaganlik»
tushunchasi qabul qilinadi. 
CHeksizlik g‗oyasi inson tafakkurida biron-bir ob‘ekt yoki jarayonda 
chegaralarning yo‗qligi haqidagi intuitiv tasavvur sifatida mavjud bo‗ladi. 
SHunday qilib, cheksizlik ayrim cheklanmagan jarayon yoki ketma-ketlik 
ko‗rinishida tasavvur qilinadi. Bu Uyg‗onish davri falsafasidayoq anglab etilgan. 
Ushbu davrda cheksizlik to‗g‗risidagi tasavvurlar o‗zining salbiy tusini yo‗qotgan 
va borliqning o‗lchanmas va hisobsiz boyligi, inson aqlining cheksiz kuchini 
anglatgan. CHeksiz dunyo inson aqlining chegaralarini nazarda tutmaydi, aksincha, 
u aqlni, tafakkurni harakatga undaydi. 
F.Gegel cheksizlikni rivojlanish bilan 
bog„lagan, haqiqiy sifatli va «nomuayyan» miqdorning to„xtovsiz ko„payib borishi 
sifatidagi cheksizlikni farqlagan.
SHuni ta‘kidlash zarurki, inson tajribasi doimo cheklangan, u cheksizlikni 
empirik yo‗l bilan aniqlay olmaydi. CHeksizlikni qayd etish uchun sezgi organlari 


98 
ma‘lumotlariga tafakkur faoliyatini ham qo‗shish lozim. CHeksizlik intiholi 
narsalar orqali mavjud bo‗ladi. Inson aqli ayni shu aloqa va ketma-ketlikni, intiholi 
narsalar umumiyligining cheksizlikka teng bo‗lgan ayni shu shaklini aniqlaydi.
Ammo cheksizlikni empirik yo‗l bilan aniqlashning mumkin emasligi, inson 
tajribasi intiholi narsalar dunyosi bilangina to‗qnash kelishi 
cheksizlik – fikrlash 
faoliyatining natijasi, degan idealistik yondashuv yuzaga kelishiga sabab bo„ldi

Idealistlar cheksizlik – fikr, u real tabiatda emas, balki tafakkurda, ruhda 
mavjuddir, degan g‗oyani himoya qiladilar. Ularning fikricha, cheksizlik hech 
qanday ob‘ektiv asosga ega emas. Sub‘ektiv idealist J.Berkli o‗zining «mavjud 
bo‗lish – idrok etilish demak», degan asosiy tezisidan kelib chiqib, hamonki 
cheksizlik hissiy idrok etilmas ekan, u mavjud ham emas, deb xulosa chiqaradi.
Neotomizm va ekzistensializm «cheksizlik» tushunchasini ilohiylashtiradi. 
Ushbu yo‗nalishlar vakillarining fikriga ko‗ra, haqiqiy va oliy cheksizlik insonga 
xos hissiy bilimlar (transdenseniya) dunyosiga nisbatan narigi dunyodagi ilohiy 
borliqdagina mujassamdir.
Neopozitivizm namoyandalarining asarlarida cheksizlik va cheklilik 
muammosi matematik nisbatlar tahliliga bog‗lanadi. Ular cheklilik va cheksizlikda 
inson tafakkurining, bir tomondan, fikr ob‘ektlarini cheklashga, boshqa tomondan 
fikriy obrazlar yaratish cheksiz erkinligiga bo‗lgan ehtiyojining ifodasini 
ko‗radilar. Neopozitivistik falsafaga «cheklilik» va «cheksizlik» tushunchalarining 
borliqqa munosabati muammosini soxta muammo sifatida kun tartibidan chiqarish 
va atamalarning muayyan tildagi ma‘nosini aniqlash bilangina kifoyalanishga 
urinish xosdir. 
Darhaqiqat, cheksizlikning ontologik maqomini asoslash juda qiyin. 
CHeksiz mohiyatlarni ta‘riflash ham ancha mushkul ish. 
Materiya, harakat, 
makon, vaqt – bularning hammasi ta‟riflash doimo katta muammo tug„dirgan 
umumiy olamning cheksiz xossalaridir. Zero, ta‟riflash – chegaralash, bilim va 
ob‟ekt, olam hodisalari chegaralarini belgilash demakdir.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish