CHeksizlikni bilish qiyinchiliklari
quyidagilardan iborat
:
birinchidan, bizning bilish sohamizga intiholi hodisalargina kiradi. Biz ularning
umumiyligini tushunib, cheklilikda cheksizlikni qayd etamiz;
ikkinchidan, biluvchi tafakkurning cheksizligi bir-birini almashtiruvchi
avlodlar safida yonma-yon turib ishlovchi, amaliy va nazariy xatolarga yo‗l
qo‗yuvchi, bir qolipdagi, soxta dalillarga asoslanuvchi insonlarning cheksiz
ko‗pligidan tarkib topadi. SHu ma‘noda bilishning cheksiz jarayoni – nisbiy
haqiqatlarning nishonalari bilan belgilangan kashfiyotlar va xatolarning
mashaqqatli yo‗lidir.
Potensial va aktual cheksizlik
. CHeksizlik tushunchasi potensial va aktual
cheksizlikni o‗z ichiga oladi.
Potensial cheksizlik miqdor va sifat o„zgarishlarining
nihoyasiz jarayonini qayd etadi.
Potensial cheksizlik to„xtatish, bekor qilish yoki
mavjud emas deb e‟lon qilish mumkin bo„lmagan shakllanish, o„zgarish va
rivojlanish jarayoniga ishora qiladi.
Aktual cheksizlik muayoyan sharoitda to„liq mavjud bo„lgan cheksizlikning
mavhumlashtirilgan ko„rinishidir.
Bu o‗xshash ob‘ektlarning cheksiz to‗plamidan,
masalan, Er yuzidagi odamlarning sochlaridan yoki sayyoramizda o‗suvchi
99
gullardan tashkil topgan o‗ziga xos ob‘ekt sifatida oddiy tushunishga asoslanadi.
Aktual cheksizlik intiholi narsalarning cheksiz miqdoridan tashkil topgan
ob‘ektlarning son-sanoqsiz to‗plamlari aktual tarzda mavjudligi to‗g‗risida so‗z
yuritish imkonini beradi. Aktual cheksizlik muayyan mavjud borliq sifatida olinadi,
ammo u doim eng ko‗p e‘tiroz va qarshilikka sabab bo‗ladi. Ko‗plab faylasuflar bu
masalani chetlab o‗tishga harakat qilganlar. Bunda Aristotel qarashlari ancha
muhim rol o‗ynagan. U ikki ming yil davomida amal qilgan «aktual emas, balki
potensial cheksizlikkina mavjuddir», degan qoidani ilgari surdi. Sog‗lom fikr
nuqtai nazaridan Aristotelning bu g‗oyasini asoslovchi dalillar bisyor. Potensial
cheksizlik, obrazli qilib aytganda, har qanday songa birni qo‗shish imkonini beradi
va ancha sodda mavhumlik hisoblanadi. Uni qabul qilish va unga ko‗nikish
mumkin. Aktual cheksizlik esa mutlaqo paradoksal xususiyatga ega, chunki u
cheksizlikni «shu erda» va «hozir» yakunlangan, deb hisoblaydi, masalan: agar
biron-bir ichkilikboz kishi hozirgacha ko‗p ichkilik ichgani va yana ikki shisha
shmpan vinosi icha olishini aytsa, bu potensial cheksizlik hisoblanadi. Agar u
cheksiz miqdorda shampan vinosi ichganini aytsa, uning bu fikriga absurd gap
sifatida qarash kerak bo‗ladi. Ayni vaqtda, bu aktual cheksizlikni o‗zining barcha
elementlariga ega bo‗lgan real ob‘ekt ko‗rinishida mavjud cheksizlik sifatida
ifodalashga urinish hisoblanadi. Muttasil rivojlanuvchi olam shakllangan aktual
cheksizlik sifatida tavsiflanishi mumkin emas. Ammo aktual cheksizlik
g‗oyasining o‗zi ijod manbai va evristik izlanishlar uchun zamin sifatida ancha
samarali xulosa bo‗ladi.
B.Paskal «Fikrlar» asarida aktual cheksizlik unga har qanday son
qo‗shilganida ko‗paymaydi, ayrilganida esa kamaymaydi, deb hisoblaydi. U aktual
cheksizlikni tubsiz absolyut, «uzviy va cheksiz Mavjudot» – Xudo g‗oyasi,
shuningdek, ilohiy zulmat g‗oyasi bilan tenglashtiradi. Uning fikriga ko‗ra,
cheksizlik zulmatiga chulg‗angan borliq insonning tushunish imkoniyatlaridan
ko‗p karra ustundir, potensial cheksizlik cheklilik variantidir
1
.
Aktual cheksizlikning turlari «Katta cheksizlik» – universum cheksizligida
namoyon bo„ladi, «kichik cheksizlik» - kamroq ahamiyatga ega bo„lgan, lekin ilmiy
tafakkur mikrodunyoni o„rganish yo„nalishida rivojlanishi munosabati bilan real
muammoga aylanadi.
B.Paskal davrida mikroskopiya hodisalari «kichik
cheksizlik»ni tashkil etgan. Insonning cheklangan ruhi aktual cheksizlikni anglab
etishga qodir emas. B.Paskal fikriga ko‗ra, inson ikki jarlik – «cheksizlik va
yo‗qlik jarliklari» yoqasida ushlanib turadi. CHeksizlikning nihoyasizligi insonni
bu holatni jimgina kuzatishga mahkum etadi.
«Aktual cheksizlik» tushunchasi olimlarda katta qiziqish uyg‗otgan.
Masalan, matematik D.Gilbert aktual cheksizlik hodisasini talqin qilib, shunday
deydi: «Bunga biz, masalan, 1,2,3,...-n sonlar to‗plamiga muayyan tugallangan
birlik sifatida yoki kesma nuqtalariga qarshimizda tugallangan ko‗rinishda
namoyon bo‗luvchi narsalar majmui sifatida qarashda duch kelamiz. Bunday
cheksizlikni biz aktual cheksizlik deb ataymiz»
2
. Matematiklar «cheksiz to‗plam»
tushunchasini qo‗llaydilar va uni asosan miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan
1
Паскаль Б. Мысли. -М.: Наука,1995.-С.67.
2
Гильберт Д. // Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С.206.
100
tugallangan to‗plam sifatida tushunadilar. Ular «CHeksiz to‗plam»da cheksizlik
amalda tugallangan bo‗lishi mumkin emas, degan g‗oyani inkor etmagan holda,
umumiy va barqaror xossa hamda nisbatlarni o‗rganishga harakat qiladilar.
Matematikada cheksizlikning o‗z haqiqiy kichik to‗plamiga teng kuchli to‗plam
sifatidagi ta‘rifi mavjud.
Falsafiy nuqtai nazardan cheksizlikni cheklilik chegaralarini inkor etuvchi,
bu chegaralardan oshib o‗tuvchi jarayon sifatida tushunish lozim. CHeklilik esa,
o‗z chegaralaridan tashqariga chiqib, o‗z inkorini inkor etib, cheksizlikka aylanadi.
CHeklilikni cheksizlikdan alohida o‗rganish mumkin emas. Ayni vaqtda,
cheklilikning mavjudligini saqlagan holda, cheksizlikning mavjudligini inkor etish
ham mumkin emas. CHeklilik cheksizlikning mavjudlik shakli yoki usuli
hisoblanadi. Bu boradagi dialektika ana shundan iborat.
Bir qarashda, cheksizlikka chegaralarning yo‗qligi, chegarasizlik xosdek
bo‗lib tuyuladi. Ammo chegarasizlikni cheksizlik bilan tenglashtirish yaramaydi.
Masalan, sharni olaylik. Uning sirtida harakatlanar ekanmiz, biz hech qaerda
chegaraga duch kelmaymiz. SHar – chegarasiz, ayni vaqtda chekli narsadir.
SHu
bois nihoyasizlik va nomuayyanlik cheksizlikning muhim xossalari hisoblanadi.
Dunyo cheksiz qismlarga bo‗lingani uchun nihoyasiz emas. Aksincha,
«materiyaning cheksiz bo‗linishi» tushunchasi ma‘lum darajagacha ma‘noga
egadir. Elementar zarralarga nisbatan u mutlaqo o‗rinsizdir (zarralarning ko‗p karra
tug‗ilishi bilan bog‗liq g‗ayrioddiy effektni eslaylik). CHeksiz katta massa, zichlik,
harorat, tezlik, energiyaga ega ob‘ektlar ham mavjud bo‗la olmaydi. Muayyan
xossalarning miqdor jihatidan cheksiz ko‗payishi yoki kamayishi, umuman,
mumkin emas. Bu aksariyat hollarda yorug‗lik tezligi, minimal elektr zaryad kabi
mashhur fizikaviy konstantalarning mavjudligidan kelib chiqadi.
SHunday qilib, tabiatda har qanday miqdoriy o„zgarish muayyan me‟yor
bilan cheklangan. SHu bois cheksizlik qandaydir bir sifatning miqdoriy cheksizligi
sifatida emas, balki sifat xossalarining nihoyasiz rang-barangligi sifatida amal
qiladi.
Dunyo nihoyasiz, chunki u sifat jihatidan har xil va rang-barangdir. Biz
yashaydigan tabiat o‗zaro bog‗langan, shu bilan birga, nisbatan mustaqil bir qancha
darajalarga bo‗linadi. Fanda kvant mexanikasi qonunlari bilan tavsiflanuvchi
mikrodunyo; klassik mexanika qonunlari amal qiluvchi makrodunyo; nisbiylik
nazariyasi qonunlari va relyativistik kosmologiya bilan bog‗liq megadunyo
farqlanadi.
Materiyaning
turli
tarkibiy
darajalarida
makon
va
vaqt
munosabatlarining o‗ziga xos ko‗rinishlari, harakatning har xil turlariga duch
kelamiz. Biz muayyan turdagi jarayonlarning kuzatuvchilari va guvohlarimiz. Biz
yashaydigan dunyo asosiy va andoza dunyo sifatida qaraladi. Biz bilmaydigan
boshqa tipdagi jarayonlar esa bunday guvohlarsiz yuz beradi.
Falsafa tarixida geotsentrizm namoyondalari geotsentrik yondashuvlarni
butun olamga nisbatan tatbiq etish (ekstrapolyasiya qilish) mumkin, degan g‗oyani
ilgari surdilar. U dunyo bir xil, uning tushunib etilgan qismi o‗z fizik
ko‗rsatkichlariga ko‗ra universaldir, shu bois undan butun olamni tavsiflash uchun
foydalanish mumkin, degan yondashuvga asoslanadi. Boshqacha aytganda, butun
101
dunyoda tushunib etilgan qonuniyatlarga o‗xshash qonunlar amal qiladi, degan
tasavvur vujudga kelgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |