Нигинахон шермухамедова


Fikr va tasavvur energiyasi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Fikr va tasavvur energiyasi
. Bugungi kunda fikr va tasavvur energiyasini 
hech kim inkor etmasa kerak. Aksincha, zamondoshimiz bu hodisani o‗z hayot 
tajribasidan olingan misol bilan tasdiqlashga harakat qiladi. SHunga qaramay, 
«nozik daraja»dagi rang-barang energiya hodisalarining amal qilish 
mexanizmlarini tushuntirishga urinishlar, asosan, ezoterikaga oid adabiyotlarda 
uchraydi.
Ruh va materiya, hayot va o‗lim, yaxshilik va yomonlik kabi mutlaqo 
qarama-qarshi 
sohalar 
(oliy 
ziddiyatlar)ga 
duch 
kelinganida, 
ularni 
neytrallashtirish, ya‘ni uchinchi bog‗lovchi narsani yaratish imkoniyati nazarda 
tutiladi. SHu tariqa «energiya» tushunchasi qadimgi germetizm ta‘limotida ruh – 
materiya ziddiyatida o‗rtadagi bog‗lovchi sifatida namoyon bo‗ladi. 
SHu asosda 
butun oraliqdagi narsalar astral, birinchi va uchinchisi esa mental va fizik deb 
ataladi.
SHunday qilib, germetizm ta‟limotiga ko„ra, energiyani o„rganish astrallik 
holatini o„rganish va bilish demakdir.
Astrallik mental va fizik holatlar bilan qo‗shni bo‗lgani uchun unda o‗z 
sohasiga yaqin unsurlarning izlari, akslari mavjud. Fizik holatda ro‗yobga chiqqan 
harakat va hodisalar astralda xuddi ko‗zguda aks etgandek aks etadi va fizik 
voqealarning 
astral 
qolipini 
yaratadi. 
YUz 
berajak 
voqealar 
erkin 
individualliklarning xohish-irodasiga muayyan darajada bog‗liq bo‗ladi. Ammo, 
birinchidan, bizning fizik holdagi har bir xohishimiz, ko‗rgan har bir choramiz yuz 
berajak voqealar qolipini qisman o‗zgartiradi, hattoki, uni o‗chirib tashlashi ham 
mumkin. Ikkinchidan, kichik astral daraja qancha yuqori bo‗lsa, yuqorida zikr 
etilgan qolip shuncha kam o‗zgaradi va voqeani oldindan aniq bashorat qilish 
imkoni bo‗ladi. Bashoratchi va folbinlar astral qoliplar izidan «ov» qiladilar. Bu 
borada anomaliyalar yoki olamshumul voqealarning qoliplari ko‗zga, ayniqsa, 
yaqqolroq tashlanadi.
Umuman olganda, energiya hodisalarining o‗zaro ta‘siri to‗g‗risida so‗z 
yuritganda «Tourbillons – uyurma harakat» tushunchasidan foydalaniladi. Inson 
o‗zi xohlagan narsalar haqida o‗ylar ekan, beixtiyor energiya to‗playdi. Bu 
energiya shu lahzadan e‘tiboran moddiylasha boshlaydi. Inson yomon niyatning 
astral manzarasini chizganida, bu bilan u salbiy mohiyatni yaratgan (astralni 
koagulyasiya qilgan) bo‗ladi. YAratilgan mohiyat jismoniy tanaga ega emas, lekin 
unda yomon niyatning odatdagi tarzda ifodalangan g‗oyasi - astrosom bor. U, 
avvalo, o‗z egasiga, yomon niyatning astral manzarasini yaratgan odamga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bu «lyarva» deb ataladi. «Lyarva» o‗z yomon niyatini unutmaslikka, 
uni qayta-qayta xohlashga va shu tariqa uni yanada kuchaytirishga da‘vat etadi. U 
boshqa odamga ta‘sir ko‗rsatishi ham mumkin. Lyarvalar aurada kuzatiladi. 
Ulardan quyidagi yo‗l bilan xalos bo‗lish mumkin: birinchi – o‗z irodasini bir erga 
jamlab, lyarvaga bo‗ysunmaslik va uni o‗zidan «quvish»; ikkinchi – butun fikri va 
tasavvurini boshqa narsaga qaratish. Duo o‗qish mazkur ikkinchi usulni amalda 
qo‗llashning eng ma‘qul shakli hisoblanadi, chunki har qanday duo o‗qish fikrni bir 
erga jamlash demakdir. Uchinchisi – lyarvalarni sehrli shamshir bilan yo‗q qilish 
mumkin, bunda ularni butunlay barham toptirish maqsadida tasavvurda xuddi 
nimanidir qilich bilan shartta kesib tashlashga o‗xshash holat hosil qilinadi. 


233 
Energetik astral holatda jamoaviylik egregorlari deb ataluvchi astrosomlar ham 
mavjud.
Ular hamfikrlar, odamlar jamoasi muayyan g‗oyani umumiy shaklda fikrlagan 
holda yuzaga keladi. Bu odamlar go‗yoki ayni bir tasvir konturlari ustidan qalam 
yurgizib, ularni qalinlashtiradi va yanada sezilarliroq holga keltiradi. Har qanday 
astrosom kabi bu agregor ham fizik jismni saqlaydi, tiklaydi, uni faollikka va o‗z-
o‗zini saqlashga undaydi. Masalan, xayriya jamiyatining egregori uning a‘zolarini 
xayr-ehson qilish va ishlashga da‘vat etadi, ularning safi ko‗payishiga imkoniyat 
yaratadi.
Insonga astral hodisalar sohasida ixtiyoriy yoki beixtiyor tarzda faoliyat 
ko‗rsatish xos. Astrosom faoliyati uyqu paytida, ayniqsa, qizg‗in kechadi. 
Inson astral 
energiyasi uning vujudidan uzoqda namoyon bo„lishi, uning astral tanadan chiqishi 
yoki astral eksteriorizatsiyasi deb ataladi. U qo„rquv va qayg„u affektlariga uchragan 
shaxslarda ongsiz tarzda yuz beradi.
Afsungar va sehrgarlar o‗z faoliyatini masofadan 
turib namoyish etish, dunyoviy borliqning astral qolipini ko‗rish, astro g‗oyani 
aniqlash, og‗ir nazariy masalani echish uchun bu holatni o‗zida ongli ravishda yuzaga 
keltiradi.
Inson «Men»i bu vaqtda uncha faol ishlamaydi. U astral tanani kuzatib turadi va 
jismoniy tanani «qo‗riqlash xizmati»da ishtirok etadi. Bu «qo‗riqlash xizmati» kuchli 
xavf tug‗ilgan holda astrosom jismoniy tanaga tezda qaytishini muayyan darajada 
kafolatlaydi.
SHu narsa diqqatga sazovorki, agar astral tana mavjud bo‗lmasa, inson tanasiga 
shikast etkazilgan va shikast inson astralining «tourbillons» tizimiga kam o‗tgan 
taqdirda, inson astrali uning tanasiga qaytadi va qancha kam shikastlangan bo‗lsa, 
butun shikastni shuncha yaxshi tuzatadi. Bu o‗z tanasining turli qismlarini tiklash
qaytib kelgan astrosomning energetik faoliyati bilan ularni tez butlash amaliyotida o‗z 
tasdig‗ini topadi. Agar buning ziddi yuz bergan, ya‘ni energetik tizimning o‗ziga 
shikast etgan bo‗lsa, bu jismoniy tananing astral tanaga mos keluvchi joylari 
shikastlanishiga sabab bo‗ladi.
Ruhiy energiyaning qudratli kuchi «ikki tig‗li qilich» yoki oqibati yaxshi ham, 
yomon ham bo‗lishi mumkin bo‗lgan narsa ekanligiga qat‘iy ishonch mavjuddir. Inson 
bu «qilich»ni qo‗lga olib, u bilan o‗z yaqiniga zarba bersa, uning ikkinchi tig‗i o‗n 
baravar ortiqroq kuch bilan o‗ziga uriladi. Agar undan ezgu ishlarda foydalanilmasa, u 
asta-sekin energiya tashuvchining o‗zini yo‗q qilish quroliga aylanadi.
Ma‟naviy rivojlanish ichki ma‟naviyat, inson ma‟naviyatini bilish, anglash va 
namoyon etishni anglatadi. Ruhiy energiyani sinovchi sabr-toqatli va ezgu niyatli 
bo„lishi kerak. U shikoyat qilishi va tushkunlikka tushishi mumkin emas.
Ezoterika namoyandalari ruhiy energiya o‗ta nozik bo‗lgani uchun u bilan o‗ta 
nozik darajada muomala qilish lozimligini ta‘kidlaydi. Oliy energiya bilan muomala 
qilish ancha jiddiy muammodir. Ruhiy energiya kuchi olov qudrati bilan barobar 
ekanligini unutmaslik kerak. Birinchidan, bunday qudratli energiyani asrash lozim. 
Ikkinchidan, o‗z tafakkurini nafaqat harakatga keltirish, balki harakatdan tiyish uchun 
ham boshqara olish zarur. Uchinchidan, oqilona sarflangan ruhiy energiya o‗rni darhol 
to‗ldirilishini e‘tiborga olish lozim.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish