Ezoterizmda ruhiy energiya.
Ezoterika an‟anasida ruhiy energiyaning
boshqa muhim xossasiga, xususan, u makonda qatlam hosil qilishi, insonni
qurshagan hamma narsalarga o„tirib, cho„kindi hosil qilishiga e‟tibor qaratiladi.
Inson nafaqat kosmik energiyani to‗plovchi, balki uning kuchli tarqatuvchisi
hamdir. SHu bois ruhiy energiya tashuvchisi – inson qanday bo‗lsa, uning narsalari
ham shunday bo‗ladi. Ruhiy energiya qatlamlarining saqlanish yoshi muammoli
hisoblanadi. Uni asrlar ham, masofa ham yo‗q qila olmaydi, u ming yilliklar osha
yashaydi. Rivoyatlarga qaraganda, atlantlar, misrliklar, xaldeylar ruhiy
energiyaning mazkur xossasidan foydalanishgan. Ular muayyan sifatli narsalarga
ruhiy energiyani qavat-qavat qilib to‗plaganlar, bu energiya boshqalarga kerakli
darajada ta‘sir ko‗rsatishi lozim bo‗lgan. Bunday narsalar terafimalar yoki dam
solingan narsalar deb atalgan, ularda energiya qatlamlari to‗planishi jarayonida
muayyan duo o‗qilgan.
Ruhiy energiyaning o‗z-o‗zidan ajralish, ya‘ni inson xohish-irodasiga
bog‗liq bo‗lmagan tarzda uni tark etish va uning xohish-irodasidan qat‘iy nazar
yaratish qobiliyati mazkur energiyaning g‗ayritabiiy xossasidir. Oliy energiya aqlli,
u o‗ch olish, ya‘ni salbiy ta‘sir ko‗rsatish uchun ajralmaydi, balki, eng avvalo,
mushkul ahvoldagi odamga yordam berishga shoshiladi. YOrdam qo‗lini cho‗zgan
odam bexos charchoq hissini, yordam olgan odam esa kuchiga kuch qo‗shilganini
sezadi, lekin ularning birinchisi ham, ikkinchisi ham ko‗pincha nima yuz berganini
tushunmaydi. Energiyani ongli ravishda yo‗naltirish ham mumkin, ammo bu
odatdagi yo‗ldan energiyaning ongsiz oqimlari harakatlanishi ham mumkin.
Hayotda o‗z ruhiy energiyasi kuchidan mohirona foydalanadigan, buni
bilgan holda, maxsus yoki spontan tarzda ishga soladigan kishilar uchraydi. Ba‘zi
hollarda bunday kishilar bilan bir joyda (u qanchalik katta bo‗lmasin) ishlash baxt
yoki cheksiz azobga aylanadi.
Agar ijobiy energiyaga ega bo„lgan kishi bilan
hamsuhbat bo„lsangiz, undan kuch, energiya olasiz, salbiy energiyaga ega kishilar
huzuridan esa ezilib, irodangiz bo„shashib chiqasiz. Bundaylar orasida
energiyasini faqat o„z maqsadiga ishlatishni yaxshi biladigan, uni boshqalarni
mag„lub etishi va irodasiga bo„ysundira olishini anglaydigan kishilar (energetik
vampirlar) ham uchraydi.
Ular bilan hayotda qancha ko‗p muloqotda bo‗lsangiz,
ularning domiga shuncha ko‗p tushaverasiz, fikr-xayolingizni ularning energetik
ta‘siri cho‗lg‗ab yuraveradi. Qizig‗i shundaki, bundaylar domiga tushganlar
ulardan uzoqqa keta olmaydilar, asta-sekin ana shu ta‘sirning quliga aylanib
qolganliklarini o‗zlari ham sezmay qoladilar. Agar muayyan jamoani uzoq vaqt ana
shunday kuchga ega kishi boshqarsa, bu hol ba‘zilarda undan keyin ham o‗z
ta‘sirini saqlab qolaveradi.
Harakatga keltirilgan har qanday energiya inersiya tug‗dirishini unutmaslik
kerak. Bu inersiyani deyarli to‗xtatib bo‗lmaydi. Ruhiy energiyaning har qanday
harakati inersiya bo‗yicha ta‘sir ko‗rsatishda davom etadi, ba‘zan bu uzoq vaqtga
cho‗ziladi. SHunday qilib, ruhiy energiya inersion tabiatga ega bo‗ladi. SHaroit
allaqachon o‗zgargan bo‗lishi mumkin, lekin oldingi harakat natijasi makonda
ancha vaqt saqlanib qoladi. Ruhiy energiyaning kuchi ana shunda. Alohida e‘tibor
berish lozim bo‗lgan muammo ham shundan iborat.
232
Do'stlaringiz bilan baham: |