227
narsadir. Borliqning turli shakllari energiyaning har xil ko‗rinishi sifatidagina
namoyon bo‗ladi. Massani barqarorlikning muayyan shakli o‗lchovi sifatida,
energiyani esa o‗zgaruvchanlikning muayyan shakli o‗lchovi sifatida tushunish
lozim. Massa fizik ob‘ektlarning gravitatsion va inersial xossalari o‗lchovi
hisoblanadi. Energiya – fizik ob‘ektlar harakati va o‗zaro ta‘sirining o‗lchovidir.
Materiya va harakatni nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham yo‗q qilib
bo‗lmasligini tan olish muhimdir. Harakatni sifat jihatidan yo‗q qilish
mumkinligini faraz etgan holda, uning faqat miqdor jihatidan saqlanishini tan olish
Olamning issiqlikdan o‗lishi konsepsiyasiga olib kelgan edi. Bu g‗oya klassik
elektrodinamika asoschilari V.Tompson va R.Klauzius tomonidan ilgari surilgan.
Ushbu nazariya zamirida termodinamikaning ikkinchi asosi yoki entropiyaning
o‗sishi qonunini butun Olamga nisbatan tatbiq etishga urinish yotadi.
Entropiya –
xaoslashuv o„lchovi. Sadi Karno 1829 yilda ta‟riflagan termodinamikaning
ikkinchi qonuni berk tizim yuz berish ehtimoli oz bo„lgan holatdan o„zining eng
ko„p ehtimol tutilgan holatiga intilishini ko„rsatadi.
Buni tushunishga kundalik
hayotdan olingan quyidagi misol yordam berishi mumkin. Agar suvi qaynab turgan
choynakni olovdan olsak, uning qizishi davom etmaydi, (yuz berish ehtimoli oz
bo‗lgan holat), balki soviydi (eng ko‗p ehtimol tutilgan holat). Ammo qonun berk
tizimlarga, ya‘ni o‗zini qurshagan muhit bilan energiya almashmaydigan tizimlarga
mo‗ljallangan, bu esa ulkan kuchga ega mavhumlikdir, chunki dunyoda aksariyat
tizimlar berk emas. Termodinamikaning ikkinchi asosi berk tizim sifatida talqin
qilingan Olamga nisbatan tatbiq etilganida, hisob-kitoblar barcha energetik
jarayonlar bir yo‗nalishda yuz berishi lozimligini ko‗rsatdi. Energiyaning o‗zgarish
jarayonlarini tavsiflovchi fizik kattalik sifatidagi entropiya o‗sib bordi. Boshqacha
aytganda, aql bovar qilmas xaos yuzaga keladi.
Energiyaning barcha turlari
issiqlik energiyasiga aylanadi va so„ngra makon bo„ylab tarqalib ketadi. Olam
soviy boshladi. Mutlaq issiqlik muvozanatining yuzaga kelishi Olamning
issiqlikdan o„lishini anglatadi.
Bu qoidalarning mohiyati harakat shakllarining sifat rang-barangligi yo‗q
bo‗lishiga yo‗l qo‗yib bo‗lmasligini, ya‘ni energiyaning rang-barang turlari issiqlik
energiyasiga aylanishi mumkin emasligini ko‗rsatishdan iborat edi. Aslida
Olamning issiqlikdan o‗lishi konsepsiyasi tabiiy ilmiy nuqtai nazardan ham asossiz
edi. Termodinamikaning ikkinchi asosini butun Olamga nisbatan tatbiq etish
imkoniyati uning tuzilishini erkin faraz qilishni, xususan, uni berk deb tasavvur
qilishni nazarda tutadi. Lekin Olam berk tizim emas, u zarralar va elementlarning
cheksiz miqdoridan tashkil topgan, shu bois mutlaq termodinamik muvozanat
holati unga mos kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: