Ruhiy energiya.
Fandan ham, germetizmdan ham ancha uzoq davrlarda
hayot kuchi, hayot energiyasi organizmning normal faoliyati uchun muhimligi
haqida ko‗p gapiriladi. Ba‘zan kimdir o‗z hayot energiyasini behuda sovurayotgani,
bunda hayot kuchining oqimi harakatchan ekani qayd etiladi. Darhaqiqat, bu oqim
dam kuchayadi, dam zaiflashadi, natijada kamaya boshlaydi. Bunda inson toliqish
his etib, hattoki depressiya holatiga ham tushadi. Insonning ruhlanishi, hattoki,
go‗zalligi ham ruhiy energiya bilan bog‗lanadi. Ruhiy energiya inson tanasining
barcha hujayra va a‘zolariga singib, u erda muayyan tartib, garmoniya yoki
disgarmoniya o‗rnatadi, degan yondashuv ancha keng tarqalgan.
German Gesse «SHarqqa sayohat» asarida agar odam ahamiyatsiz ishlar
bilan uzoq vaqt shug‗ullansa, bu uni qo‗zg‗atishi va unga kuch berishini qayd
etgan. Binobarin, ahamiyatsiz ishlar bilan shug‗ullanganda hayot energiyasi
tiklanadi. Fanda ba‘zilar buni relaksiyalash qonuni deb nomlaganlar. Ammo ruhiy
energiya sohasi hozirgacha fanda yaxshi o‗rganilmagan.
Ruhiy energiya nima, degan savolga javob berishda ko‗pincha Rerixlarga
murojaat qilinadi. Ularning ta‘kidlashicha, ruhiy energiya obrazlarni plastik,
kosmik substansiyada aks ettiruvchi kuch, muhabbat va intilishdir. U barcha asab
tolalari ta‘sirlanishining sintezidir. Insonda hech narsa qaytara olmaydigan
YOrug‗likka intilishning yuzaga kelishi ruhiy energiyaning rivojlanishi
hisoblanadi. SHu sababli haqiqiy intilish va ruhiy energiya sinonimdir.
Deviant bilim sohasiga kiritilgan «Jonli etika» ta‘limotiga ko‗ra, ruhiy
energiya muhim rol o‗ynaydi, chunki N.Rerix fikricha, «Ruh psixodinamikasi
borliqning negizidir»
3
. Ruh psixodinamikasi elektronlardan tortib, odamlargacha
bo‗lgan barcha tuzilmalarda uchraydi. Fanga «atom energiyasi» iborasi ma‘lum.
Lekin u ko‗proq kuchning anglab etilmagan va shaxssiz ko‗rinishlari ma‘nosida
qo‗llaniladi. Atom energiyasi mazkur atom fikrlayotgan va ta‘sirlanayotgan sub‘ekt
tanasida bo‗lishi, muayyan sifatli va yo‗nalishli energiya ishlab chiqarishi
mumkinligi bilan aslo bog‗lanmaydi. Ayni vaqtda, hayotning oliy ifodasi bo‗lgan
inson barcha tirik jonzotlar orasida eng katta energiya salohiyatiga ega, deb faraz
qilish o‗rinlidir. SHuni ta‘kidlash lozimki, hozirda faol rivojlanayotgan salomatlik
haqidagi fan – «Valeologiya» energiya salohiyatini o‗lchashni o‗zining asosiy
metodi sifatida tanlagan.
Hozirgi zamon fani yorug‗lik, issiqlik, magnetizm va elektr energiyasi
vibratsiya shakllari, yanada ilmiyroq qilib aytganda, materiya harakati shakllari –
vibratsion harakat turlari energiyaning alohida turlari mahsuli ekanligini isbotlagan.
1
Спенсер Г. Синтетическая философия. Т.1 –М.: 1992. –С. 42
2
Там же, -С.43
3
Рерих Н. История философии.-М.: Книжний дом. 2008. –С.178
230
Barcha moddiy zarralar «spin» deb ataluvchi aylanma doirada harakat qiladi, va
orbital aylanma harakatda bo‗ladi. Moddiy ob‘ektlarda vibratsiyalar ob‘ektning
holatiga, haroratga qarab farqlanadi. Sovuq ob‘ektning tebranishlari issiq
ob‘ektning tebranishlaridan farq qiladi. Korpuskula va to‗lqindan iborat bo‗lgan
mikrozarralar vibratsiyaning ancha yuksak turini namoyish etadi. Biroq hozirgi
zamon fani o‗z yutuqlari bilan qanchalik faxrlanmasin, o‗zaro tortishish, atomning
o‗ziga tortishi va gravitatsiya hodisalarining tabiatini tushuntira olmaydi. Ularni
ham tebranuvchi energiyaning alohida turlari mahsuli deb taxmin qilish mumkin.
Ayrim olimlar aql-idrok hodisalarini ham vibratsion harakat shakllari deb
hisoblaydi. Ularning fikricha, har bir fikr, emotsiya yoki ruhiy holat
vibratsiyalarning tegishli sur‘ati va shakliga ega bo‗ladi. Ruhiy energiya dunyo va
hayotning barcha holatlaridan ta‘sirlanadi yoki tebranadi.
Ko‗pchilik odamlar o‗z tanasida qudratli kuch yashashiga ishonadi va uni
boshqarishni xohlaydi. Ruhiy energiya har kimda turli ko‗rinishda namoyon
bo‗ladi. U, o‗z tabiatiga ko‗ra, juda murakkab tuzilmadir, chunki ruhiy
energiyaning amaldagi har bir ko‗rinishi mazkur holatni yuzaga keltirgan barcha
kuchlarning teng ta‘sir etuvchisi, barcha shartlar kompleksi va barcha harakatlar
sintezidir. Ruhiy energiyaning turlari o‗ziga xos tarzda nomlangan. Masalan,
energiyaning himoyalovchi deb nomlangan bir yuksak turi nafaqat immanent ta‘sir
ko‗rsatadi, ya‘ni energiya tashuvchining o‗zini himoya qiladi, balki boshqa ko‗plab
narsalarni himoya qilish uchun energiyani sirtga yo‗naltiradi. Germetizm
ta‘limotida ruhiy energiyaning mazkur turi o‗ziga xos tarzda «Teros» deb ataladi.
«Jangchi Teros o‗z qalqonini ko‗tardi» iborasi ruhiy energiyadan himoyalanish
maqsadida foydalanishni anglatadi.
Ba‘zan ruhiy energiya ong osti ishi deb ataladi. Gipnozchi va tabiblar bu
qudratli kuchdan ko‗pincha unga hech qanday nom bermasdan foydalanadilar.
Ruhiy energiya - nozik energiyaning barcha turlari orasida eng nozigi deb
qaraladi. Nozik energiyalar xossalarining o„ziga xosligi shunda namoyon
bo„ladiki, tebranishlar qancha nozik bo„lsa, ularning ta‟siri shuncha yuqori va
kuchli bo„ladi.
Nozik energiyalar qanday ta‘sir ko‗rsatadi, degan savolga quyidagi
misol bilan javob berish mumkin: biron-bir masalada muayyan kishi mustaqil
ravishda aniq xulosaga kelib, qaror qabul qilgandek bo‗lib tuyulishi mumkin,
vaholanki, amalda uning fikrlash apparati idrok etgan makondan nozik fikriy
energiya unga ta‘sir ko‗rsatgan bo‗ladi, xulosa esa ushbu ta‘sir natijasidir. Bunda
mazkur kishining fizik ongi bu haqda hech narsa bilmasligi ham mumkin. Boshqa
bir misol tebranishning umumiy qonuniga asoslanadi va shaxs xohishiga ko‗ra yoki
boshqalarning xohishi ta‘sirida muayyan ruhiy holatning tebranishlarini musiqiy
ohang yoki rangni qanday ifodalash mumkin bo‗lsa, shunday ifodalash
mumkinligini ko‗rsatadi. Germetizm ta‘limotiga ko‗ra, tebranish tamoyili va uni
ruhiy hodisalarga nisbatan qanday tatbiq etishni bilgan holda, ruhni har qanday
maqbul darajada qutblarga ajratish hamda o‗z emotsional holat va kayfiyatlarini
to‗liq nazorat qilishga erishish mumkin. Fan fizik darajada nimani ishlab chiqarsa,
ruh darajasi(mental daraja)da shuni ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‗lishi
mumkin, chunki ba‘zi olimlar qarashicha «fikr tebranishi to‗lqinlar tebranishi
demak». Bu Mental transmutatsiyalar (ruhiy o‗zgarishlar) qonuni deb ataladi.
231
Do'stlaringiz bilan baham: |