Нигинахон шермухамедова


YAngi borliqning shakllanishi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

YAngi borliqning shakllanishi.
V.I.Vernadskiy «noosfera» tushunchasiga 
butunlay boshqacha ma‘no yukladi. U 
noosfera biosferani va umuman tabiatni 
o„zgartirishga qaratilgan inson faoliyati natijasi deb yondashdi.
Jamiyat va 
tabiatning o‗zaro bog‗lanishida insonning oqilona faoliyati eng muhim omilga 
aylanadigan holatga erishishni u 
«noosfera»
(yunon. 
noos
– aql, idrok va 
sphaira 
– 
soha), ya‘ni 
aql-idrok sohasi
deb nomladi.Uning fikricha, Er atrofida kelib chiqishi 
antropogen xususiyatga ega bo‗lgan «parda» vujudga keladi, ammo bu ideal soha 
emas, balki biosferaning rivojlanishidagi muayyan bosqichdir. Bunda odamlarning 
ongli o‗zgartiruvchi faoliyati amalda mazkur rivojlanishning harakatlantiruvchi 
kuchiga aylanadi, shu tariqa yuzaga kelgan «aql-idrok sohasi» esa moddiy hodisa 
hisoblanadi, chunki biosferaga ham, inson aql-idrokiga ham, uning faoliyatiga ham 
materialistik nuqtai nazardan yondashiladi.
Evolyusiya 
jarayonining 
yagona 
oqimida 
«noosfera» tushunchasi 
rivojlanishning ma‘naviy-ruhiy tabiatga ega bo‗lgan yangi vositalari va omillari 
paydo bo‗lishi hamda ulardan foydalanilishini qayd etadi.
Vernadskiy jamiyatga jonli va jonsiz tabiatning birligi sifatida, inson faol 
sub‟ekt sifatida hukmronlik qiluvchi yaxlit sistema sifatida yondashib, jamiyat va 
tabiatning o„zaro bog„lanishida inson faoliyati ta‟sirida yuz bergan sifat 
o„zgarishlarini ilmiy asoslashga harakat qildi.
SHundan beri 
noosfera insonning 
har qanday o„zgartiruvchi faoliyati tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy 
tushunishga asoslanadigan va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlari bilan 
muvofiqlashtiriladigan materiya mavjudligi barcha shakllari birlashuvining oliy 
bosqichi
sifatida tushuniladi. Boshqacha aytganda, bu «jamiyat-tabiat» sistemasi 
tadrijiy rivojlanishining oliy bosqichi, hali mavjud bo‗lmagan, lekin shakllana 
boshlagan va agar insoniyat bo‗hronlar yuz berishini xohlamasa va kelajakda 
munosib hayot kechirishni istasa, albatta mavjud bo‗lishi kerak bo‗lgan bosqichdir.
Aksariyat tadqiqotchilar fikriga ko‗ra, bunday bosqichga erishish jamiyat va 
tabiat bir yo‗nalishda – o‗zaro bog‗lanishini optimallashtirish yo‗lida tadrijiy 
rivojlanishini taqozo etadi. Mushtarak rivojlanishning mazkur tipi tabiat va jamiyat 
koevolyusiyasi deb ataladi va 
noosfera
ga erishish uning tadrijiy yakuni 
hisoblanadi.
Jamiyat va tabiat munosabatlarining tadrijiy rivojlanishi g‗oyalari er yuzida 
organik, keyinchalik esa – ijtimoiy dunyoning vujudga kelishi va rivojlanishini 
belgilagan qonuniyatlarning yangicha talqiniga asoslanadi. Jonli va jonsiz 
tabiatning o‗zaro bog‗lanishi natijasi o‗laroq Er litosferasi, gidrosferasi va 
atmosferasining yangi holati yuzaga keldiki, bu «biosfera» va «noosfera» kabi 
sintetik tushunchalarda o‗z aksini topdi. Mazkur tushunchalarning ilmiy 
muomalaga kiritilishi va falsafiy asoslanishi o‗zgartirilgan tabiatni tushunishda 
butunlay yangi bosqich bo‗ldi.


213 
O‗tgan asrning 70-80-yillarida tabiat va jamiyatning o‗zaro bog‗lanishi 
masalalari atrofida olib borilgan qizg‗in munozaralar natijasida noosfera 
tushunchasi ekolog olimlarning butun bir avlodi uchun amalda metodologik 
mo‗ljalga aylandi.
Aql-idrok deganda nima tushuniladi? Bu aql-idrok bilan umuman inson ongi 
va shaxsning barcha ma‘naviy jihatlarini uyg‗unlashtiradigan tushunchadir. Hozirgi 
vaqtda «noosfera» tushunchasi turli soha olimlari diqqatini o‗ziga tortmoqda. 
Ba‘zan uning mazmuni informatsion jarayonlar bilan bog‗lanadi va informatsion-
energetik-moddiy birlik sifatida ta‘riflanadi. Bugungi kunda ancha keng tarqalgan 
«intellektual» tizimlar atamasi noosferaga kirish mexanizmlaridan birini ifodalaydi.
Biosferadan noosferaning hosil bo‗lishi insoniyatning uzviyligini namoyon 
etadi. Noosfera o‗zining «aql-idrok sohasi» degan nomini oqlashi uchun unda 
texnik taraqqiyotning insoniyat kelajagi uchun salbiy oqibatlarini bartaraf etish va 
ijtimoiy hayot ravnaqi uchun keng imkoniyatlar yaratishga qodir bo‗lgan 
gumanistik ilmiy tafakkur amalda hukm surishi lozim. 
Aytish mumkinki, noosfera – o‗ziga xos ob‘ekt. Unda jonsiz va jonli 
tabiatning o‗zaro ta‘sirini aks ettiruvchi qonuniyatlar, shuningdek jamiyat, inson 
faoliyati va tafakkur qonunlari amal qiladi. Bu umumiy qonunlar hali 
ta‘riflanganicha yo‗q, lekin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, ular o‗zgarishi 
hamda faoliyatning salbiy oqibatlarida kichik, mahalliy energetik ta‘sirlardan iborat 
bo‗lgan dastlabki shartlar o‗ta ta‘sirchan tizimlarning o‗zgarishlari dinamikasini 
hisobga olishga qodir metodologiyani talab qiladi. Aql-idrok nafaqat bilishning 
maxsus apparati, balki hayot faoliyatini tashkil etuvchi manba hisoblanadi. 
V.Vernadskiy fikriga ko‗ra, noosferaning shakllanishi o‗sib borayotgan ilmiy 
tafakkur va unga asoslangan unumli ijtimoiy mehnat ta‘sirida yuz berishi lozim. 
Ilmiy tafakkurning o‗sishi insoniyatning mavjudlik shart-sharoitlariga jiddiy ta‘sir 
ko‗rsatmay qolmaydi. V.Vernadskiy bu jarayon miqyosini yanada kengaytiradi, 
chunki noosfera moddiy tizimning ulkan umumbashariy jarayonni qamrab oluvchi 
turidir. Noosfera insoniyat hayotining oliy tashkiliy vazifalarini hal qilishni ham
tabiiy-kosmik tartibni oqilona tartibga solish mumkinligi g‗oyasini ham nazarda 
tutadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish