Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NOOSFERA - BORLIQ SHAKLI 
 
Biosfera va noosfera dialektikasi.
Echimini topmagan ekologik 
muammolar xavfi kuchayishiga qarab odamlar tang vaziyatdan chiqish yo‗llari 
haqida ko‗proq bosh qotira boshladilar, uni bartaraf etish yo‗lida muayyan 
qadamlar tashlashga harakat qildilar. SHu munosabat bilan to‗plangan tajribadan, 
o‗zgargan sharoitlardan o‗z vaqtida chiqarilgan to‗g‗ri xulosalar ayniqsa muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunday muhim xulosalardan biri shundan iboratki, yaqin 
o‗tmishda ijtimoiy hayot ikki mutlaqo zarur shart: tirikchilik vositalarini uzluksiz 
ishlab chiqarish va insonning ko‗payishiga rioya etgan holda kechishi mumkin edi. 


211 
Bunda tabiiy muhit go‗yoki oldindan berilgan bo‗lib, insonga nisbatan muayyan 
konstanta vazifasini bajarardi. Undan faqat foydalanish lozim edi.
Hozirgi davr bu tabiiy muvozanatga jiddiy tuzatish kiritdi. 
Endi ishlab 
chiqarishning yangi turi – tabiiy muhitning o„zini ishlab chiqarish va takror ishlab 
chiqarishga zarurat tug„ildi
, bu esa inson nafaqat ijtimoiy jarayonlarda, balki 
o‗ziga bo‗ysunuvchi tabiiy jarayonlarda ham faol asosga aylanganini anglatadi.
 
Sayyoramiz sirtida yuzaga kelgan, koinot energiyasini yutish va uning 
yordamida dunyoni o„zgartirishga qodir bo„lgan hayot qobig„i biosfera 
deb 
ataladi. Er va Oyni taqqoslash jonli modda – biosferaning samaradorligini 
namoyish etish imkonini beradi. Biosferaning o‗zi, Erning tashqi qobig‗ini qamrab 
olgan hayotiy omil sifatida, quyosh energiyasidan foydalanish qobiliyati hisobiga 
evolyusiya jarayonlarini ko‗p marta kuchaytiradi va jadallashtiradi. U jonli tabiat 
rivojlanish jarayonining katalizatori sifatida amal qiladi. Rus olimi V.I.Vernadskiy 
xulosalariga ko‗ra, tabiatdagi geokimyoviy sikllar yoki moddalar aylanishi ta‘sirida 
jonli modda miqdori Erning butun tarixi davomida deyarli o‗zgarmagan.
Inson paydo bo‗lishi bilan tabiatdagi o‗zaro ta‘sirlarning yana bir qudratli 
omili yuzaga keldi. SHu munosabat bilan Erning umumiy rivojlanishida insonning 
o‗rni va ahamiyati to‗g‗risidagi masalani qo‗yish mumkin. Masalaning aynan shu 
tarzda qo‗yilishi noosfera – aql-idrok sohasi, degan xulosaga olib keldi. Bugungi 
fanda XX asrning birinchi yarmi uchun nisbiylik nazariyasi qanday hayajon 
uyg‗otuvchi sirli va mavhum soha bo‗lsa, XX asrning ikkinchi yarmi uchun 
noosfera shunday sohadir, degan fikrga duch kelish mumkin.
«Noosfera» atamasi ilk bor XX asrning 20-yillaridan fransuz olimlar 
E.Lerua
va 
P.Teyyar de SHarden 
tomonidan ishlatila boshladi. 
Ular noosferaga 
ideal tuzilma sifatida, sayyoraning biosferadan tashqaridagi alohida «tafakkur 
pardasi» sifatida qaradilar.
Jumladan, «noosfera» atamasi fransuz tadqiqotchisi 
E.Lerua 
tomonidan 
1927 
yilda 
Bergsonning 
Parijdagi 
seminarida 
V.Vernadskiyning shu sohaga bag‗ishlangan ma‘ruzasi muhokamasida geologik 
biosferaning hozirgi bosqichini ifodalash uchun taklif qilingan. Keyinchalik bu 
atamadan 
P.Teyyar-de-SHarden keng foydalangan. U noosferani uchlamchi davr 
oxirida vujudga kelgan, o„simliklar va hayvonlarni qamrab oluvchi, biosferadan 
tashqarida va biosfera uzra amal qiluvchi Erning «fikrlovchi qatlami», uning 
o„ziga xos qobig„i sifatida tushungan. 
«...Erda tafakkur uchquni yalt etgani zahoti 
hayot uning o‗zini tanqid qilish va u haqda hukm chiqarishga qodir kuchni 
yaratdi»
1
. Noosfera insonning fikr va vazifalarini qamrab oladi. Bahamjihat 
harakatlar vositasida umumiy birlashishga jalb qilingan fikrlovchi kuchlar va 
birliklarning butun majmui sayyoramiz evolyusiyasiga ta‘sir ko‗rsatadi, uni ko‗p 
jihatdan belgilaydi.
Teyyar-de-SHarden fikriga ko„ra, noosfera paydo bo„lishi bilan biosferaning 
asab sistemasi rivojlanishini kengaytirish yo„lidagi olti yuz million yillik harakati 
yakunlanadi.
Sayyora va koinotning rivojlanishidagi bu ulkan evolyusion sakrashni 
materiyaga jon kirishi, ya‘ni hayotning paydo bo‗lishiga tenglashtirish mumkin. 
Erkin fikrlash va kashf etish, o‗z harakat va fikrlarini anglashga qodir insonning 
paydo bo‗lishi – mantiqiy nuqtai nazardan, ham materiya harakatining oldingi – 
1
Тейяр де Шарден // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный летератор, 2001.- С. 346. 


212 
biologik shaklining yangi, istiqbolli rivojlanishi, ham jonsiz materiya qarshisida 
«borliqning yangi tartibi»ni o‗rnatuvchi omildir. Bu yangi soha tom ma‘noda 
mustaqil, tizim hosil qiluvchi omil bo‗lib, u insoniyatdan tashqarida va insoniyatsiz 
yuzaga kelishi mumkin emas. Bundan tashqari, o‗z fizik mohiyatiga ko‗ra, u tashqi, 
begona unsur sifatida emas, balki teng ma‘noli, lekin mavjud barcha narsalardan 
ustun omil tarzida amal qiladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish