Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

«Noosfera» tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilishi bilan falsafa 
energiyaning yangi turi ma‟nosi haqida fikr yurita boshladi. U o„z substratlari 
tarkibiga ko„ra, biokimyoviy jarayonlarning turlaridan biri hisoblanadi, ammo 
sifat xususiyatiga ko„ra aql-idrok energiyasi, madaniyat yaratuvchi energiya, ilmiy 
tafakkur energiyasi sifatida amal qiladi.
Inson madaniyati energiyasi yoki madaniy 
biogeokimyoviy energiya deb nomlash mumkin bo‗lgan energiyaning bu yangi 
shakli noosferani yaratayotgan asosiy omillardan biridir. Noosfera chegaralari 
inson aqlining integral kuchi bilan faraz qilinadi va ular o‗zgarmas emas, balki 
fikrlash jarayonlarining oqilonalik va sifat darajasiga bog‗liq, degan xulosaga 
kelish mumkin. Noosfera o‗z ontologik ko‗rsatkichlariga ko‗ra, harakatchan 
ijtimoiy-biogeologik tizim sifatida tushunilishi ham mumkin.
Insoniyat 
hayot 
faoliyatining 
nomutanosibliklariga 
barham 
berish 
imkoniyatlari aynan noosfera bilan bog‗lanmoqda. Borliqni tushunishga nisbatan 
universal yondashuv nafaqat Er sivilizatsiyasining ustuvor qadriyatlari va 


214 
tamoyillarini, balki koinotga muayyan bog‗liqlikni ham o‗z ichiga oladi. 
Insoniyatning tabiat bilan bog‗liqlik mexanizmlari rang-barangdir. Ular faqat 
biologik, texnik yoki ijtimoiy mexanizmlardan iborat emas. Bu mexanizmlar o‗zaro 
ta‘sir jarayonida shunday murakkab tizim kasb etadiki, bunda bir qatlam ikkinchi 
qatlam ustidan o‗rin olib, o‗z ta‘siri bilan uchinchi qatlamni o‗zgartiradi.
«Noosfera» tushunchasida inson faoliyatining olamshumul salbiy oqibatlari 
haqidagi ko‗p sonli ma‘lumotlarga qarshi e‘tirozlar majmui ham mujassamlashgan. 
G.Marshning 1866 yilda nashr etilgan «Inson va tabiat yoki tabiatning fizik-
geografik shart-sharoitlari o‗zgarishiga insonning ta‘siri haqida» kitobida yashash 
muhitiga insonning salbiy ta‘siri to‗g‗risida ko‗plab dalillar keltirilgan. Bu salbiy 
ta‘sir tuproq qatlamining buzilishi, o‗rmonlar maydonining qisqarishi, hayvonlar 
turlarining qirilishi va hokazolarda namoyon bo‗lmoqda. Tabiatdan bunday 
nooqilona foydalanish insonning o‗zini ham halokatga duchor etishi mumkin.
SHu munosabat bilan noosfera jarayonlari rivojlanishiga ikki xil qarash 
yuzaga keldi. Birinchi qarashga ko„ra, apokalipsis ro„y berishi mumkin, ya‟ni 
bunda aql-idrok sohasi sifatidagi noosfera o„z nomini oqlamaydi, u o„zini o„zi 
vayron qiladi. Ikkinchi qarashga ko„ra esa, moddiy tizimlar barcha turlarining 
uyg„un konvergensiyasi, inson va tabiat ahil yashashining yangi bosqichi sifatidagi 
holati yuzaga kelishi mumkin.
Biosfera va jamiyat koevolyusiyasini ularning birgalikda rivojlanish tamoyili 
sifatida ta‘minlash muqarrar tarzda inson faoliyatiga muayyan taqiqlar belgilash va 
uni tartibga solishni nazarda tutadi. Bu erda odamlarning birgalikdagi faoliyati va 
xulq-atvoriga muayyan cheklashlarning chegaralarini belgilovchi «ekologik 
imperativ»ga zarurat tug‗iladi. Aql-idrok sohasi sifatidagi noosfera yangi, oqilona 
axloqni ham, ziddiyatlarsiz koevolyusion rivojlanish ideallari asosida butun 
borliqni qayta qurishni ham nazarda tutadi.
Noosferaning mazkur kam o‗rganilgan hodisasining insonparvarligi bizning 
texnokratik asrimizda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu shunda yanada kattaroq 
kuch bilan namoyon bo‗ladiki, insoniyat aql-idrok qadriyatlariga suyanib, o‗zini 
yangilash zarurligini anglab etadi. Insoniyat kelajagi haqida qayg‗urish, fan 
yutuqlaridan uning zarariga emas, balki faqat jamiyat ravnaqi yo‗lida 
foydalanishga intilish texnika va sanoat tomirlariga yangi «qon quyadi», dunyo 
hamda insonning yagona hayotda yangidan uyg‗unlashuviga imkoniyat yaratadi.
Noosfera g‗oyasi katta tarixiy-falsafiy an‘anaga ega. Ingliz materializmi 
asoschisi F.Bekon (1561-1626)ning «Bilim – kuchdir», degan mashhur iborasi 
noosfera g‗oyasining falsafiy analogi hisoblanadi. Mazkur ibora mazmunida 
dunyoni o‗zgartirishga qodir bo‗lgan bilim va aql-idrok kuchiga ulkan ishonch 
yashiringan. Aql-idrok qudratiga bo‗lgan ishonchning eng qadimgi namunasiga 
dunyoni bilish va uni o‗zgartirish bir narsa deb qaraluvchi gnostiklar falsafasida, 
keyingi davrda P.A.Florenskiyning «duxosfera» yoki «pnevmatosfera» haqidagi 
tasavvurida duch kelish mumkin.
Noosfera g‗oyasining asoschilari o‗z ijodida SHarq falsafasi an‘analaridan 
ta‘sirlangani hozir hech kimga sir emas. Masalan, V.Vernadskiy «Ilmiy tafakkur - 
umumbashariy hodisa sifatida» deb nomlangan tugallanmagan asarida fanni 
falsafadan ajratib bo‗lmaydi, falsafasiz fan rivojlana olmaydi, deb ta‘kidlaydi. 


215 
1932-1933 yillarda V.Vernadskiyni idealizmda ayblagan A.Deborin bilan bahs 
olimni sobiq ittifoqda katta mavqega ega bo‗lgan dialektik materializm ta‘limotiga 
shubha bilan qarash va unga salbiy yondashishga olib keldi. Ilmiy faoliyat 
falsafaga ta‘sir ko‗rsatishi, yirik ilmiy umumlashtirishlardan keyin falsafaning 
yangi oqimlari paydo bo‗lishini kutish mumkinligiga olimning ishonchi komil edi. 
O‗sha davrda hukm surgan rasmiy doktrina asosiy qoidalarining daxlsiz deb e‘lon 
qilinishi uni «mamlakatda erkin ilmiy va falsafiy izlanishlar uchun imkoniyat 
yo‗qligi» haqida afsus bilan gapirishga majbur qildi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish