Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Harakat tiplari.
Fanda ob‘ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining 
ikki asosiy tipi farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda 
siljishi bilan bog‗liq bo‗lib, harakatlanuvchi narsalar o‗z muhim xossalarini 
o‗zgartirmasligi, ya‘ni o‗z sifatini yo‗qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor 
o‗zgarishlari, makondagi ko‗chishlar yoki o‗rin almashuvidir. Bunga yurib 
ketayotgan odam, qorong‗i osmon fonida projektor nurining harakati va hatto 
xayolda ayrim ob‘ektlardan boshqa ob‘ektlarga o‗tish misol bo‗lishi mumkin. 
So‗nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai 
nazardan to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri) yo‗nalishdagi harakati to‗g‗risida so‗z yuritiladi. 
Ammo 
harakatning 
qayd 
etilgan tipi 
dunyoda 
yuz 
berayotgan 
o‗zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular 
narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki 
narsa sifatlarining o‗zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab 
bo‗ladi. 
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo„nalishga egalik xos bo„lgan harakat 
tipi rivojlanish deb ataladi.
Bunda narsa yoki hodisa strukturasining 
murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin 
bo‗lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi. 
Agar harakat teskari 
yo„nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan 
shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo„lsa, bu hol regressdir.
Ammo progress va regressning ko‗rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish 
mumkin emasligini e‘tiborga olish lozim. Xususan, boshqaruv apparati 
tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o‗sishi doim ham progressni 
anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq 
mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi 
bo‗lmaydi va ko‗proq buning aksidan dalolat beradi.
Rivojlanish.
Jonsiz tabiatda 
rivojlanish
ga yulduzlarda sodir berayotgan 
evolyusiya jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning o‗sishi; jamiyatda – 
fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o‗sishi, ijtimoiy munosabatlarning 
o‗zgarishi va shu kabilar misol bo‗lib xizmat qilishi mumkin
. «Rivojlanish» 
tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga 
nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, g„oya, nazariyaning 
rivojlanishi to„g„risida so„z yuritilgan holda, qo„llanilishi mumkin
. Fikrning 
rivojlanishi uning «pishib etilishi»ni, ya‘ni murakkablashuvi, takomillashuvi, 
yanada aniqroq ma‘no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni 
ta‘kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob‘ektiv dunyosidan farqli o‗laroq, 
sub‘ektiv konstruksiyalar (tafakkur, g‗oyalar, nazariyalar) harakati va 
rivojlanishiga nisbatan ko‗lam ko‗rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni 
vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy 
narsalar dunyosidagi kabi, 
vaqtda
kechadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish