Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
HARAKAT - BORLIQNING YASHASH SHARTI 
Borliqning yashash sharti (atributliligi) harakat ekanligi muammosi dunyoda 
mutlaq harakatsizlik holatida bo‗lgan moddiy ob‘ektlar chindan ham yo‗q va 
bo‗lishi mumkin emasmi yoki bo‗lishi mumkinmi, degan savolga javob topishdan 
iborat. Agar bunday ob‘ektlar bo‗lishi mumkin bo‗lsa, u holda harakat 
materiyaning atributi (umumiy, uzviy, universal xossasi) emas, balki modusi 
(uning bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham mumkin bo‗lgan ayrim xossasi)dir. So‗nggi 
holat ayrim moddiy jismlar harakatda, ayrimlari esa doimiy harakatsizlik holatida 
bo‗lishini anglatadi. Biroq bu holda ayrim mazkur jismlarni nima harakatga 
keltiradi? 
«Materiyasiz harakat, harakatsiz materiya bo‗lmaydi», «moddiy harakat va 
harakatlanayotgan materiya ayni bir narsalardir», «materiyaning harakatdan 
mahrum holati haqidagi tasavvur eng asossiz va bema‘ni tasavvurlardan biridir»

qabilidagi fikrlar hamma biladigan oddiy haqiqatga aylangan. Unda harakatning 
atributliligi, harakatni yaratib ham, unga yo‗qotib ham bo‗lmasligi, harakat 
materiya kabi abadiy va cheksiz ekanligi qayd etiladi. Aniqrog‗i, bu xulosalar 

Масалан, Зенон апориялари 


141 
qoida darajasiga ko‗tariladi. Ammo bunday xulosalar yuqorida zikr etilgan savolga 
javobning mumkin bo‗lgan yagona variantimi? Umuman, harakatning atributliligi 
muammosi falsafa tarixida qanday echilgan? Bu savolga javobni umuman 
o‗zgarishlar haqida tasavvurga ega bo‗lishdan boshlaymiz. 
O‗zgarishlarning umumiy xususiyati.
Bizni qurshagan dunyoning muhim 
xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz 
o‗zgarishlardir.
Tabiatning o‗zgaruvchanligi falsafa paydo bo‗lishidan ancha oldin ma‘lum 
bo‗lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida 
o‗rganish predmetiga aylandi va vaqt o‗tishi bilan uning negizida falsafiy 
bilimlarning maxsus bo‗limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta‘limot 
sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, 
o‗zgarib turadi», «Daryo suviga ikki marta tushib bo‗lmaydi» kabi mashhur 
iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. SHundan beri ob‘ektiv borliqning 
turli-tuman miqdor va sifat o‗zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va 
«rivojlanish» kategoriyalari qo‗llaniladi. 
Hozirgi zamon falsafasida «harakat» tushunchasi «keng» ma‟noda umuman 
har qanday o„zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi
. Harakatni 
umuman o‗zgarish sifatida tushunish harakat turlarining butun rang-barangligini 
uning muayyan bir turiga bog‗lash to‗g‗ri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat 
shakllarining umumiy xususiyati hamda, bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora 
qiladi. 
«Umuman o‗zgarish» deganda, bizning ular haqidagi fikr-
mulohazalarimizdan qat‘iy nazar, ob‘ektiv mavjud bo‗lgan barcha o‗zgarishlar, 
turli jarayonlar nazarda tutiladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish