Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya o„z 
atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko„lamigagina ega. U mutlaq 
bo„shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya‟ni jismoniy zarralarni bo„lish, joydan-
joyga ko„chirish va o„zgartirish qobiliyatiga ega.
Ma‟naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o„zining bilish 
va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi o„ziga xos 
ko„rinishlarida namoyon bo„ladi. U ruhiy substansiyaning butunlay jismsizligini 
e‟tirof etdi
. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo‗lsa-da, 
uning g‗oyalarida o‗rta asr falsafasidan meros qolgan «substansiya» atamasining 
alohida narsani tushunish uchun qo‗llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim - 
universal va cheksiz substansiya – fikrlash va ko‗lamni alohida erkin maqomga 
ega, deb e‘lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – 
«men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi ―faqat tafakkur‖ barcha 
narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi 
substansiyaning uzviyligini va har bir «Men», ya‘ni aqlli jonzotga bevosita, 
ko‗lamli substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya 
(aql) metafizikaning o‗rganish predmetini, ajraluvchi substansiya (ko‗lam) esa 
fizika predmetini tashkil etadi. 
Biroq, ikki substansiya – ma‘naviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu 
mantiqiy nuqtai nazardan noto‗g‗ri va ratsional ma‘noda juda ko‗p qiyinchiliklarga 
sabab bo‗lishi mumkin. Fikrlash va ko‗lamga ikki substansiya tarzida, ya‘ni bir-
biriga bog‗liq bo‗lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va 
«tana» o‗z harakatlarida qanday uyg‗unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib 
fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e‘tiboriga 
ko‗ra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‗z ichiga oluvchi va 
o‗zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‗lmagan yagona birinchi asos 
sifatida namoyon bo‗lgan. 
Fransuz materialist faylasufi J.Lametri o‗zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb 
nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi
.
U o‗zida tajriba o‗tkazgan – bezgak 
kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy 
holati uning jismoniy vujudiga bog‗liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri 
monistik-materializmni himoya qilib, cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy 
substansiya mavjud, degan g‗oyani ilgari surgan. Substansiyaga xos sezish va 
fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo‗ladi. Sezish va fikrlash 
qobiliyatining o‗zi tashqi jismlarning miyaga ta‘siri bilan bog‗liq. SHu sababli 
aynan tashqi dunyo insonning «miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, 
J.Lametrining fikriga ko‗ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.


61 
Ikki asos, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va 
zaruriyatning teng huquqliligi g‗oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya 
dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
 Plyuralizm
 
dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko„proq mohiyat 
borligini tan oluvchi ta‟limot
. «Plyuralizm» (lot. – ko‗plik, ko‗p xillik, ko‗p sonlik) 
atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Leybnits ontologiyasi ko‗p sonli 
substansial shakllar (monadalar)ning mavjudligini nazarda tutuvchi ta‘limoti 
plyuralizmning yorqin ifodasidir.
 
Plyuralizm ta‟limotiga ko„ra, dunyo son-
sanoqsiz 
ruhiy 
substansiyalardan 
tashkil 
topadi.
Ammo, 
plyuralistik 
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‗rinishlari ham mavjud. Masalan, 
Empedokl yaratgan dunyoning to‗rt asosi haqidagi ta‘limoti plyuralistik 
ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Ba‘zan plyuralizmga mustaqil ta‘limot sifatida emas, balki dualizmning 
o‗zgargan ko‗rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o‗z nazariyasining asosiy 
vazifasini dualistik munozaralarda echimini topmagan ruh va tabiat o‗rtasidagi 
qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish