520
tasodifning dialektik birligidan iborat bo‗ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning
o‗zgarishi sohasida imkoniyatning voqelikka aylanishi kishilarning ongli yo‗l
tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi.
Ammo imkoniyat qanday ob‘ektiv asoslarga ega bo‗lsa,
imkonsizlik ham
shunday ob‘ektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha.
Imkonsizlik tushunchasi ikki xil ma‘no kasb etadi. Birinchi – predmetning tabiatiga
mos kelmaydigan narsa bo‗lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug‗idan bodring
etishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining boshqa bir ma‘nosi
imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‗liq. Zaruriyat va
imkoniyat – bir zanjir bo‗g‗inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa
bir holati bo‗lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida,
odatda, ko‗p sonli muqobil imkoniyatlar mavjud bo‗lgani bois, ulardan birini
tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro‗yobga
chiqishi qolgan
imkoniyatlarni ro‗yobga chiqarish imkonini bermaydi. Tuzatib bo‗lmaydigan
oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‗ylamasdan sodir etgan qilmishidan
afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba‘zan imkonsizlik boy berilgan
imkoniyat tarzida mavjud bo‗ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‗lmagan
narsa
sifatida va ayni vaqtda zarur bo‗lmagan narsa sifatida namoyon bo‗ladi.
Har bir predmet ko‗p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi
muayyan muhitda mavjud bo‗ladi. SHu sababli muhim yoki ikkinchi darajali,
tasodifiy yoki zaruriy bo‗lishi mumkin bo‗lgan ko‗p sonli imkoniyatlar mavjuddir.
Imkoniyatning ro‗yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o‗ynaydi,
ammo uning ro‗yobga chiqish shartlari, garchi ular
tasodifiy xususiyatga ega
bo‗lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba‘zan hal qiluvchi ta‘sir
ko‗rsatadi. Ayni shu sababli voqelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi
hisoblanadi.
Imkoniyat va voqelik bir-biridan farqlanadi, lekin ularni ayrim
olingan holda
mutlaqlashtirish yaramaydi, bir-biridan ajratib qo‗yish ham xatodir. Ammo falsafa
tarixida imkoniyat va voqelikni dunyodan ajratib, uning mazmunini inkor etish,
imkoniyat va voqelik faqat ruhning, g‗oyaning,
tafakkurning mahsulidir,
sezgilarning yig‗indisidir, inson istak-irodasining ko‗rinishidir, deb tushuntirishlar
bo‗lgan. Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni ilmiy tushuntirib, bu
kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning muhim xususiyat,
tomonlarini
ifodalaydi, olamdagi narsalarning bir shakldan ikkinchi shaklga
o‗tishini, taraqqiyotning oddiydan murakkabga qarab yo‗nalishini, eskilik bilan
yangilik o‗rtasidagi qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi. deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: