Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Imkoniyat va voqelik.
Qonunlar sharoit o‗zgarganda ob‘ektlar bilan nima 
yuz berishini belgilaydi. Ob‘ektning qandayligi (uning mavjud sharoitdagi 
aktual 
borlig‗i
) va u qanday bo‗lishi mumkinligi (o‗zgargan sharoitda uning 
potensial 
borlig‗i
qandayligi) o‗rtasidagi farq bizning tafakkurimizda 
«voqelik» 
va 
«imkoniyat»
kategoriyalari yordamida ifodalanadi.
Harakatlanish jarayonida voqelik va imkoniyat bir-biriga o‗tadi: imkoniyat 
voqelikka aylanadi, yangi voqelik esa yangi imkoniyatlarni yaratadi. Voqelikning 
o‗zgarish jarayonini tushunish va kelajakni oldindan ko‗ra bilish uchun mumkin 
bo‗lgan narsalarni mumkin bo‗lmagan narsalardan farqlay bilish kerak. Buning 
uchun mazkur voqelikda amal qiluvchi qonunlarni bilish lozim. Ular voqelikning 
ayrim o‗zgarishlariga yo‗l qo‗yadi, ayrimlarini esa taqiqlaydi. Bu qonunlarga 
muvofiq bo‗lgan narsalar bo‗lishi mumkin, ularga zid bo‗lgan narsalar esa bo‗lishi 
mumkin emas.
Imkoniyat va voqelik rivojlanish jarayonidagi shunday bog‗liqlikki, ulardan 
biri ikkinchisisiz yuzaga kelishi sira mumkin emas. Birinchisi o‗z bag‗rida zaruriy 
ravishda ro‗yobga chiqishi lozim bo‗lgan voqelikning kurtagini yashirib, 
rivojlanishining ibtidosi hisoblanadi. Ikkinchisi esa, hodisalar rivojining etuklik 
darajasini anglatadi, ya‘ni ular bir butun taraqqiyot jarayonining dialektik qarama-
qarshi tomonlarini xarakterlaydi. Imkoniyat va voqelik dialektikasining muhim 
xususiyatlaridan yana biri sharoit hamda vaziyatga ko‗ra imkoniyatning voqelikka, 
voqelikning 
imkoniyatga 
o‗tish holatidir. Masalan, tabiatda kimyoviy 
elementlarning ilk birikmalaridan hayotning dastlabki shakllari bo‗lmish bir 
hujayrali tirik organizmlar kelib chiqishi tufayli keyinroq ulardan hayotning 
murakkab shakllari yuzaga keldi. Bunda ham biz imkoniyatning voqelikka 
aylanishi qonuniyat ekanini ko‗ramiz. 
Imkoniyat va voqelikning boshqa kategoriyalar bilan umumiyligi 
shundaki, bular ham mazkur kategoriyalar singari dunyoni aks ettiradi, umumiy 
tarzda amal qiladi. Ammo boshqa kategoriyalardan farqli tomoni ham borki, bu — 
voqelikdagi rivojlanish va o‗zgarish jarayonining umumiy, muhim, ayrim tomon 
hamda tendensiyalarini ifodalabgina qolmay, balki rivojlanish jarayonining ichki 
jihatini ko‗rsatadi, bir butunligini ochib, rivojlanishning quyi va yuqori bosqichlari 
o‗rtasidagi 
dialektik 
munosabatni 
ko‗rsatadi. 
Imkoniyat 
va 
voqelik 


517 
kategoriyalarida borliqning o‗zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o‗zgarish 
tendensiyalari o‗z aksini topadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish