Imkoniyat
– voqelik o‗zgarishining bu voqelik qonunlariga zid bo‗lmagan
varianti.
Imkoniyat yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqishini
ifodalovchi muayyan shart-sharoit hamda vaziyat majmui, narsa, hodisaning
ichki tabiatiga ko‗ra zaruriy ravishda reallashishi lozim bo‗lgan, biroq hali
yuzaga chiqmagan voqelikdir.
Hamonki ayni bir qonunlar turli sharoitlarda amal qilishi har xil natijalarga
sabab bo‗lar ekan,
u yoki bu imkoniyatning amalga oshishi uning qonunlarga
muvofiqligiga ham, ularning amal qilish sharoitlariga ham bog„liq bo„ladi.
Imkoniyatlarning turlari
. Real va formal, abstrakt va muayyan
imkoniyatlar farqlanadi
Olam ko‗p qirrali, turli hodisalarga boy bo‗lganligi uchun ham imkoniyatning
voqelikka aylanishi xilma-xil tarzda sodir bo‗lishi mumkin. SHunday ekan, nazariy
va amaliy faoliyatda real imkoniyat bilan abstrakt yoki formal imkoniyatlarni ajrata
bilish lozim. Real imkoniyat deb, voqealar rivojining tadrijiy va qonuniy natijasi
sifatida, muayyan shart-sharoitda shubhasiz ro‗yobga chiqadigan imkoniyatga
aytiladi.
Biron-bir
voqeaning
mumkinligi
uning
voqelik
qonunlariga
muvofiqiligidangina emas, balki uning yuz berishi uchun sharoit mavjudligidan
ham kelib chiqilishi real imkoniyatdir. Real imkoniyat imkoniyatni voqelikka
aylantirishi mumkin bo‗lgan shart-sharoitlar mavjudligini anglatadi.
Masalan, tabiatdan misol olsak: urug‗lik dondagi har bir hujayrada o‗simlikka
aylanish imkoniyati mavjud bo‗ladi. Bu real imkoniyat bo‗lib ma‘lum shart-sharoit
bo‗lsa va modda almashinish normal kechsa, yorug‗lik, havo harorati, namlik
ta‘sirida, albatta, voqelikka aylanadi
Agar biron-bir voqeaning mumkinligi mavjud sharoitlarga bog‗liq
bo‗lmagan holda, ya‘ni u qonunlarga zid emasligi bilangina belgilansa, bunday
imkoniyat abstrakt imkoniyat deb ataladi (masalan, Erga o‗zga sayyoraliklar uchib
kelishi mumkinligi). Abstrakt imkoniyatning mavjudligi uchun zarur sharoitlar
tug‗ilgan (yoki yaratilgan) taqdirda u real imkoniyatga aylanadi. Xuddi shuningdek
zarur sharoitlar yuzaga kelgan holda real imkoniyat voqelikka aylanadi. Ammo har
qanday real imkoniyat amalga oshishi shart emas. Turli imkoniyatlarning amalga
oshish ehtimoli har xil bo‗ladi.
Abstrakt imkoniyat shunday imkoniyatdirki, o‗zi tabiiy va ijtimoiy
qonuniyatlar bilan bog‗liq bo‗ladi, lekin muayyan tarixiy sharoitda voqelikka
aylanishi mumkin bo‗ladi ham, bo‗lmaydi ham. Masalan: sayyoramizning
Galaktikadagi boshqa samoviy jismlar bilan to‗qnashib ketish ehtimoli bor. Bu hol
bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham mumkin.
Tasodifiy aloqa va munosabatlar bilan xarakterlanadigan, o‗zi taraqqiyot
jarayonidan kelib chiqmaydigan va real asosga ega bo‗lmagan imkoniyat formal
imkoniyat deyiladi. CH Formal imkoniyat rivojlanishning tasodifiy omillari
mahsulidir. unonchi, hozirgi davrda aqidaparastlar targ‗ib etayotgan islom
xalifaligini tashkil etish g‗oyasi haqiqatdan yiroq, real voqelikka aylanishi mumkin
bo‗lmagan holatdir. Masalan, rasman har bir fuqaro deputat, millioner yoki ko‗p
518
bolali bo‗lishi mumkin. O‗z-o‗zidan ravshanki, aksariyat fuqarolar uchun bu
imkoniyat voqelikka aylanmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |