Нигинахон шермухамедова


Ba‘zi G‗arb sotsiologlari taraqqiyot mezonlarini ong sohasidan izlashni



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ba‘zi G‗arb sotsiologlari taraqqiyot mezonlarini ong sohasidan izlashni 
tavsiya etadilar
va inson o‗zini qay darajada baxtli, xotirjam his qilishiga qarab, 
bu muammoni axloqiy muammolar bilan bir qatorga qo‗yadi. Ammo bunday 
yondashuvlar sub‘ektiv xususiyatga ega, chunki odamlarning maqsadi, ideallari va 
kayfiyati muttasil o‗zgarib turadi.
«Rivojlanish» tushunchasi universal emas, balki nisbiy xususiyatga ega. 
Falsafada uni butun koinotga nisbatan qo‗llab bo‗lmaydi, chunki unda aniq 
belgilangan rivojlanishni kuzatish mumkin emas, degan fikrlar bor. Bu tushunchani 
siklik xususiyatga ega bo‗lgan ko‗pgina jarayonlarga nisbatan ham qo‗llab 
bo‗lmaydi. Tabiatdagi taraqqiyotni tahlil qilishda rivojlanishning asosiy tarmog‗i 
va ikkinchi darajali tarmoqlari farqlanadi. Ayrim olimlar fikriga ko‗ra, harakatning 
oliy, ya‘ni ijtimoiy shakliga taraqqiyotning yaqinlashuv darajasi jonli tabiat 
taraqqiyotining umumiy mezoni hisoblanadi.
Rivojlanish ochiq tizimning mavjudligi va evolyusiyasi, bir tomondan, 
uning ichki tuzilishiga, boshqa tomondan esa – uning tashqi muhit bilan o„zaro 
aloqasiga bog„liq. Bu o„zaro aloqa jarayonida uning entropiyasi ko„payishi ham, 
o„zgarishsiz qolishi ham, kamayishi ham (atrof muhitda entropiyaning o„sishi 
hisobiga) mumkin.
Entropiyaning kamayishi tizimning differensiyalanishi, tizim strukturasining 
murakkablashuvi va uyushqoqlik darajasining ortishi bilan bog‗liq.
Tizimning uyushqoqlik darajasini aniqlash uchun quyidagi mezonlardan 
foydalaniladi: 

strukturaviy mezonlar – tizimning murakkablik darajasi, tizim 
elementlari va ularning o‗rtasidagi aloqalarning rang-barangligi va h.k.; 

energetik mezonlar – tizim faoliyatining samaradorlik ko‗rsatkichlari 
(muayyan maqsadga erishish uchun qanday modda va energiya sarflari talab 
etilishi bilan belgilanadi); 

informatsion mezonlar – sirtdan olinuvchi va tizimda aylanuvchi axborot 
miqdori va sifati, shuningdek axborotni qayta ishlash va undan boshqaruv 
tizimlarida foydalanish usullari va h.k. 
Evolyusiya qilayotgan, uyushqoqlik darajasi o„sib borayotgan tizimlar 
rivojlanayotgan tizimlar hisoblanadi.
Ammo shuni e‘tiborga olish lozimki, har qanday konkret tizim o‗z tarixiga 
ega, bu tarixning esa boshi va oxiri bor. Bu tarixda tizimning u paydo bo‗lganidan 
keyingi hayoti avvaliga uyushqoqlikning qandaydir oliy darajasigacha (yunon. 


367 
«
akme
» - cho‗qqi) o‗sib boradi, so‗ngra uyushqoqlik darajasi pasaya boshlaydi, 
tizimning strukturasi soddalashadi, tartibsizlik kuchayadi va mazkur jarayon 
tizimning halok bo‗lishi bilan tugaydi.
Rivojlanish tushunchasi adabiyotlarda ikki xil ma‘noda qo‗llaniladi. 
Keng 
ma‟nodagi rivojlanish tushunchasi tizimning hayot siklini to„la qamrab oladi (va 
ayni holda uning rivojlanishidagi o„sish va pasayish to„g„risida so„z yuritiladi). 
Tor ma‟nodagi rivojlanish deganda esa faqat evolyusiyaning o„sish jarayoni 
tushuniladi (bu holda pasayish jarayoni rivojlanishga zavol topish va tanazzul 
jarayoni sifatida qarama-qarshi qo„yiladi).
Ba‘zan evolyusiyaning o‗sish jarayoni taraqqiyot (progress), pasayish 
jarayoni esa – regress sifatida tavsiflanadi. Ammo taraqqiyot va regress deganda 
nimani tushunish lozim? Bu tushunchalar tizimning o‗zgarishlariga ularning 
muayyan maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan berilgan bahoni aks ettiradi (bu 
ijtimoiy tizimlarning taraqqiyoti yoki regressi to‗g‗risida so‗z yuritilganda ayniqsa 
bo‗rtib namoyon bo‗ladi). Maqsadga erishishga ko‗maklashuvchi omillar 
progressiv, undan uzoqlashtiruvchi omillar esa regressivdir. Binobarin, bular 
muayyan sub‘ektning fikriga ko‗ra tizim xizmat qilishi lozim bo‗lgan maqsadlar 
bilan belgilanuvchi nisbiy tushunchalardir. Aksariyat hollarda evolyusiyaning har 
bir bosqichida qandaydir o‗zgarishlar progressiv deb (ular uyushqoqlik darajasini 
oshirmasligi ham mumkin), qandaydir o‗zgarishlar esa regressiv deb (ular 
uyushqoqlik darajasini pasaytirmasligi ham mumkin) deb baholanadi.
Rivojlanish tushunchasiga u boshqa ma‘lum tushunchalar – «o‗zgarish» va 
«harakat» bilan o‗zaro nisbatlash yo‗li bilan ta‘rif berish mumkin. O‗zgarish – bu 
narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‗tishi. U «barqarorlik»ka zid 
va aniq yo‗nalishli – progressiv yoki regressiv xususiyat kasb etadi. 
Progress yoki 
taraqqiyot – materiya tuzilishining quyi shakllaridan oliy shakllariga, soddadan 
murakkabga o„tish.
Bunga teskari yo‗nalishda yuz beruvchi jarayon regress deb 
ataladi.
«
Harakat» tushunchasini dialektika materiyaga tatbiqan «umuman 
o„zgarish» sifatida tavsiflaydi, ya‟ni u dunyoda yuz beruvchi barcha jarayonlarni, 
ularning mazmunidan qat‟iy nazar qamrab oladi
. Harakat o‗z hajmiga ko‗ra 
rivojlanishga qaraganda kengroq tushuncha, lekin rivojlanish o‗zining konkret 
mazmuniga ko‗ra harakatga qaraganda chuqurroq. Rivojlanishni harakat 
fenomenidan quyidagi jihatlar yordamida farqlash mumkin: 
a) vaqtda aniq yo‗nalishga egalik – o‗tmishdan hozirgi davr orqali kelajakka 
qaratilganlik; 
b) jarayonning ortga qaytmasligi, ya‘ni o‗zgaruvchi real narsalar, hodisalar 
o‗z individual jihatlarida betakrordir; 
v) rivojlanish jarayonida yangi, ya‘ni ilgari mavjud bo‗lmagan narsaning 
paydo bo‗lishi; 
g) rivojlanishning qonuniy xususiyati, u muayyan qonunlarga bo‗ysunishi.
SHunday qilib, 
rivojlanish umuman o„zgarishning muayyan shakli, 
harakatning alohida turi bo„lib, unga moddiy ob‟ektlarning qonuniy, 
yo„naltirilgan, orqaga qaytarib bo„lmaydigan, sifat o„zgarishlari xosdir.


368 
Rivojlanish bilan yuzaki tanishish u bir yo‗nalishli xususiyatga ega va 
g‗olibona olg‗a siljishdan iborat, degan tasavvur uyg‗otishi mumkin. Amalda 
bunday emas. Bunga ishonch hosil qilish uchun ba‘zan ayniylashtiriladigan 
«rivojlanish» va «taraqqiyot» tushunchalarini o‗zaro nisbatlash kifoyadir.
YUqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, rivojlanish yangi, ya‘ni ilgari mavjud 
bo‗lmagan narsa paydo bo‗lishiga olib keladi. Ammo shu o‗rinda tabiiy bir savol 
tug‗iladi: yangi narsa doim ham eski narsadan barkamolroq bo‗ladimi? Yo‗q, 
bo‗lmaydi. Masalan, XX asrning 30-yillarida Germaniyada fashizm ijtimoiy 
hayotdagi yangi hodisa sifatida paydo bo‗lgan. Bu jamiyat hayotida taraqqiyot 
bo‗lganmi? Yo‗q, bo‗lmagan. Demak, har qanday yangi hodisa yoki narsa 
progressiv bo‗lavermaydi. Bundan xulosa shuki, yangi narsa rivojlanish darajasiga 
ko‗ra eski narsadan ustun turishi mumkin va aksincha, u rivojlanishda orqaga 
surilish bo‗lishi mumkin. SHu sababli rivojlanish jarayonida ikki tendensiya – 
progressiv va regressiv tendensiyalarni farqlash lozim. Misol uchun, murakkab 
moddiy tizimlarda, aytaylik jamiyatda taraqqiyot va regress elementlari yonma-yon 
turadi. Jamiyatda o‗zgarishlar yuz bergan davrda bu ayniqsa bo‗rtib namoyon 
bo‗ladi. SHunday qilib, rivojlanish murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli 
xususiyat kasb etadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish