2-mavzu. Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar va ularning yechimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar



Download 59 Kb.
Sana11.05.2022
Hajmi59 Kb.
#602162
Bog'liq
LsV7okXisuRLxsEjrRuTkE21aiGozd1N6jn1VQPZ


2-MAVZU. Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar
va ularning yechimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Umumiy o‘rta ta’limda o‘quv dasturi doirasiga qamrab olingan fanlar majmuasi qatoridan o‘rin olgan ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda asosiy vazifa – ta’lim oluvchilarda so‘zga qiziqish va e’tibor hissini muntazam sur’atda o‘stirib borish, ularga so‘zning ahamiyatini, turli matnlarda tutgan o‘rnini tushuntirishdan iboratdir. O‘zbek adabiyotining ixcham va go‘zal namunalarini, xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos muhim lavhalarni, jahon milliy madaniyatiga hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi vakillarining ijodiy merosini o‘rganish orqali adabiy matnlardagi so‘z va so‘z shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, so‘zni grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish, so‘zlarni o‘rinli tanlash va sintaktik-uslubiy jihatdan to‘g‘ri baholay olish, jumla tuzishda va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan ona tili va adabiyot fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini sinflar kesimida o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda soddadan murakkabga tomon yo‘naltirib, tizimli o‘qitish ahamiyatlidir.


Ona tili fanining ilmiy-nazariy asoslari hamda ta’limida quyidagi muammolarga duch kelinmoqda:

  • lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosidagi muammolar;

  • imlo bilan bog‘liq muammolar;

  • tilshunoslik bo‘limlaridagi qoida va ta’riflarning berilishidagi tafovutlar;

  • ona tili ta’limida ilmiylikning ustunligi, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutq malakasini yuksaltirish uning soyasida qolganligi;

  • o‘quvchida amaliy xarakterdagi nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilmaganligi;

  • o‘qitish metod va usullarini to‘g‘ri tanlay bilmaslik, uni murakkablashtira borish tamoyiliga yetarli e’tibor bermaslik.

Adabiyot fani ilmiy-nazariy asoslari hamda ta’limidadagi dolzarb muammolar:

  • o‘quv dasturlaridagi manbalarning o‘quvchi yosh xususiyatiga mos emasligi;

  • ta‘lim oluvchilarning badiiy adabiyotga qiziqishi hamda kitobxonlik saviyasining pasayganligi;

  • darsliklarda “asar haqida” bo‘limi hamda tahlil bo‘yicha tayyor maqola berilganligi;

  • ta’limda badiiy asar tahliliga yetarlicha e’tibor berilmayotganligi;

  • asar matni tahliliga, mustaqil fikrlashga undaydigan amaliy savol-topshiriqlarning kamligi;

  • o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion usullarni to‘g‘ri tanlay olmaslik kabilarni qayd etish mumkin.

Fanlarni o‘qitishdagi mazkur muammolar ta’lim sifat-samaradorligiga jiddiy ta’sir etadi, albatta. Ayni paytda o‘qitish sama­ra­dorligini oshirish, o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlarida bel­gilangan bilim, ko‘nikma va mala­kalarni to‘la egallashlariga erishish, mustaqil bilim olishlarini ta’minlash, iqtidorli, iste’dodli hamda ayrim fanlarni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarga individual yondashish, bolalarning eng yaxshi fazilatlarini rivojlantirish, yoshlarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, intellektual xususiyati va shaxsiy sifatlarini aniqlagan ta’lim berishga jiddiy e’tibor qaratish dolzarblikni kasb etmoqa.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, “farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.
So‘ngi yillarda taʼlim sohasini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan qator farmon va qarorlar qabul qilindi, uning asosida Vazirlar Mahkamasining hamda Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari va chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Qabul qilingan ushbu me’yoriy hujjatlardan bevosita til va adabiyot ta’limi sifat-samaradorligini oshirishga doir quyidagilarni qayd etish mumkin:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi, 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi va 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari asosida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi jamiyatda kitobga bo‘lgan munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarishiga zamin yaratdi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 997-sonli qaroriga binoan PISA-2021 – o‘quvchilarning savodxonligini baholash xalqaro dasturida ishtirok etish to‘g‘risida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotlari (IHTT) bilan kelishuvga erishildi. PISA dasturiga ko‘ra, 2021-yilda o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash maqsadida yurtimiz maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va matematika fanlaridan maxsus sinovlar o‘tkaziladi. Sinov natijalariga ko‘ra xalqaro o‘quvchilar savodxonligi reytingida mamlakatimiz yoshlarining o‘rni belgilanadi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 Farmoni va PQ-4884-son qarorida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, Milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, Davlat ta’lim standartalari, tayanch va variativ o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish, ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish, umumta’lim muassasalarini xususiy sektorga 5 yilga ishonchli boshqaruvga berish, o‘quvchisi xalqaro va respublika fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga toifa berish, uzluksiz kasbiy ta’lim platformasini joriy etish, Finlandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini ta’lim tizimiga hamda dasturiga joriy qilish, sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv modular ishlab chiqish, bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab quvvatlash kabi masalalarni amalga oshirish qayd etildi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish kabi vazifalar belgilandi.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarorida individulal kasbiy rivojlanish ta’lim trayektoriyasi asosida tabaqalashgan malaka oshirish, fanlarni ”Ustoz shogird tizimi” asosida o‘qitish, “El-yurt umidi” jamg‘armasi asosida xorijda malaka oshirish, malaka oshirishning muqobil shakllarini joriy etish; videodarslarni yaratish uchun videostudiya va STEAM laboratoriyasini tashkil etish, bu jarayonga xorijdan mutaxassislarni jalb etish kabi vazifalar belgilandi.

  6. Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-sonli qarori qabul qilindi.

  7. Xalq ta’limi vazirligining 2020-yilda “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida” 67- sonli hamda 92-sonli buyruqlari qabul qilindi.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish”,“O‘zbek tilining milliy korpusini yaratish”, “jadid.uz” elektron platformasini yaratish”, “O‘zbek tilida neyming: meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish” kabi mavzulardagi innovatsion va amaliy loyihalarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Yuqorida qayd etilgan mazkur qaror va buyruqlar ona tili va adabiyot fanlarining ilmiy nazariy asoslari va ta’limidagi ayrim muammolarni bartaraf etishga hamda o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun zamin vazifasini o‘taydi, albatta.
Keyingi ikki-uch yil ichida nashrdan chiqqan umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan yangi avlod “Ona tili” va “Adabiyot” darsliklarining mazmun-mundarijasida ma’lum yangilanishlar kiritildi. Jumladan, 5-sinf “Ona tili” (2020-y.) va 8-sinf “Ona tili” (2019-y.) darsliklariga o‘quvchida amaliy xarakterdagi nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan turli mavzudagi matnlar, rasmlar, muammoli vaziyatlarni qamrab olgan topshiriqlar kiritildi. So‘zlarning izohi bilan ishlash maqsadida lug‘atlar keltirildi. Bunda xalqaro baholash tadqiqotlaridagi talablar inobatga olindi. Darsliklarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida sharq allomalarining hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar hamda o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida turli xil rasmlar keltirildi.
5-sinf “Adabiyot” (2020-y.) darsligida o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini hamda mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan mantiqiy topshiriqlar, tezkor savollar, rasmli topshiriqlar, assotsiativ yondashuvga asoslangan vazifalar keltirildi. 11-sinf “Adabiyot” (2018-y.) darsligida o‘quvchilarning badiiy asar matni ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida asar mazmuni va shakli, kompozitsiyasi, badiiyati, janriy xususiyatlarini tahlil qilishga doir topshiriqlar berilgan.
Umuman olganda, ona tili va adabiyot fanlarining ilmiy-nazariy asoslari hamda ta’limidagi ayrim muammolarning borligi, biz kabi fan mutaxassislarni jiddiy yondashib ish yuritishimizga undaydi.


Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish