Eklektika (yunon.
eklego
– tanlayman) -
qarama-qarshi konsepsiyalardan
prinsipsiz o„zlashtirilgan turli jinsli, o„zaro mos kelmaydigan elementlarni bir
ta‟limotda mexanik birlashtirish; kontekstdan yulib olingan dalillar, ta‟riflar,
iqtiboslar va shu kabilardan muayyan bir yoqlama maqsadda foydalanish va
342
ularni buzib talqin qilish.
Eklektika – bu, ta‘bir joiz bo‗lsa, «qorishma», shu bois u
rivojlanish nazariyasi ham, bilish nazariyasi ham, metod ham, dunyoqarash ham
hisoblanmaydi. Eklektikaning xavfliligi shundaki, unga ba‘zan dialektika niqobi
kiydiriladi.
Dialektikaning muqobillari orasida sinergetika alohida o‗rin egallaydi.
Sinergetika.
XX asrning 70-yillarida nemis faylasufi Gans Xaken
sinergetika tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. Sinergetika bilim sohasi
sifatida shakllanishida
Boris Belousov
va
Andrey Jabotinskiy
kabi olimlar
o‗tkazgan eksperimentlar ayniqsa muhim rol o‗ynadi. Ularga tayanib,
Ilya Prigojin
boshchiligidagi «belgiya maktabi» kimyoviy jarayonlar sinergetikasining
termodinamikaning nomutanosibligi g‗oyalariga asoslangan birinchi nochiziqli
modelini yaratdi.
Sinergetika (yunon. synergein – umumiy, muvofiq tarzda harakat qiluvchi) –
ob‟ekti fizik, kimyoviy, biologik, ekologik va boshqacha tabiatga ega bo„lgan ochiq
tizimlardagi o„z-o„zini tashkil qilish jarayonlari bo„lgan tarmoqlararo tadqiqotlar
yo„nalishi.
Termodinamik mutanosiblikdan uzoq bo‗lgan bunday tizimlarda tashqi
muhitdan keluvchi energiya va modda oqimi hisobiga nomutanosiblik yaratiladi va
quvvatlanadi. Buning natijasida elementlar va kichik tizimlar o‗zaro ta‘sirga
kirishadi va bu ularning o‗zaro muvofiq xulq-atvoriga, yangi barqaror tuzilmalar
yaratilishiga va o‗z-o‗zini tashkil etishga olib keladi. Ilgari surilgan o‗z-o‗zini
tashkil etish konsepsiyasi materiyaning o‗z-o‗zidan harakatlanish va o‗z-o‗zidan
rivojlanish tamoyiliga tabiiy-ilmiy aniqlik kiritdi. Materiyaga tashqi kuch bilan
harakatga keltiriluvchi qotib qolgan massa sifatida yondashadigan klassik
mexanikadan farqli o‗laroq, sinergetika muayyan sharoitlarda noorganik tabiatga
ega bo‗lgan tizimlar ham o‗zini o‗zi tashkil etishga qodir ekanligini namoyish
etadi. Mutanosib termodinamika tizim entropiyasi (ya‘ni xaos, tartibsizlik)ning
ko‗payishi tomongagina evolyusiyani tan olsa, sinergetika
fluktuatsiyalar
, ya‘ni
tizim o‗zining qandaydir o‗rtacha holatidan og‗ishi orqali tartibning vujudga
kelishi mexanizmi g‗oyasini ilk bor ilgari suradi. Fluktuatsiyalar nomutanosiblik
hisobiga kuchayib boradi, oldingi strukturaga putur etkazadi va yangi struktura
paydo bo‗lishiga olib keladi. SHu tariqa tartibsizlikdan tartib vujudga keladi.
O„zini o„zi tashkil etuvchi jarayonlarga dialektik ziddiyatlar: beqarorlik va
barqarorlik, tartibsizlik va tartib xos.
O‗zini o‗zi tashkil etishning umumiy
tamoyillari amal qilishiga qarab sinergetikaning nochiziq xususiyatga ega bo‗lgan,
sifat o‗zgarishlarini ham hisobga oladigan yanada mukammalroq modellari
yaratilishi mumkin. Sinergetika real strukturalar va sistemalar hamda ular bilan
bog‗liq bo‗lgan rivojlanish jarayonlarining dinamik xususiyati haqidagi tasavvurga
aniqlik kiritadi, materiya evolyusiyasining har bir bosqichida o‗zini o‗zi tashkil
etuvchi tizimlarning tartibligigi va ierarxiyaviy murakkablik darajasi ortishini aks
ettiradi. Uning natijalari jonli va jonsiz materiya o‗rtasidagi aloqalarni aniqlash,
shuningdek Erda hayotning paydo bo‗lishi jarayonlarini yoritish uchun ulkan
ahamiyatga ega.
Sinergetika gumanitar fanlar metodologiyasi, xususan falsafa sari yanada
kengroq yo„l ochmoqda.
Falsafaga nomutanosiblik, beqarorlik, bifurkatsiya,
fazaviy o‗tishlar, nochiziqlik, kichik ta‘sirlar, attraktorlar kabi tushunchalar kirib
343
kelmoqda. Sinergetika dunyoning vujudga kelish asoslaridagi zaruriy (qonuniy,
belgilangan) va tasodifiy omillar, jihatlar haqidagi tasavvurni butunlay
o‗zgartiruvchi yangicha dunyoqarash sifatida namoyon bo‗lishga harakat
qilmoqdar. Jonsiz materiyaning hamda jamiyat hayot faoliyatining iqtisodiy,
siyosiy-ijtimoiy, harbiy va boshqa sohalaridagi tarixiy jarayonlarning sabablari va
rivojlanish shakllari yangicha tavsiflanmoqda. Tasodifning biologik va ijtimoiy
evolyusiyaning mustaqil omili sifatidagi yangicha talqini shakllanmoqda, o‗zini
o‗zi tashkil etish jarayonlarida tasodifning roli tan olinmoqda. Sinergetik
dunyoqarash asoschilaridan biri Ilya Prigojin shunday deb yozadi: «Dinamika
oqilona modelining muqarrar oqibati sifatida idrok etilgan determinizm hozirgi
vaqtda ayrim hollardagina namoyon bo‗luvchi xossa bilan bog‗lanadi». SHunday
qilib, bu erda gap ijtimoiy fanlar paradigmasining o‗zgarishi haqida,
determinizmning avvalgi talqinidan voz kechish va uni tan olish haqida va balki
determinizmning yangi turlarini kashf qilish haqida, falsafada esa yana
materialistik dialektikani qayta anglab etish haqida boradi.
Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‗ra, ijtimoiy fanlar metodologiyasida yangi
paradigma shu jumladan dialektikani sinergetikaning ayrim metodi sifatida (faqat
muayyan sohalarda) o‗z ichiga oladi yoki umuman uni voqelikka nisbatan butunlay
yangicha yondashuvlar bilan almashtiradi. Gap shundaki, sinergetika ontologiya va
gnoseologiya
muammolarini
dialektikaga
(ayniqsa
uning
materialistik
modifikatsiyasiga) qaraganda boshqacha yo‗l bilan echadi. Agar materialistik
modifikatsiya tarafdorlari uchun dialektika ham, bilish nazariyasi ham, mantiq ham
bir, universum ham dialektika qonunlariga muvofiq mavjud bo‗lsa, sinergetik
dunyoqarash uchun bu tamoyillar isbotsiz hisoblanadi, ontologiya va
gnoseologiyaning dialektik birligi ham hali kuzatilganicha yo‗q.
Sinergetika ko„p sonli miflar, stereotiplarni chippakka chiqardi.
Birinchidan, murakkab tuzilishga ega bo„lgan ijtimoiy-tabiiy tizimlarga rivojlanish
yo„llarini ko„rsatish mumkin emasligi aniqlandi. Ikkinchidan, sinergetika har
qanday murakkab tizim rivojlanishning bir emas, balki bir nechta, o„z tabiatiga
mos keluvchi yo„llariga ega ekanligidan dalolat beradi. Uchinchidan, sinergetika
xaos strukturalarning o„zini o„zi uyushtirish va o„zini o„zi yo„lga solish, ortiqcha
unsurlardan xalos bo„lish, nisbatan sodda strukturalar – evolyusiya attraktorlari
bilan bog„lanish mexanizmi sifatida amal qilishi mumkin.
SHunday qilib, rivojlanish muammosi falsafaning bosh muammolaridan biri
hisoblanadi. Bu muammoni anglab etish insonga o‗zini qurshagan dunyoni va
o‗zining undagi o‗rnini teranroq tushunish imkonini beradi. Insoniyatning
mavjudlik tarixi mobaynida teran aql egalari rivojlanish jarayonining ko‗p sonli
konsepsiyalarini yaratganlar. Dialektika ayniqsa puxta ishlab chiqilgan konsepsiya
hisoblanadi. Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning boshqa konsepsiyalari
ham mavjud. Rivojlanish haqidagi ta‘limot – falsafada bosh ta‘limotlardan biri. Bu
hol shu bilan belgilanadiki, mazkur ta‘limotda umumiy aloqalarning mazmuni,
dunyoda yuz berayotgan o‗zgarishlarning umumiy qonuniyatlari, rivojlanish
jarayonlarining manbalari, mexanizmlari va yo‗nalishi, borliqning boshqa
universal aloqalari teran va har tomonlama yoritiladi. Bularning barchasi
dunyoqarashni va fikrlashning dialektik metodini shakllantirish asosi hisoblanadi.
344
Do'stlaringiz bilan baham: |