Dogmatizm.
Metafizik fikrlash usulining jonli voqelik tahlilini qotib qolgan,
o„zgarmas formulalar bilan almashtirish xos bo„lgan ko„rinishlaridan biri
dogmatizmdir
(yunon.
dogma
– amaliyotga bog‗lamasdan, notanqidiy qabul
qilinuvchi qoida). Bu bilimlarni o‗zlashtirish va amalga tatbiq etish usuli bo‗lib,
unda u yoki bu ta‘limot yoinki qoida tugallangan boqiy haqiqat sifatida, hayotning
muayyan sharoitlarini hisobga olmasdan qo‗llaniladigan dogma sifatida idrok
etiladi.
Dogmatizm o„zgarmas formulalardan, bilishning rivojlanishi jarayonida
boyishi mumkin bo„lmagan bilimlardan kelib chiqadi.
Hamonki muayyan haqiqat
mavjud ekan, u dogmatizmga muvofiq har qanday holat, rivojlanishning har
qanday sharoiti uchun to‗g‗ridir.
Relyativizm
(lot.
relativus
– nisbiy).
Relyativizm borliqning muttasil
o„zgaruvchanligi haqidagi tezisdan kelib chiqadi hamda narsalar va hodisalarning
turg„unligini rad etadi
. Dogmatizm mutlaq haqiqatning konkretligini e‘tiborga
olmasdan, uning ahamiyatini oshirib ko‗rsatishga asoslansa, relyativizm, aksincha,
nisbiy haqiqatning mutlaqligini rad etib, uning ahamiyatini oshirib ko‗rsatadi.
Albatta, bu erda relyativizm haqiqatni metafizik talqin qilishning tur xili sifatida
amal qiladi. SHunday qilib, relyativizm bilish nazariyasi sifatidagi dialektika bilan
uzviy bog‗liq va bunda – uning muqobili.
Sofistika
ham dialektikaning muqobili hisoblanadi, chunki u metafizikaning
tur xili sifatida amal qiladi.
Sofistika (yunon. sophismal – mantiq qonunlarini
ataylab buzishga asoslangan fikr) mavjud nazariy qoidalarni saqlash yoki
narsalarning mavjud tartibini oqlash uchun dalillar, voqealarni sub‟ektivistik
talqin qilishga asoslangan dalillash tarzida namoyon bo„ladi
.
Sofistika o‗z
konsepsiyalarida turli mantiqiy xatolardan, soxta tushunchalardan, xulosalarning
noto‗g‗ri shakllaridan, shuningdek so‗z o‗yinlaridan, tushunchalarning ko‗p
ma‘noliligidan foydalanadi. Dalillarni manipulyasiya qilish sofistikaning ayniqsa
keng tarqalgan turi hisoblanadi. Uning yordamida istalgan narsani isbotlash
mumkin. Hozirgi vaqtda sofistikadan sho‗ro jamiyati tarixida xatolardan boshqa
narsa mavjud emasligini isbotlash uchun keng foydalanilmoqda. Mazkur
yondashuvning metafizik xususiyati aniq-ravshan ko‗rinib turadi, axir bunday
yondashuv bir yoqlama, demak dialektikaga zid.
Sofistikani tanqid qilganda shuni e‘tiborga olish lozimki, u ong eskirgan
qoidalarining ilmiy tanqidi shakllanishiga ko‗maklashib, fanning rivojlanish
tarixida ijobiy rol ham o‗ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |