«salbiy dialektika»
.
(
Teodor Adorno
1903-1969 va
Jan Pol Sartr
1905-
1980). T.Adorno – nemis faylasufi, sotsiologi, Frankfurt maktabining vakili, ko‗p
sonli falsafiy asarlar, shu jumladan «Salbiy dialektika» (1966) kitobining muallifi.
J.P.Sartr – fransuz faylasufi va yozuvchisi, ateistik ekzistensializm vakili. U falsafa
muammolariga bag‗ishlangan bir qancha asarlar, shu jumladan «Dialektik aql
tanqidi» (1960) kitobining muallifi. Uning talqinida dialektika ikki shaklda –
«tanqidiy» va «dogmatik» shakllarda mavjud bo‗lishi mumkin. Birinchisi «salbiy
dialektika»dir.
«Salbiy dialektika» bir yoqlama, sub‟ektiv konsepsiya bo„lib, u inkorni
mutlaqlashtirishdan, butun borliqning umumiy buzilishidan, yalpi krititsizmdan,
har qanday ijobiylikni rad etishdan, o„zini o„zi inkor qilishdan kelib chiqadi va shu
bois metafizika chegarasidan chetga chiqmaydi
.
«
Salbiy dialektika» - bu, mohiyat
e‘tibori bilan, aksildialektikadir.
Dialektikaning muqobillari.
Odatda rivojlanishning dialektikaga zid
bo‗lgan yoki unga o‗xshamaydigan konsepsiyalari, bilish metodlari, dunyoni
ma‘naviy o‗zlashtirish usullari, ya‘ni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga
doir va metodologik mo‗ljallar dialektikaning muqobilidir.
Metafizika
dialektikaning shunday muqobillaridan biri yoki fikrlashning
metafizik metodidir
. SHu jihatdan metafizika aksildialektika sifatida qaraladi.
«Aksildialektika» ma‘nosidagi «metafizika» atamasini falsafaga XIX asrda
Georg
Gegel
kiritgan.
XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar
yig‗ish darajasida bo‗lgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman, o‗zgarmas
narsalar va takrorlanuvchi jarayonlarning mexanik to‗plami sifatida tasavvur
qilingan. Bu narsalar va jarayonlar o‗rtasidagi bog‗lanishlar doim ham teran
asoslanavermagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‗p jihatdan
yo‗qolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim
narsalar to‗qnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish o‗zgarmas narsalar va
jarayonlarning aylanma harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq
topishi olimlar e‘tiborini tabiiy hodisalarning sifat jihatidan o‗ziga xosligiga emas,
balki asosan ularning miqdor jihatiga qaratishga da‘vat etadi. SHunday qilib,
qadimgilar dialektikasi o‗rnini ma‘lum darajada dialektikaning muqobili sifatida
tushuniladigan «metafizika» egallaydi. SHuni ta‘kidlash lozimki, «metafizika»
atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‗limi -ontologiya sifatida
tushuniladi.
Marksistik an‘anada «metafizika» atamasi salbiy ma‘no kasb etdi:
dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida
talqin qilindi. YAngi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha
340
mos kelmaydi, zero YAngi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning
ajralmas qismi sifatida o‗rin olgan tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov –
Lavuaze modda va harakatning saqlanishi g‗oyasi; G.Leybnits ta‘riflab bergan
rivojlanish g‗oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya va harakat,
markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi
turli-tuman aloqalarning o‗rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi;
mexanik harakat dialektikasi; Er evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan
tarixiy yondashuvning nazariy ahamiyatini namoyish etgan Quyosh sistemasining
paydo bo‗lishi haqidagi Kant – Laplas gipotezasi; organizm va muhitning birligi
tamoyilining asoslanishi – o‗sha davr fani yutuqlarining to‗liq bo‗lmagan
ro‗yxatidir. SHu sababli YAngi davr va Ma‘rifat davri falsafasi dialektika
tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining
o‗ziga xos va ancha etuk bosqichi hisoblanadi.
Dialektika va metafizikaning rivojlanishning ikki konsepsiyasi va bilishning
ikki metodi sifatida muqobilligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
a)
narsalar va hodisalarning aloqalarini tushunishda.
Dialektika
hodisalarning o‗zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishini tan oladi, metafizikaga
narsalar va hodisalarning ayrim elementlari, xossalarini bir-biridan ajratish va
ularni alohida-alohida narsalar sifatida idrok etish xos. SHu sababli metafizikada
bevosita, sirtdan aniq-ravshan bo‗lgan o‗zaro aloqalargina aks etadi, teran, ichki
o‗zaro aloqalar esa e‘tibordan chetda qoladi;
b)
rivojlanishning manbai va harakatlantiruvchi kuchlarini tushunishda.
Dialektika harakat va rivojlanishning manbaini narsalar va hodisalarning ichki
ziddiyatlarida, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashida ko‗radi. Metafizika
rivojlanishning ichki manbai – o‗z-o‗zini rivojlantirishni rad etadi. Tabiat va
rivojlanishning sababini u qandaydir tashqi sababda ko‗radi, ya‘ni uni narsalar va
hodisalardan tashqarida topadi;
v)
rivojlanishning xususiyatini, eski sifatdan yangi sifatga o„tish
«mexanizmi»ni tushunishda.
Dialektika nuqtai nazaridan, miqdor jihatidan asta-
sekin va sifat jihatidan sakrash yo‗li bilan sodir bo‗ladigan rivojlanish ana shunday
«mexanizm»dir. Metafizika rivojlanishga yo sifatning «sakrashi» deb, yo faqat
ayni bir narsaning miqdor jihatidan o‗sishi deb, faqat kamayish yoki ko‗payish
deb, ayni bir holatlarning takrorlanishi deb qaraydi;
g)
rivojlanishning yo„nalishini tushunishda:
butun borliqning rivojlanishi
to‗g‗ri chiziq bo‗ylab yuz beryaptimi, aylana bo‗ylabmi yoki boshqa yo‗ldanmi?
Ma‘lumki, dialektika rivojlanish spiralsimon tarzda yuz berishidan kelib chiqadi,
chunki rivojlanish jarayonida takrorlar, ortga qaytish, bo‗lgan narsani yuqoriroq
darajada gavdalantirish yuz beradi. Metafizika bu erda ham bir yoqlama
pozitsiyani egallaydi, har qanday rivojlanishning yo umumiy yuksalishini, yo
umumiy tanazzuli (regress)ni, yo aylanma, turg‗un xususiyatini mutlaqlashtiradi va
shu tariqa uni amalda rad etadi;
d)
bilish metodini tushunishda.
Dialektika nuqtai nazaridan, narsani bilish
uchun uning barcha tomonlari va aloqalarini qamrab olish, ularni o‗rganish zarur.
Narsa uning rivojlanishi, o‗z-o‗zidan harakatlanishi, o‗zgarishi nuqtai nazaridan
341
qaralishi lozim. Metafizikaga bir yoqlamalik, yuzakilik, anglab etilayotgan
ob‘ektni mutlaqlashtirish, uni sxemalashtirish xos.
SHunday qilib,
metafizika – dunyoni shunday bir tushunish va fikrlashning
shunday bir usuliki, bunda narsalar va hodisalarning o„zaro aloqalari va o„zaro
ta‟sirlari e‟tiborga olinmaydi yoki ularga yuzaki qaraladi, rivojlanish jarayoni esa
avvalo ob‟ektlarning sifat o„zgarishlarisiz, miqdor jihatidan ko„payishi sifatida
talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |