NEYRONLARARO SINAPSLAR
Ikki nerv hujayrasi orasida sinapslarning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Aksosomatik sinapslar (birinchi neyronning aksoni ikinchisining tanasida tugallanadi).
2. Aksodendritik sinapslar (birinchi neyronning aksoni ik-kinchi neyron dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi (101-rasm).
3. Aksoaksonal sinapslar (birinchi neyronning aksoni ikkinchi neyron aksonida tugallanadi).
Hozirgi vaqtda ikki neyron tanasi o`rtasida va dendrodendritik sinapslar ham mavjudligi mualliflar tomonidan qayd etilgan.
Sinaps sohasida birinchi neyronning aksoni nozik tolalarga tarmoqlanib tugmachasimon kengaymalar hosil qiladi va ikkinchi neyronning dendritlarida yoki tanasida tugaydi. Sinapslar qo`zg`alishni retseptor neyrondan effektor yoki assotsiativ neyronga, faqat bir tomonga o`tkazish qobiliyatiga ega. Bir nerv hujayrada bir necha nerv hujayralarining o`simtalari tugashi mumkin. Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi nerv hujayrasida taxminan 10 000 nerv tarmoqlari tugaydi.
Ayrim nozik tuzilishlarni hisobga olmaganda hamma sinapslar bir xil tuzilishga ega. Sinaps sohasida aksonning oxirgi tarmoqlari kengaymalar hosil qiladi (presinaptik qism, pars presynaptica). Presinaptik qismda ko`p miqdorda mitoxondriyalar hamda diametri 40-100 nm keladigan sinaptik pufakchalar joylashadi.
101- rasm. Nerv hujayrasining ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
1- aksodendritik sinaps; 2 - aksosomatik sinaps; 3 - presinaptik pufakchalar; 4 – sinaps bo`shligi: 5- presinaptik membrana; 6 - postsinaptik membrana; 7 - endoplazmatik to`r; 8 -mitoxondriya;
9 - Golji kompleksi; 10 - neyrofibrillalar; 11 - yadro; 12 - yadrocha; 13 - neyrit (akson).
(V.G. Yeliseev va boshqalardan, 1970).
Xolinergik sinapslarda pufakchalar kichikroq (30-50 nm) bo`lib, monoaminoergik sinapslarda yirikroq (50-90 nm) bo`ladi. Bu qism tutashuvchi yuzasi presinaptik membrana deb nomlanadi. Presinaptik qism bilan ikkinchi neyronning tanasi yoki dendriti bir-biriga zich tegib turmasdan, ular oralig`ida kengligi taxminan 20 nm bo`lgan sinaps bo`shlig`i (yorig`i) joylashgan. Ikkinchi neyronning postsinaptik qismi (pars postsynaptica ) postsinaptik membrana bilan qoplangan. Shunday qilib, presinaptik va postsinaptik membranalar birinchi va ikkinchi neyronlar aksolemmasidir.
Sinaptik pufakchalarda mediatorlar bo`ladi, ular yordamida nerv qo`zg`alishi bir hujayradan ikkinchisiga uzatiladi. Mediator nerv hujayrada hosil bo`lgani uchun neyronlarni sekretor hujayralar deb ham aytish mumkin. Har bir neyron ma’lum tuda mediatorlar ishlash qobiliyatiga ega.
Mediatorlarning turiga qarab quyidagi neyronlar farq qilinadi:
1. Xolinergik (atsetilxolin ajratuvchi) neyronlar.
2. Monoaminergik (dofamin, noradrenalin, adrenalin, serotonin, norepineftin, ya’ni katexolaminlar ajratuvchi) neyronlar.
3. Peptidergik (peptidlar ajratuvchi) neyronlar.
4. Mediator sifatida aminokislotalarni (glyutamat, glitsin, gamma-amin - yog` kislota) saqlovchi neyronlar.
5. Purinergik (mediator sifatida ATF va uning mahsulotlarini saqlovchi) neyronlar. Atsetilxolin parasimpatik, noradrenalin esa simpatik nerv oxirlarida hosil bo`lsa, serotonin faqat miya o`zagi sohasida, peptidlar gipotalamo-gipofizar neyrosekretor sohada hosil bo`ladi. Dofamin, glitsin va gamma-amin-yog` kislotasi tormozlovchi mediatorlar hisoblanadi.
Nerv hujayrasi bo`yicha tarqalayotgan nerv impulsi presinaptik qismga yetgach sinaptik pufakchalarda saqlanayotgan mediator presinaptik membrana orqali sinaps bo`shlig`iga chiqadi. Bu yoriq. tor bo`lganligi sababli (20 nm) mediator qisqa vaqt ichida postsinaptik membranaga yetadi va uning natriy va kaliy ionlariga bo`lgan o`tkazuvchanligini oshirib yuboradi. Natijada, depolyarizatsiya yuzaga keladi. Depolyarizatsiya ma’lum darajada (kiritik nuqtaga) yetganidan so`ng, ikkinchi neyronda ham nerv impulsi hosil bo`lib, u nerv hujayra bo`yicha tarqala boshlaydi. Sinaps sohasida mediatorlarni parchalovchi fermentlar joylashganlign tufayli mediatorlar juda qisqa vaqt ichida qo`zg`alishni yuzaga keltirish qobiliyatiga ega bo`ladi.
Ko`rib o`tilgan sinapslar ximiyaviy sinapslarga misol bo`lib, ularda bo`ladigan ximiyaviy jarayonlar nerv impulsi ta’sirida sinaptik pufakchalardagi mediatorni sinaptik yoriqqa chiqishi
va shu moddani postsinaptik membranaga ta’sir qilib, unda qo`zg`atuvchi potensialni yuzaga keltirishdan iborat.
Ximiyaviy sinapslardan tashqari elektrik sinapslar ham mavjud bo`lib, ular baliqlarning elektr organida va dengiz qisqichbaqasida topilgan. by sinapslarda qo`zg`alish ximiyaviy yo`l bilan emas, balki elektrik usulda faqat bir tomonga uzatiladi.
NERV OXIRLARI
Nerv oxirlari sezuvchi (retseptor) va harakatlantiruvchi (effektor) nerv oxirlariga bo`liiadi. Retseptor nerv oxirlari butkul reflekslarning boshlanish qismi bo`lsa, effektorlar qo`zg`alishni ishchi a’zolarga yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |