Plenumda ishlash(30 minut): Plenumda kichik guruhlarning taqdimoti muhokama qilinadi, talabalarning bilimlarini mustahkamlashga, ularda shaxsiy fikr, ijodiy tafakkurning o’sishiga erishiladi.
Yakuniy qism – 5 minut: Mashg’ulot davomida muhokama qilingan tayanch tushunchalar esga solinadi, talabalarning faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar
Mashg’ulot yakunida talabalar quyidagilarni bilishlari zarur:
O`rta asr nemis adabiyoti, uning dastlabki bosqichi va o`rta bosqichi, ularning o`ziga xos xususiyatlari, risarlik adabiyoti, qahramonlik eposlari, ularning yaratilish tarixlari, yirik namoyondalari ijodlari bo`yicha aniq ilmiy tushunchalarga ega bo`lishlari;
O`rta asr nemis adabiyotining o`rta bosqichidan vakillari asarlari, ularning tahlillari bo`yicha amaliy faoliyat ko`nikmalariga ega bo`lishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |