“Nemis tili darslarida madaniyatlararo muloqotga o`rgatish mashqlaridan foydalanish mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
QARSHI-2015
Kirish
Asosiy qism
I. BOB. NEMIS TILI DARSLARIDA MADANIYATLARARO
MULOQOTNI O`RGATISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI
I.1. Madaniyatlararo muloqot atamasining lingvodidaktik talqini ...7
I.2. Madaniyatlararo muloqot atamasining vujudga kelish va rivojlanish tarixi ....13
II. BOB. NEMIS TILI DARSLARIDA MADANIYATLARARO
MULOQOTNI O`RGATISH TEXNOLOGIYASI
II.1. Nemis tili mashgulotlarida mashqlar orqali madaniyatlararo
muloqotni shakllantirish ..32
II.2. Mamlakatshunoslikka oid matnlar asosida til o`rganuvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash …..41
XULOSA 50
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …
..52
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezident I. Karimov tomonidan 2012 yil 10 dekabrdagi Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida gi PQ 1875 sonli qarorining qabul qilinishi yurtimizda chet tillarini o`rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasida chet tillarini o`rganib, o`z bilimlarini chet ellarda mustahkamlab qaytmoqdalar.
Prezidentimiz I. Karimov Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida bu haqda shunday fikr bildirganlar: Milliy g`oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik kabi tamoyillarning mano mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan manaviy marifiy, talim tarbiya sohalarining markaziga qo`yish, ularni yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodlarimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat1
Ozbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarining jadal rivojlanishi mamlakatimizda va jahon hamjamiyatida talim sohasida davlatlararo integratsiyasi butun talim tizimi va osib kelayotgan avlodni tarbiyalashni ozgartirishni talab etdi.
Zamonaviy shart sharoitlar xalq talimi tizimini uning barcha pogonalarini bir kompleks sifatida korishni talab etib umumiy va maxsus talim, professional tayyorgarlik, yoshlarni shaxs sifatida ruhan va axloqan yetilishini taminlash kerak.
Buning uchun umumtalim maktabi, oliy va orta maxsus talim tizimini muhim tarzda mustahkamlash, oquv dasturlarini yangilash, ularni jahon madaniyati xazinalari bilan boyitish kerak.
Shuning uchun hozirgi kunda til talimi jarayonida til va madaniyat, jamiyat rivojlanishida til va madaniyatning bir butun roli, toliq shaxslararo va madaniyatlararo muloqot malakalarini tashkil etish kabi muammolar faollashtirilmoqda.
Muloqot madaniyati bugungi kunda global ahamiyat kasb etadi, zero alohida insonlar hamda butun xalq va davlatlar orasidagi munosabatlar, bir-birini tushunish va ozaro tasiri shunga asoslanadi.
Aytilganlardan, hozirgi davr miqyosida Ozbekiston Respublikasi talim tizimi tarkibini rivojlantirish muhimligi korinadi, ayniqsa texnogen sivilizatsiyadan antropogen sivilizatsiyaga otishni, talimni gumanizatsiya va gumanitarizatsiyasi, milliy hamda umuminsoniy dunyo madaniyati yutuqlarini egallashni hisobga olgan holda, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi shunga qaratilgan.
Bu esa oz navbatida yosh kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish maqsadida talim-tarbiya jarayoniga yangiliklarni kiritishni talab qiladi.
Aytilganlar tola ravishda orta talim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji guruhlarida nemis tilini orgatish metodikasiga taalluqlidir. Bu yerda biz ikkita asosiy muammoni kozda tutamiz. Birinchi muammo shundan iboratki, madaniyatlararo muloqot jarayoniga turli darajada tasir etadigan tosiqlardan biri muloqotdagi madaniyatlarning oziga xos milliy xususiyatlari bolib, bu nemis tili va adabiyotini organishda ozbek oquvchi va talabalarga jiddiy qiyinchiliklar tugdiradi, bu esa albatta kerakli lingvistik va lingvodidaktik izlanishlar otkazishni talab etadi.
Ikkinchi muammo shundan iboratki, til talimi amaliyotiga yangi pedagogik texnologiyalar va talim vositalarini olib kirish davr talabiga aylanib bormoqda. Chunki, bugungi kunda til talimi jarayonida qollanilayotgan talim texnologiyalarining kop qismi va til materiallari (fonetika, grammatika, leksika) oquvchilarning madaniy tasarrufini shakllantirish uchun kerakli mamlakatshunos-likka oid matnlardan foydalanishni taqozo etmoqda.
Madaniyatlararo muloqot polifunktsional jarayonida eng muhim komponenti bu tildir, chunki xalqning tili uning ruhidir, va xalqning ruhi bu tildir va bundan yuksakroq tenglikni tasavvur etish qiyindir. Shu boisdan chet til talimida realiyalarni orgatish va bu orqali til organuvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash bitiruv ishimizning dolzarbligini isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |