Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш


I.2. Madaniyatlararo muloqot atamasining vujudga kelish va



Download 125,47 Kb.
bet5/15
Sana08.02.2023
Hajmi125,47 Kb.
#909391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Nemis tili darslarida madaniyatlar

I.2. Madaniyatlararo muloqot atamasining vujudga kelish va
rivojlanish tarixi
Madaniyatlararo muloqotning bugungi kun tilshunosligining dolzarb masalalari bilan bog’liq tomonlari.
Jahon tilshunosligida til va undan foydalanuvchilar o`rtasidagi aloqadorlik (lingvopragmatika)ga bo`lgan e`tibor har qachongidan ham ortdi. Natijada tilni quyidagi uch birlik asosida tadqiq etish bugungi kun tilshunosligining eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi:

Insonning jonli nutqini bunday aspektda o`rganish jarayonida etnolingvistika va uning zaminida hosil bo`lgan lingvokul’turologiya (lingvomadaniyatshunoslik) kabi soha va yo`nalishlar yuzaga keldi. Lingvomadaniyatshunoslik tilshunoslikning yangi yo`nalishi bo`lishiga qaramay, o`z navbatida uning ham yangi tarmoqlari: frazeologik lingvomadaniyatshunoslik, kotseptologik, leksikografik, lingvodidaktik lingvomadaniyatshunoslik kabilar paydo bo`ldi. Bularning hammasi insonning jonli, amaldagi nutqini o`rganishga qaratilgan.


Dunyo xalqlari o`rtasida turli sohalarda o`zaro hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotganligining o`zi ham tilshunoslikning bu kabi yangi soha va yo`nalishlarini taqozo etmoqda. CHunki har bir millat va elatlarning o`ziga xos, hech kimnikiga o`xshamaydigan muloqot me`yorlari mavjudki, bularni bilmay turib turli mamlakat xalqlari o`zaro muloqotga kirisha olmaydilar. Aynan shuning uchun ham chet tillarini yoki bir tilda so`zlashuvchi turli hududlarda yashovchi kishilar muloqot xulqini o`rganishda ularning o`ziga xos tomonlarini bilishni davring o`zi taqozo etmoqda.
Madaniyatlararo muloqot har bir chet til darsida solir bo`ladi. Unda madaniyatlar qiyoslanishi mumkin. Bu jarayonda ma`lum bo`ladiki, dialektni o`rganish jamiyatning boshqa a`zolaridan o`z tillari jihatidan ajralib turuvchi ijtimoiy guruhlar nutqiy odatlarini o`rganishga qaratilganligi, biroq ko`pchilik sotsiolingvistlar uchun o`z sohalarini dialektologiya bilan chambarchas bog’liq holda tasavvur etishlari kuzatiladi. Shu o`rinda aytib o`tish kerakki, o`zining asosiy qiziqishi nuqtai nazaridan dialektologiya zamonaviy sotsiolingvistikadan keskin farqlanadi.
Dialektologiya va sotsiolingvistika yana bir o`rinda - tahlil ob`ektining dastlabki birligini tanlashda bir-biridan farq qiladi. Dialektologiya til va dialektlarni yaxlit tizilmalar sifatida talqin qiladi. Bu tizilmalar o`rtasida aslida aniq ko`zga tashlanadigan ajratuvchi chiziqlar bo`lishi kerak: izoglosslar, ya`ni lingvistik xaritada til xususiyatlari bir xil bo`lgan aholi punktlarini birlashtiruvchi chiziqlar mazkur talqinga aniq qaram bo`ladi.
Sotsiolingvistika esa, diqqat-e`tiborni ijtimoiy guruhlar va ular tomonidan foydalaniladigan tilning o`zgaruvchan birliklariga qaratishga, bu o`zgaruvchan birliklarni ijtimoiy fanlarning: yosh, jins, ma`lum bir ijtimoiy-iqtisodiy sinfga tegishlilik, hududiy katta guruh, maqom va shu kabi an`anaviy demografik birliklar bilan bog’lashga urinadi. SHuningdek, keyingi paytlarda til formalari va ijtimoiy funktsiyalar o`rtasidagi munosabatlarni mikro (tor) darajada, ya`ni guruh ichidagi interaktsiyada, til va ijtimoiy kattaroq masshtabdagi funktsiyalarni kattaroq makro darajada, ya`ni guruhlar o`rtasidagi interaktsiyada belgilashga urinishlar ham bo`lmoqda. SHu bilan bir qatorda dialektologiya sohasida yo`l qo`yib kelingan kamchilik va nuqsonlar, jumladan, faktlar yig’ishga ortiqcha berilib ketish oqibatida yuz bergan nazariyasizlik uzoq davom etganligini achinish bilan qayd etadi. Bizga tilshunoslik fanidan ma`lumki, muloqot jarayoni nafaqat dialektga, shu bilan birga mentalitetga ham bog’liqdir.
Shu nuqtai nazardan, geografik muhitning ijtimoiy hayotdagi rolini va muloqot jarayoniga ta`siri qadimgi grek olimlari Demokrit, Gippokrat, Geradot, Polibiy, Strabon, nemis olimi Humbolt, o`rta asr Sharq faylasuflari ibn Sino, Navoiy, Bobur va boshqa ko`plab mutafakkirlar o`z asarlarida alohida ta`kidlaganlar.
XIX asrning o`rtalariga kelib, XVIII asrda fransuz mutafakkiri SH. Monteske tomonidan har bir mamlakatning geografik muhiti uning axloqi va qonunlarini belgilaydi, degan ta`limoti qaytadan tiklanib, ijtimoiy-siyosiy qarashlarda o`z ifodasini topa boshladi. XX asr boshlarida geografik maktab yo`nalishlaridan biri sifatida Amerikada vujudga kelgan environmentalizm (inglizcha-muhit) ta`limotining ko`zga ko`ringan vakilaridan biri E. Xatington ham iqlim aholining sog’ligiga, jismoniy va axloqiy faoliyatiga, mehnat unumdorligiga ta’sir qilishini alohida ta`kidlaydi.
Atrof-muhitning va millat-elatlarning insonga ta`siri masalasiga bo`lgan e`tiborning ortib borishi asta-sekin “Madaniyatlararo muloqot” degan maxsus fanni vujudga keltiradi. 1921 yili amerikalik olim Xoll tomonidan ilk bor qo`llanilgan “Madaniyatlararo muloqot” dastlab sotsiologiyaning ajralmas qismini bildiruvchi atama sifatida tushunilgan bo`lsa-da, keyinchalik bu nom ostida maxsus fan shakllanib, u bilan nafaqat sotsiolingvistika sohasi xodimlari, balki pedagogika, tilshunoslik va bugungi kunga kelib iqtisod va huquq sohasi mutaxassislarini ham shug’ullana boshladilar.
«Madaniyatlararo muloqot» tushunchasi hozirgi kunga kelib pedagogik, psixologik, didaktik adabiyotlarda ko`p uchraydigan, qo`llaniladigan atamaga aylanib bormoqda. Bu sohalarning har biri madaniyatlararo muloqot fenomineni turli tomondan, turli nuqtai nazardan tadqiq qiladi, o`rganadi. Shu bois ham «madaniyatlararo muloqot» tushunchasi zaminidagi ma`no biroz o`zgarishi, bir-biridan qo`llanish jihatidan farq qilishi mumkin. Ta`limshunoslik (Lingvodidaktika) sohasida ham «madaniyatlararo muloqot» tushunchasi o`z xususiyati va o`rniga egadir.
Madaniyatlalaro muloqot (nem. Interkulturelle Kommunikation, ing. Culturell communikation, rus. Mejkul’turnaya kommunikatsiya) tushunchasini ilmiy jihatdan to`g’ri tasavvur etish uchun «Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti» [179:105;184:33] deb atalib kelinayotgan yangi sohaning lingvistika, filologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika, psixologiya, sotsio-, psixo-, etnolingvistika fanlari bilan aloqasini o`rganish va ular qatorida tutilgan mavqeyini aniqlash muhim sanaladi. Hozirgi kunga kelib chet tillarni madaniyatlararo muloqot nazariyasi prizmasidan o`tkazib o`rganish/o`rgatish ijobiy natijalarga olib kelayotganining guvohi bo`lishimiz mumkin.
Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti yangi ilmiy soha hisoblanib, bugungi kunga kelib lingvistika, pedagogika, psixologiya, sotsiolingvistika va lingvokulturologiya fanlari bilan uzviy aloqada o`zining mukammal ta`limotini barpo etmoqda.
Bir qator olimlar madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti sohasini germanistikaning maxsus bo`limi deb hisoblasalar [184:10-13], boshqa bir guruh olimlar fikricha uni pedagogika tarkibidagi maxsus bo`lim deb e`tirof etish to`g’ri bo`lar ekan [174:111].
V.P.Furmanovaning fikricha madaniyatlararo muloqot muomala jarayonida madaniyatlarning yaqinlashuvi, bir madaniyat rakursidan madaniyatlarni solishtirish, qiyoslash rakursiga o`tishdir [135:100]. Chunki, bu jarayonda nutqiy muloqot turli madaniyat va tilga mansub kishilar o`rtasida sodir bo`ladi. Muloqot jarayonida ular bir-birlariga, «begona», «notanish» ekanliklarini his qilib turadilar[143:17].
Bir mamlakatda turli madaniyat vakillarining inoq va tinch-totuv yashashlari haqida D. T. Mal’tseva shunday yozadi: «Ta`lim sharoitida o`quvchilarni madaniyatlararo hamkorlikka tayyorlash, ularga madaniyatlararo muloqotni o`rgatish birinchidan, xorijiy tildagi kodlarni o`zlashtira olish uchun nutq faoliyatiga oid ko`nikma va malakalarni takomillashtirish, ikkinchidan, turli madaniyatga mansub kommunikantlar bilan uchrashganda, ularning madaniyatini tushunishlari uchun suhbatdoshining madaniyati bilan yaqindan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Xorijiy til va begona madaniyatni o`rganish o`quvchilarning dunyoqarashini kengayishiga, til boyligini boyishiga katta xizmat qiladi» [88: 5-7].
I. I. Xaleyeva madaniyatlararo muloqot «turli madaniyatga va tilga mansub kishilarning o`zaro hamkorligining spetsifik yig’indisi» - deb e`tirof etadi. Olimaning yozishicha sheriklik, hamkorlik jarayonida turli madaniyatga mansub kishilar bir-birlarining nafaqat madaniyatlaridagi farqni bilib, his qilib qolmay, balki, bir-birlariga «begona» «yot», «notanish» ekanliklarini ham his qilib turar ekanlar [146:22].
Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti sohasi aynan mana shu kommunikantlar o`rtasidagi bir-biriga nisbatan odatiy bo`lmagan g’ayritabiiylikni yo`qotish, olib tashlash muammolari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borishni o`zini oldiga maqsad qilib qo`yadi. Chet til darslari orqali o`quvchilarni madaniyatlararo muloqot jarayoniga tayyorlar ekanmiz, o`rganilayotgan xorijiy til, yangi madaniyat ularning nafaqat dunyoqarashiga shu bilan birga bilim, idrok, xotiralarini kengaytirishga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi deb hisoblaymiz.

Download 125,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish