ERAZM ROTTERDAMSKIY (1469-1535)
(Rotterdamlik Erazm)
Nemis gumanizmi tarixida D.E.Rotterdamskiyning alohida o’rni bor. Asli Niderlandiyalik Erazmning ma’naviy kamoloti G’arbiy Yevropa, qisman Germaniyada yashagan davriga to’g’ri keladi. U qadimgi klassik tillar, antik madaniyatning ajoyib bilimdoni edi. U o’z ijodida bu madaniyatni uzluksiz targ’ib etdi. Erazm ko’p sonli asarlarida obskurantizm ustidan kuldi, gumanistik qarashlarning keng yetilishiga munosib hissa qo’shdi. O’zi zamondosh bo’lgan voqelikka Erazm gumanistik ma’rifat kishisi pozitsiyasidan baho berdi, ezilgan xalq taqdiriga achinish bilan qaradi. Erazm Rotterdamlik Geraldni g’ayriqonuniy o’g’li bo’lib, maktabda asosan klassik tillarni o’rganish bilan shug’ullandi, ko’p yillarni monastr dargohida o’tkazdi. So’ngra u Parijda universitet talabasi sifatida filologiya bilan shug’ullandi. Ish qidirib Yevropaning bir qancha shaharlarini darbadar kezdi.
1500 yilda Erazm lotin tilida antik yozuvchilar asarlaridan olingan maqol va matallar to’plamini chop ettiradi, keyinchalik bu kitob to’ldirishlar bilan bir necha bor qayta e’lon qilinadi. U antik avtorlar ijodining bilimdoni sifatida e’tirof etiladi. Yevropaning ko’pgina gumanistlari bilan do’stona aloqalar o’rnatadi.
U Tomas Mor bilan xat orqali aloqalar o’rnatadi. 1506 yili u Yevropa gumanizmining beshigi Italiyaga boradi, italyan kutubxonalari arxivlari bilan tanishib qadimgi grek va lotin tilidagi noma’lum qo’lyozmalarni o’rganmoqchi bo’ladi. U Italiyada butunlay qolish va xudojo’ylik ilmini ham kengaytirish imkoni bor edi. Unga daromadli va o’sha davr uchun faxrli cherkov martabasini egallash imkoni yaratildi. Lekin Erazmga ilmiy faoliyat uchun erkinlik zarur edi. Shu sababli u cherkov martabasini rad etdi.
1509 yilda Erazm Angliyaga boradi. Yo’l-yo’lakay u o’ziga jahoniy shuhrat keltirgan “Nodonlikning ardoqli so’zi” («Похвальное слово глупости») asarini yozadi. U “Evangeliya” ning grek tilidagi tanqidiy tekstini tayyorlar ekan, o’z filologik va teologik imkoniyatlarini namoyish etadi. Shunigdek, u xristianlikning ilk davrida yashagan katolik avtorlarining asarlarini sharhlash va nashrga tayyorlashga ko’p kuch sarf qildi. Ularnig ijodini tahlil etar ekan, Erazm o’zi zamondosh bo’lgan katolik cherkovi soddalik va samimiylikdan mahrum bo’lib, “cherkov otalarining vasiyatlari”ni buzayotganliklarini alohida ko’rsatdi. Shu yo’l bilan u reformatsiyani tayyorlayotgan edi.
Angliyada yashar ekan, Erazm Oksford universitetida din ilmidan va grek tilidan dars berdi.
1514 yildan boshlab u asosan Bazelda izzat-ikromda yashadi. Uning ovoziga Yevropaning barcha gumanistlari quloq tutar edilar. Uning asarlari o’sha davr uchun katta tirajlarda tarqalar edi. Uning asarlari sxolastikaga qarshi tanqidiy munosabatni kuchaytirar, insonlarga muhabbat, bilim va ozodlikka intilishni tarbiyalar edi. Lekin reformatsion harakat boshlanganda Erazm unga o’ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ldi.
1524 yilda „Erk erkinligi haqida suhbat“ («Беседа о свободе воли») nomli traktat yozib, unda shaxsning ilohiy kuchlar quli (bandasi) bo’lmay, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi haqida yozadi.
Luter bilan bahsda gumanist sifatida ko’r-ko’rona ishonchdan tanqidiy tafakkurni, idrokni afzal ko’radi. Keyingi avlodlar hayotiga u o’zining ikki asari „Nodonlikning ardoqli so’zi“, „Oddiy muloqotlar“ (разговор запросто) nomli satirasi bilan kirgan. „Nodonlikning ardoqli so’zi“ hazil ohangida yozilgan bo’lib,ijtimoiy hodisalarni tahlil qilar ekan, nodonlikni gapirtirib, uning voqeilikda juda katta mavqei borligini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Bu bilan Erazm zamonasining ko’pgina chirkinliklarini fosh etib, ular ustidan kuladi. U o’z asarlarida inson hayotidagi hissiy bilish ibtidosining ahamiyatini ta’kidlaydi. „Agarda inson emotsional stixiya ixtiyorida bo’lmaganida edi, deb yozadi, inson zoti davom etmagan bo’lardi, xuddi shunday demoqchimisiz? O’zim ham shunday deb o’ylovdim. Hech qaysingiz fikrimga qo’shilmaydigan axmoqlardan emassiz. Agar hayotga bir chimdimgina nodonlikni omuxta qilinmasa, unda g’am-anduh, zerikish, azob-uqubatlarni o’zi qolmaydimi?“. (XII)
Bu fikr bilan Erazm bizga Renessans (Uyg’onish davri) kishisi, buyuk hayotsevar stoizm, va asketizmni ko’rishga toqati yo’q kishi sifatida namoyon bo’ladi. U hayotni sevadi va uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishni xohlaydi. Uyg’onish davrining buyuk olimi sifatida fanga fidoiylikni qadrlaydi, lekin bir tomonlama berilishni yoqlamaydi.
Erazmning achchiq satirasi mehnat qilayotganlarga qaratilmagan bo’lib, mehnat ahli haqida u hamdardlik ohanglarida yozadi.
“Ardoqli so’zlar” asari insonga, xalqqa muhabbat bilan yo’g’rilgan Erazm o’z g’azabini aqllilik, fan va hayot dushmanlariga qaratadi. Uning kitobining ommaviyligi va Reformatsiyani tayyorlashdagi rolini shu bilan izohlash o’rinli. Erazmning “Adagiya” asari zamondoshlari orasida mashhur edi. Mazkur hikoyatlarning ayrimlari batafsil sharhlarga ega bo’lib, oshkora publisistik xarakter kasb etar edi. Masalan, suhbatlardan birida burgut og’u tashuvchi, sukunat va osoyishtalikni buzuvchi, janglar va qaroqchilik uchun tug’ilgan “qush” sifatida tasvirlanadi. U o’zi zamondosh bo’lgan hokimlarda “burgutnamo” qiliqlarni, ya’ni, o’ziga qaram bo’lgan oddiy xalq osoyishtaligini qanday buzishlarini yaqqol ko’rsatadi.
1518 yilda Erazmning suhbatlar tarzida yozilgan “Oddiy muloqotlar” kitobining birinchi nashri e’lon qilinadi. Bu kitob turmush mavzulariga bag’ishlangan turli suhbatlardan tashkil topgan bo’lib, turli tabaqa va yoshdagi, turli kasb-kor va manfaat egalari o’zaro suhbat quradilar. Natijada Germaniya va uning axloqiga dahldor ichki manzaralar chiziladi. Erazm xo’jayin va qarol munosabatlari, o’rta asrlardagi o’qitish sistemasini , ruhoniylarning daromad dardidagi tashvishlari haqidagi suhbatlar orqali o’sha davr voqeiligini jonlantirmoqchi bo’ladi. Shuningdek, u ushbu asarda sevgi va oila mavzusiga katta e’tibor beradi; xiyonatkor zayollar va erkaklar haqida yozib, sog’lom va sadoqatli, o’zaro hurmat va sevgi asosida qurilgan oilani himoya qiladi. Har doimgidek,Erazm monaxlar ustidan kuladi, cherkov aqidalarini tanqid qiladi. Kitobda Erazm ideali Yevseviy obrazi talqini orqali beriladi. Asar qahramonining shahar chetidagi ajoyib uyi, bo’g va polizi bo’lib, bo’g va poliz ne’matlari umum ixtiyorida, deydi u. Bog’ning beshigi beva-bechoralar uchun har doim ochiq va tundagina bekiladi. O’z xarajatlari evaziga bo’lsa ham, yetim- yesirlar ko’nglini olsa bas. Bu bilan u kishilar qashshoqligining oldini olmoqchi bo’ladi. Yevseviyning ajoyib kutubxonasi bo’lib, o’z tanholigini kitoblar bilan mashg’ul bo’lishga, do’stlar bilan suhbarga bag’ishlaydi. Bu utopiyada Erazmning kuchli va kuchsiz tomonlari namoyon bo’ladi. Uning kamchiligi zamon kurashlaridan o’zini chetga olish bo’lsa, dahshatli voqeilik- ruhiy erkinlikka tashnalikni ruhiy teng huquqlilikni, sharoitga moslashmaslik kabilarga intilishi uning kuchli tomonlari edi.
Garchi asarlarida qahramonlar tanholikka intilsalar-da, yozuvchining shaxsiy hayoti sira tanholikda kechmagan. Yozuvchining hayoti uzluksiz kurashlar bilan to’liq bo’lib, insoniyat xotirasida Erazmning o’zi ozodlik uchun kurashchi sifatida saqlanib qolgan.
5- MA’RUZA
Reformatsiya davri adabiyoti
5.1 Katolik cherkovi va siyosiy parokandalik
5.2 Nemis reformatsion harakatida uch yo’nalish
5.3. M. Luter va katolik cherkovi
5.4. T.Munser va dehqonlar harakati
Tayanch so’z va iboralar
Katolisizm
Burgerlik
Protestantizm
Anafema
Didaktikm janr
Saksoniya idora tili
Do'stlaringiz bilan baham: |