Nemis adabiyoti tarixi



Download 148,01 Kb.
bet10/23
Sana20.07.2022
Hajmi148,01 Kb.
#825670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
NEMIS ADABIYOTI TARIXI

HANS SAKS (1494- 1576)

H. Saks uyg’onish davri nemis burgerligining yirik shoiridir. U o’rta asr Germaniyasining eng ravnaq topgan shaharlaridan biri Nurenberg shahrida tug’ilgan. Shoir juda ko’p fanlar bo’yicha saboq oldi. Keyinchalik kosiblikka o’rgana boshladi. Saksda badiiy ijodga qiziqish juda erta boshlandi. U yoshligidayoq maysterzingerlar ijodining asoslari bilan tanishadi. Maysterzang- kosiblar san’ati bo’lib, hayot bilan chambarchas bog’liqdir. Maystersingerlar o’z davralariga faqat kosiblar tabaqasigagina mansub kishilarni kiritganlar. Saksning ijodi haqqoniy hayotiy voqealarga boy. Uning asarlarida real hayot o’zining mohiyati sotsial qarama-qarshiliklari bilan namoyon bo’ladi.


“Raqsdagi shayton” qo’shig’ida didaktizm elemenlari kuchli bo’lsa ham, uning asosiy qimmati hayot haqiqatiga yaqin detallarda fosh etuvchilik nagruzskasiga ega bo’lgan. Do’zaxni tark etgan shayton yerda, xoliroq joyda oz bo’lsa ham dam olishga qaror qiladi. Qarasaki, bu yerda ham tinchlik yo’q. U paydo bo’lgan qal’ada mayxo’rlik, amaldorga sajda qilish, xoinlik va boshqalar avjida. Saks bu asari bilan o’quvchini feodal tuzumga tanqidiy munosabatga tayyorlaydi. O’z hisobiga ko’ra Saks maysterzang uslubida 4000 ortiq qo’shiq bitgan. Lekin ularni avtor o’z to’plamlariga qo’shmagan.
Aftidan u bu qo’shiqlarni o’z ijodiy merosining sara qismi, deb hisoblamagan bo’lsa kerak.
Germaniyada reformatsiya boshlanganda Saks jur’at bilan Luterni qo’llab chiqdi. Luterning papaga, katolik cherkovga qarshi chiqishini Saks bulbulning sayrashiga qiyoslaydi va kunni ulug’lab, tunning tamom bo’lganligini yozadi. Bulbul kuyi sherni(papani), zaharli ilonlarni (monaxlar), ochko’z bo’rilarni (ko’p sonli poplar to’dasi) g’azabga keltiradi.
Saks Luter ta’limotining g’olib kelishiga ishonadi.
Saksning sevgan janrlaridan biri shvanklar edi. Turli- tuman mavzudagi uyg’onish davri burgerlik hayotining chinakam ensiklopediyasi bo’lgan bu asarlarda burgerlik turmush-tarzi, er va xotin, ota-ona va bolalar, xo’jayin va xizmatkorlar, usta va shogirdlar munosabatlari o’z ifodasini topgan.
Saksning shvanklari bir xil sxemada qurilgan bo’lib, dastlab yozuvchini bezovta qilgan hodisa bayon etiladi, so’ngra ibratomuz baho beriladi. Masalan: yetti ayol buloq bo’yida to’planib, o’z erlari ustidan shikoyat qila boshlaydilar. Birining eri xotiniga sodiq emas, ikkinchisining eri xasis, uchunchisiniki- dangasa, to’rtinchisiniki esa aroqxo’r va hokazo. Saks ularning g’azabini qo’llab- quvvatlamaydi, ularga xayri-xoh emas, bunday qilish alangalangan alamzadaliklariga kerosin sepish bilan barobar bo’lar edi. Ayollarni diqqat bilan tinglab, shu zahotiyoq erkaklarga so’z beradi. Erkaklarning ham o’zi jufti halollari haqida o’z gaplari bor. Saks tarbiyaviy tadbirlarni tavsiya etadi.
Saks ijodida eng keng tarqalgan mavzu ishyoqmaslikni fosh etishdir. “Ishyoqmaslar mamlakati” satirasi shunday asarlardandir. Bu asarda ma’murlikdagi o’lka tasvirlanib, bu o’lkada mehnat qilish shart emas, uylar piroglardan qilingan, tomlari chalpaklar bilan yopilgan, sosiskalar bilan o’ralgan, ko’chalarida qovurilgan tovuqlar va g’ozlar yurishadi. Bu mamlakatda eng ishyoqmas kishi mukofotga sazovordir. Mehnatsevarlikning obro’si bir chaqa. Saks o’z asarida hukmron sinflarning sotsial paratizmiga bolta urib, mehnat ahlini sharaflaydi.
Hans Saks dramaturg sifatida ham mashhur edi. U ko’plab festnaxshpiel4 asarlarining avtoridir. O’zining eng yaxshi shvank va festnaxspiellarida hayotni haqqoniy tasvirlaydi. “Jannatdagi shogird” (Школяр в раю) asarida dehqoncha nodonlik, soddalik satiraga olinadi. Shogirdning nayrangiga laqqa tushgan dehqon ayol dunyodan ko'z yumgan erining u dunyoda muhtojlik ko'rmasin, deb topgan-tutganini shogirdga tutqazib yuboradi. U o’ziga kelganda shogird juftakni rostlab qolgan edi.



Download 148,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish