7-MA’RUZA
XVII- ASR NEMIS ADABIYOTI
7.1. Hans Grimmelshauzen “Simplisismus” muallifi
7.2. Martin Opis va uning nemis she’riyati haqidagi kitobi
7.3. Andreas Grifius shoir va dramaturg sifatida
Tayanch so’z va iboralar
Barokko
Klassisizm
Didaktik va bayoniy poema
Sindik
Maishiy drama
XVII ASR NEMIS ADABIYOTI
XVII – asrda Germaniya iqtisodiy va siyosiy tanazzul holatiga tushib qolgan edi.
Yaqinginada Germaniya orqali o’tgan va mamlakat xo’jaligiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, endi bu yo’llar boshqa mamlakatlar orqali o’tib, Germaniyada savdo, iqtisod va boshqa sohani turg’unlikka olib kelgan edi.
Yevropaning qator mamlakatlarida bu davrda miliy davlatlarning shakllanishi nihoyasiga yetgan bir paytda Germaniyada yirik feodallar hukmronlik qilgan feodal parokandalik avjiga chiqqan krepostnoylik munosabatlari kuchaygandan kuchaygan edi.
Nemis xalqining qashshoqligi ayniqsa 30 yillik urush paytida (1618-1648) Germaniyaning tinka madorini quritgan edi. Shu paytda Germaniya aholisining to’rtdan uch qismidan qirg’in – barot urushi tufayli mahrum bo’lgan edi.
Bu tabiiyki, nemis madaniyatini ravnaq toptirishga salbiy ta’sir ko’rsatgan edi. Kutubxobnalar o’g’irlangan yoki o’t qo’yilgan, universitetlar vayron etilgan yoki yopilgan edi. Germaniyaning eng peshqadam kishilari ham mamlakat porloq kelajagiga shubha bilan qarar edilar.
XVII asr nemis adabiyotiga ikki yo’nalish barokko va klassisizm keng tarqalgan edi. Ilgari “barokko” termini adabiyotshunoslikda qo’llangan bo’lsa, keyinchalik san’atshunoslikda ham qo’llanila boshlandi. Bu yo’nalish ziddiyatli bo’lib, bu oqimga tirli yo’nalishga mansub yozuvchilar kirar edi. Germaniyada nemis feodalizmining tanazzuli sharoitida vayron etuvchi urush tufayli bu yo’nalish yuzaga keldi. Barokko adabiyoti uchun ishonchsizlik, shubha, pessimistik kayfiyat, mistika xos edi. Bu oqimga mansub adabiyot vakillari asarlarida hayotning mo’rtligi, jaholatning hukmronligi, ijtimoiy illatga qarshi kurashning besamaraligi kuylanar edi. Barokko adabiyotining eng ko’p murojaat etgan mavzusi qiynoqli iztiroblar, shaytoniy mayllar, hayot bema’niliklari hisoblangan. G’oyaviy va badiiy qimmatga ega adaboyot bilan birga (Grifius, Mosherosh) barokkoda boshqa yo’nalishdagi adabiyot ham mavjud edi. Germaniyada feodal reaksiyasining kuchayishi saroy ahli didiga moslashtirilgan presioz adabiyotning paydo bo’lishiga olib keldi.
Sezen, Sigler, Loenshteyn o’z o’quvchilarini qayg’uli voqeilikdan chalg’itish yo’lidan bordilar. Ular asarlaridagi qahramonlarning g’aroyib sarguzashtlari, ermaklari bilan o’quvchi ongini band etmoqchi bo’ldi.
Bunday adabiyotning yirik vakillaridan biri Daniel Kospar Loenshtayn (1636-1683) “Arminiy va Tuspeldo” romanining muallifidir. Ammo Loenshteyn qahramonlari qadimgi germanlardan ko’ra XVII asr oqsuyaklariga o’xshab ketadilar.
Loenshteyn, shuningdek, turli qo’rqinchli tafsilotlarga urish, o’ldirish, qiynoqlarni aks ettirgan tragediyalar muallifi hamdir.
Voqeilikdan ajratilgan bunday asarlarining antirealistik xarakteri muallifning konservativ qarashlari bilan bog’liq.
Ammo Germaniyada XVII asrda milliy fojeani chuqur anglagan va xalq bilan birga iztirob chekkan, o’zlaricha xalqiga ko’maklashmoqchi bo’lgan yozuvchilar ham bor edi. Bunday yozuvchilar qatoriga eng avvalo Grimmelshauzen, Grifius, Logau, Mosherosh, Opislarni kiritish va ularni nemis klassisizmning boshlovchilari deb atash mumkin.
Germaniyadagi klassisizm Fransiyadagi kabi ahamiyatli adabiy yo’nalish darajasiga ko’tarilmaganligining sotsial sabablari bor. Chunki nemis yozuvchilari
Knyazlar va monaxlardan ko’mak kutdilar. Nemis klassisizmining yirik namoyandalaridan biri Martin Opisdir. (1597-1639). O’ziga to’q burger oilasidan chiqqan Martin Opis saroy shoiri sifatida o’z faoliyatining katta qismini yirik knyazlar huzurida o’tkazgan. Nemis adabiyotining tanazzulidan tashvishga tushgan Opis uni qaytadan yuksaltirish yo’llarini qidiradi. O’zining asosiy nazariy risolasi “Nemis she’riyati haqida kitob” da (Buch von der deutschebn Poeterie- 1634) keng ko’lamda vatan adabiyotining keyingi taraqqiyoti muammolarini tahlil etadi. Bunda Opis fransuz adabiyotiga suyanadi. Opis ona tilining ravnaqi va boyishiga alohida e’tibor qaratadi. Chunki til she’riyat ravnaqining bosh omili, vositasi hisoblanadi. Uning fikricha, o’sha davrdagi nemis tili adabiy normativ til darajasiga ko’tarilgan emas, u deoliktizm va provinsializm qusurlaridan tozalanmagan. Opis yozuvchilarni o’z ifodaliligi bilan boshqa tillardan sira qolishmaydigan nemis tilida yozishga da’vat etdi. U til aniqligi va sofligi uchun kurashdi. M.Opis tomonidan amalga oshirilgan she’r islohi katta ahamiyat kasb etadi. U sillabo- topik she’r tuzish tamoyillari uchun kurashdi. Bu usul nemis she’ruyatida keyinchalik o’z ravnaqini topdi. Klassisizm tarafdori sifatida u adabiyotda qat’iy normalarga rioya qilish zarurligini uqtirdi. M.Opis yuqori janrlarda tragediya, epopiya va boshqalarda oddiy xalq ifodasi bo’lishiga qarshi edi.
Garchi Opisning fikrlari to’lasicha muvaffaqiyat qozonmagan bo’lsa ham uning faoliyati she’riyatning keyingi rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. M.Opis shoir sifatida xalq o’rtasida katta ta’sir va obro’ga ega edi. U qator kitobiylik va sun’iylikda holi bo’lmagan didaktik va bayoniy poemalar muallifidir. “Urush azoblariaro taskin qo’shiqlari” 30 yillik urush voqealariga avtor munosabati edi. U mazkur asarida o’zi ko’rgan, boshidan kechirgan urush azob va qiynoqlari haqida yozadi. XVII asr nemis adabiyotidagi demokratik tendensiyalar iqtidorli klassist shoir Fridrix fon Lagau (1605- 1655) ijodida o’z ifodasini topgan.
Kambag’allashgan dvoryan oilasidan chiqqan shoir Germaniya peshqadam kishilari o’y-xayollarining ifodachisiga aylandi. U katta dadillik bilan urushni, Germaniya hukmron doiralarini keskin tanqid qildi. Beshafqat, keskin va epigramma janri uning sevimli janri edi. Umuman urush mavzusidagi asarlar Logau poetik merosining muhim qismi hisoblanib u janrlarda urushning insonga qarshi xarakterini qayd etib iztirob chekadi. Urush nafaqat vayronagarchilik, ma’naviy qashshoqlik, munosabatlar dag’alligini keltirib chiqaradi. Aniqlik, ixchamlik va ifodalilikni o’zida ifodalagan o’tkir ijtimoiy- siyosiy mavzularni yoritgan epigramma janrining nemis adabiyotida o’z o’rnini topishda F.Logauning xizmati beqiyos.
Buyuk nemis ma’rifatparvari G.E.Lessing XVIII asr o’rtalarida Logauning epigramma san’atini yuksak baholab, uni nemis adabiyoti klassiklari qatoriga qo’shadi va uning tanlangan epigrammalarini chop etib, uning she’riyatiga qiziqishni kuchaytirdi. “Eng yangi adabiyot haqida maktublar” asarida Lessing F.Logauning vatanparvarligi, shoir satirik sifatidagi fuqarolar nafasi uning poetik san’ti haqida juda iliq satrlar bitgan, nutqning ravonligi ifodali va ta’sirchanligini alohida qayd etgan. Nemis tilining sofligi uchun sa’i- harakatidan mamnunligi ham “maktublar….”da ayricha uqtirilgan.
Lessingning aytishicha, Logau agar nemischa atama yoki tushuncha mavjud bo’lsa hesh qachon lotincha yoki fransuzcha so’zlarga murojaat qilmagan.
XVII asrda Yohan Mosheroshning satirik-didaktik axloqiy romani “Fillander fon Zittevald”ning g’aroyibva tabiiy qiyofasi(1640-1643) romani kitobxonlar davralarida mashhur bo’lgan. Bu kitobning muvaffaqiyatini shu bilan tasdiq etish mumkinki, mazkur roman bir necha bor qayta chop etilgan. Va hattoki xorijiy tilarga tarjima qilingan.
Roman voqealari dam yerda, dam do’zaxda sodir bo’’ladi, aytish mumkinki, yerdagi hayot do’zaxdagi hayotdan yengil emas.
Kitobxon ko’z o’ngida o’t qo’yilgan qishloqlar, kimsasiz vayronalar manzaralari gavdalanadi.
Avtor ta’kidiga ko’ra, mamlakatda hamma narsa oyog’i osmonda, ilgari odamlar shaytondan qo’rqsalar, endi shayton odamlardan cho’chiydi.
Zittevaldning eng qiziq va mohiyatli boblari Germaniyadagi 30- yillik urush voqealariga bag’ishlangan. Bu o’rinda satira o’ta o’tkir va shafqatsizdir. Shunga qaramay, romanning tili og’ir, matn ko’p sonli sitatalar, turli tillardan olingan ilmiy arboblar nuqtai nazarlari, manbalar, kitobiy uslub romanni o’qishni mushkullashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |