HANS GRIMMELSHAUZEN
H.Grimmelshauzen XVII asrning yirik adibi hisoblanadi. Uning hayoti va ijodi adabiyot tarixida yaxshi o’rganilmagan, tarjimai holiga dahldor ko’p tomonlar hozirgacha noma’lumligicha qolmoqda.
Grimmelhauzen o’z asarlarini turli taxalluslar bilan chop etganligi bois, bu kitoblarning haqiqiy mualliflari noma’lumligicha qolmoqda. Faqat XIX asrdagina uzoq izlanishlardan so’ng “Simplisismus” ning haqiqiy muallifi H.Grimmelshauzen ekanligi ma’lum bo’ldi. Adibning ota-onalari Shvarsvalddagi Gelnhauzen shaharining o’rta hol fuqarolari bo’lganlar. 30- yillik urush boshlarida u ota-onasidan ajralib yetim qolgan. 1634 yilda uning ona shahri imperiya qo’shinlari tomonidan talon-taroj qilinadi. Bo’lajak adib beixtiyor 30 yillik urush guvohi va ishtirokchisiga aylanadi. Urush nihoyasida 1648 yilda u xalq kitobi martabasida edi. Hech qaysi yozuvchi h.Grimmelhauzen kabi urush uqubatlari va azoblarini ko’rmagan, desak mubolag’a bo’lmas.
Grimmelshauzenning adabiy faoliyatining boshlanishi XVII asrning 50-60 yillariga to’g’ri keladi. U o’zining eng yaxshi asarlarida keng demokratik doiralarning orzu-umidlarini, urush tufayli hech vaqosi qolmagan fuqarolarning armonlarini aks ettirdi. U o’z davrining ijtimoiy-siyosiy masalalarini ko’tarib chiqishga o’zida jasorat topa oldi. U o’z asarlarini turli taxalluslarda bitdi.
Uning eng mashhur va yorqin asari “Nemis Simplisismusining sarguzashtlari” (Der abenteuerliche Simplicismus Deutsch 1668) romani bo’lib, uning ketidan “Kuraj”, “Girring Insfeld”, “Simplisismusning davomi” va boshqa asarlarini e’lon qildi. Ammo qayd etilgan ilk asarlaridan keyingilari g’oyaviy- badiiy jihatidan kuchsiz edilar. “Simplisismus” sahifalarida o’ttiz yillik urushning rutubatli, toptalgan, haqoratlangan Germaniya yorqin aks ettirilgan.
Boshqa qahramon Simpliziy taqdiri ana shu manzaralarda tasvirlanadi. Uning bolalikdan to ulg’ayguncha hayoti mungli ohanglarda chiziladi.
ANDREAS GRIFIUS (1616-1664)
XVII asrning yana bir yirik nemis shoiri va dramaturgi A.Grifiusning ijodiga muqarrar fojeaviylik xos xususiyatdir.
Postor (rohib) oilasidan chiqqan, yoshligi chegaralanganliklar bilan aloqador, ammo Hayden universitetida (Xollandiya) yaxshi tahsinga muyassar bo’lgan shoir bir necha xorijiy va klassik tillarni o’rgangan, dunyoqarashi keng iqtidorli kishi bo’lgan.1649 yildan to umrining oxirigacha Grifius o’z ona shahri Glagauda (Sileziya) sindik lavozimida (sex boshlig’I, gildiya starshinasi degani) ishlagan. Tabiatan ta’sirchan va haqiqatgo’y bo’lgan shoirga 30 yillik urush tufayli vayronaga aylangan o’z yurtining fojeali taqdiri og’ir kechinmalar tarzida qabul qilinadi. Shu bois hayot uning yuzida qiynoq va iztiroblardan tashkil topganday tasavvur qoldiradi. Yagona taskin uningcha shuki – foniy dunyo bu o’tkinchi va bir zumlikdir.
Grifiusning lirik poeziyasidagi pessimistik ohanglarning katta kuch bilan berilishi, uning syujetlari satira va epigrammalari XVII asr nemis she’riyatining cho’qqisi, deb e’tirof etilishishi ham shundan.
Mashhur “Oma yurt ko’z yoshlari” (Tränen des Volkerlandes 1636) syujetida tahqirlangan Germaniyaning ayanchli manzarasi berilgan bo’lib, bu tuproqda yong’in, ajal va qora bulutlar hukmron. Bu zaminda o’g’lonlarni o’lim kutadi, qizlarning nomuslari toptalgan.
Ammo Grifius lirikasi to’laligicha qora ranglarda desak uncha to’g’ri bo’lmas. Uning optimistik ohanglardagi she’rlari ham yo’q emas. Bunday she’rlarda baxt haqidagi tasavvurlariztirobva qiyinchiliklari haqidagi o’ylar bilan omuxta bo’lib ketadi. Grifius ijodiy merosining muhim qismini dramaturgiya band etadi. U 5 tragediya va 3 komediyaning muallifidir. Mazkur asarlarda ham lirikasida bo’lgani kabi voqeilikning pessimistik in’ikosi o’z ifodasini topgan. Grifius tragediyalari g’oyaviy va badiiy jihatdan qarama-qarshi munosabatlar ko’zga tashlanadi. Yozuvchi qisman klassisizm tamoyillaridan kelib chiqsa-da, ayni zamonda barokko adabiyotining kuchli ta’sirida bo’lgan. Uning IX asr Vizantiya tarixidan olib yozilgan “Lev Armani”(1646)(Leo Armnius) (Gurjistonli Yekaterina) (“Chatrina von Georgien” 1647) “O’layotgan Panonion” (Der sterbende Papinionus 1659) kabi tragediyalari, milliy kolorit va realistik tendensiyalar blian yo’g’rilgan komediyalar “Qovushmagan hazil yoki javob Peter Skvens”(Absurda comica, oder Herr Peter Sqwenz 1650) “Sevimli atirgul” (Die geliebte Dornrose 1660) suyulib tomosha qilingan asardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |