YOXANN GOTTSHED (1700 - 1766)
Nemis ma’rifatparvarligining tashabbuskorlaridan biri Yoxan Gottshed (Johan Christoph Gotsched) bo’lib, u Laypsig universiteti professori, yozuvchi va tanqidchi sifatida nemis adabiyotni jonlantirishga katta hissa qo’shgan ijodkordir.
Gottshed ratsionalist bo’lib, Volf falsafasining tarafdori edi. Mazkur falsafaga ko’ra aql ijtimoiy hayotni harakatga keltiruvchi, uni ma’rifatga yetaklovchi asosiy divigatel deb hisoblaydi. Gottshed byurgerlikni turli xalqlarning madaniy qadriyatlari bilan tanishtirish niyatida ozmuncha sa’i harakat ko’rsatmadi. O’sha davr madaniyat, san’at arboblari ichida Gottshed nemis adabiyotining chuqur tannazulini boshqalardan ko’ra aniq his eta olganligi bois til va adabiyotini sekin –asta isloh qilish niyatlari paydo bo’la boshlaydi.
Gottshedning adabiyot va teatr qarashlarining to’liq va sistematik bayoni uning “nemis poetikasining tanqidiy kuzatish tajribalari ” (Versuch Einer Kritistchen Dichtkunst von die Deutschen…730) asarida aks etgan. O’z asarida Gottshed klassisizm estetikasining e’tiqodli tarafdori va targ’ibotchisi sifatida yozuvchilar uchun zaruriy shart, qoida va asosiy tamoillarini belgilab beradi.
Gottshed poetikasi qatiy normative xarakter kasb etgan bo’lib, u bayon etgan qoidalar uning nazarida me’yoriy me’zonlar hisoblanib klassisizm na’munali avtorlari asarlarida tekshirilgan. Gottshed ana shu normalarga qat’iy amal qilishini talab qiladi.
Gottshed islohotlarining progressiv xarakteri, ayniqsa, til sohasida sezilarli bo’ldi. Gottshed yagona adabiy tilni yaratishga, Germaniya yerlaridagi til rang- barangligi g’oviga chek qo’yshga chaqirdi. Adabiy norma sifatida yuqori Saksoniyaning o'qimishli kishilar og’zaki nutqni taklif etdi. Gottshedning til sofligi, uni alektizmlar, varvarizmlar idora - byuratik leksikadan tozalash haqidagi takliflari teatr va adabiyotni isloh etish ishlarining asosiy qismi hisoblaadi.
U adabiyot va san’atning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish niyatida fuqorolik nafasini o’zida mujassamlashtirgan poeziya va drammaturgiyani targ’ib etdi. Ammo Gottshed tarixiy, milliy, demokratik an’analarni ahamiyatini tan olmaydi. U xalq teatrini ham ma’qullamaydi, uni qo’pol va qovushmagan , deb hisoblaydi. Unga X. Sons, hatto V.Shekspir ham yoqmaydi. Bundan bir tomanlama fransuz klassisizimining “namunali”asarlarga yo’naltirilgan Gottshedga nemis adabiyotining rivojlantirishda to’g’ri yo’l topishga xalaqit berdi. Shu sababli 60-70 yillarda nemis ma’rifatparvarligiga rahnamolik qilgan G.E. Lessing Gottshedga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. “O’layotgan Koton ” (Der sterbende Goto 1744) “Parijdagi qonli to’y” (Die Pariser Bluthochzeit 1744) va “Agis” (1745) ning muallifidir. Bu asarlar garchi klassisizm qonun qoidalari asosida yaratilgan bo’lsa-da, ulardagi badiiy mahorat uncha baland emas. Shunga qaramay “O’layotgan Koton” grajdanlik nafasi yuqori bo’lganligi bois tomoshabin e’tirofiga sazovor bo’lgan.
Rim hukmdori bo’lishga intilayotgan Yuliy Sezar bilan kurashda Koton mag’lubiyatga uchraydi. Sezarning g’olibligiga bo’yin egmagan Koton o’limni afzal ko’radi. Ma’rifatli manarxiya tamoyillariga moyil Gottshed o’z tragediyasida Katonning siyosiy ideallari mazmuniga o’z e’tiborini qaratmaydi, balki uning jasoratidan zavq oladi.
GOTHOLD EFREYM LESSING
Do'stlaringiz bilan baham: |