Harom yo'llar bilan to'qlaydi qornin.
Ko'ngligni yayratar ba'zi davralar,
Qurar suhbatlari ma'noli biram,
Diling xufton qilar ba'zi davralar,
Qolish hohlamaysan hattoki bir dam.
Odamlar aldaydi ko'zingga boqib,
Qilgan ishlaridan deysan alhazar,
Yurishar doimo niqoblar taqib,
Kutmagan paytingda zarar yetkazar.
Atrofingda ba'zan ko'payar yolg'on,
Haqiqat qani deb qilasan faryod,
Tog'ri yo'l topish bo'lmaydi oson,
Sinovlar domiga tashlaydi hayot.
Bunchalar qiyin bu dunyoni anglash...
"Sizni eslatib.."
Havo bulut. Zimiston bu tun,
Yurak buncha bòlasan mahzun,
Xotiralar jonlandi bugun,
Sizni eslatib yoģganda yomģir.
Do'stlaringiz bilan baham: |