Baģrini tiģlagan ona-yu zorlar,
Bugun ulģaygandur yetim farzandlar,
Xotira muqaddas, abadiy inson.
Qalblarni larzaga keltirgan urush,
Shaharlar vayrona aylagan urush,
Noming yangramagay, endi yòq urush,
Xotira muqaddas, abadiy inson.
Butun dunyolarga bòlganlar ibrat,
Har inson qalbida òzgacha hurmat,
Mardlik timsolidur hamisha, har vaqt,
Xotira muqaddas, abadiy inson.
"Sevgi sizga..."
Parchalanib bo'lgan bu yurak,
Tiklanmaydi endi hech qachon,
Ayting o'zi sizga ne kerak,
Azoblaysiz yana beomon.
Qo'lingizda tutasiz zahar,
Qutulaman balki shu bilan,
U dunyoga ketsam men agar,
Qutulasiz siz ham shu bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |