15 Rasm. Quduqni ishlatish grafigi.
Dщт – shtutserning diametri, mm; qв – suvning ulushi, %; pб – buferdagi bosim, MPa; qн– neftning ōrtacha debiti, t/k.
Uyumlarni ishlatishni boshqarish usullari. Uyumlarni ishlatishni
nazorat qilish har bir qatlam yoki qatlamning alohida uchastkalari
zaxiralarini ishlatish darajasi, uyumni suvlanish xarakteri va SNCh
ning siljishi hamda amalga oshiriladigan ishlatish tizimi natijasida
uyumlarda bōladigan barcha jarayonlarni ōrganish imkonini beradi.
Bularning barchasi qatlamdan bir tekis neft olish uchun ishlatishni
boshqarish bōyicha ōz vaqtida choralar qabul qilishga imkon yaratadi.
Qatlamlarni bir tekis ishlatishni ta’minlash uchun qatlamlar yoki
qatlamlarning qismlari bōylab alohida suv haydash, kam ōtkazuvchan
qatlamlarni haydovchi quduqlarda gidravlik yorish yoki qum-suyuqlik
aralashmali (peskostruynaya) perforatsiyalash, turli suv haydash
usullarini qōllash, qatlamlarni ajratib ishlatish, qōshimcha qazib
chiqarish quduqlarini burĝulash va boshqarish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |