Neft va gaz uyumlarini ishlatish holatini tahlil qilish. Qazib chiqarish, haydovchi, pyizometrik va nazorat quduqlarining tadqiqot natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish neft va gaz uyumlarini ishlatish holatini tahlil qilish va ularni samarali ishlatish bōyicha choralar qabul qilish imkoniyatini beradi. Bu ishni quduqlarda tizimli tadqiqotlar ōtkazish va neft, gaz va suv debitlarini qayd qilish asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Tadqiqotlar natijasida olingan barcha materiallarni tizimlash va tahlil
qilish uchun, quyidagi xarita va grafiklarni tuzish tavsiya qilinadi:
ishlatish xaritasi, joriy ishlatish xaritasi, izobar xaritasi, gaz omili
xaritasi, suvlanganlik xaritasi, alohida quduqlar bōyicha ishlatish grafigi,
uyumni ishlash grafigi.
Qatlamni ishlatish xaritasi reja – diagramma bōlib, unga qatlamda
burĝulangan barcha quduqlar tushirilgan, har bir quduq uchun esa
ishlatishning asosiy kōrsatkichlarini ifodalagan aylanma diagramma tuzilgan.
Har bir quduqdagi diagramma maydoni ishlatishning butun davri
maboynida qatlamdan jami neft va suv qazib chiqarishga ma’lum
masshtabda tōĝri keladi. Neft va suvning ulushi aylana maydonida
sektorlar bilan tasvirlanadi. Turli ranglar yoki shtrixlar bilan
quduqlarni ishlatish usullari kōrsatilishi ham mumkin: favvora,
nasosli, kompressorli. Haydovchi quduqlarda suv haydash
diagrammasi tuziladi. Reja diagrammada mos shartli belgilarda
ishlatishning boshqa kōrsatgichlarini ham kōrsatish mumkin.
Joriy ishlatish xaritasi ishlatish xaritasidan shu bilan farqlanadiki
uning diagrammalarida xaritani tuzish sanasidagi quduqlar debiti
tasvirlanadi (14 rasm). Ishlatish xaritasi davriy ravishda kvartalda bir
yoki bir yilda tuziladi.
Bu xaritalarda uyumning ishlatish holati, qazib chiqarish
quduqlarining maxsuldorligi va haydovchi quduqlarning qabul
qiluvchanligi, ekspluatatsion quduqlar fondining suvlanganlik darajasi
va boshqalar yaqqol kōrinadi.
Izobar xaritasi quduqlarda qatlam bosimini ōlchash ma’lumotlari
bōyicha tuziladi va qatlam bosimining tarqalish xarakterini nomoyon
qiladigan muxim hujjat hisoblanadi. Ularni har kvartalda tuzish
tavsiya etiladi. Turli sanalarda tuzilgan xaritalarni solishtirish bu davr
maboynida qatlamda bosimning anomal ōzgarishini aniqlash imkonini
beradi.
Gaz omili xaritasi qazib chiqarish quduqlaridagi ōlchov ma’lumotlari
bōyicha izogips chiziklarda tuziladi. Gaz omilining anomal kōrsatkich
zonalari uyumning qatlam bosimi tōyinganlik bosimidan pasaygan
qismlariga tōĝri keladi. Bunday zonalar mavjud bōlganda ularni
kengayishining oldini olish, keyinchalik ularni bartaraf qilish bōyicha
zarur choralar kōriladi. Bunga yuqori gaz omili bilan neft olishni
qisqartirish yoki quduqlarni ishlatishni tōxtatish va bu zonalarda
bosimini boshqarish maqsadida qatlamga suv haydashni kōpaytirish
bilan erishiladi.
Uyumni suvlanganlik xaritasi neftdagi suv tarkibini tahlil qilish
ma’lumotlari bōyicha tuziladi. Xaritani tuzishda suvlanganlik izogips
chiziqlari bilan foizlarda amalga oshiriladi. Uyumning suvlanganlik
xaritasida boshlanĝich va joriy tashqi va ichki suvlilik konturlari
tushirilishi lozim. Xarita kvartalda bir marta tuziladi. Ikkin-chi davr
oraliĝidagi xaritalarni kōrib chiqib, suvning nisbatan jadal
harakatlanayotgan yunalishini aniqlash va bu jarayonni boshqarish
bōyicha zarur tadbirlar qabul qilish mumkin.
Quduqlarni ishlatish grafigi tōĝri burchakli koordinatalar sistemasida
tuziladi. Ular neft yoki gaz qazib chiqarish, qatlam va quduq tubi
bosimi, suvlanganlik, gaz omili va boshqa kōrsatkichlarni vaqt
maboynida ōzgarishini ōzida nomoyon qiladi. (15 rasm). Bitta
chizmaga quduqni tahlili uchun zarur barcha ma’lumotlar egri
chiziqlar bilan tushiriladi. Bu maqsad uchun ordinata ōqi har bir
kōrsatkich uchun uzining shkalasiga ega bōladi. Bitta chizmada
tushirilgan egri chiziqlarni birgalikda kōrib chiqishda bir kōrsatkichni
ikkinchisiga boĝliq holda ōzgarishini aniqlash mumkin.
Uyumlarni ishlatish grafigi uyumni ishlatishning boshidan yoki qaysi
bir oraliq vaqtidagi ishini tavsiflovchi jami yoki ōrtacha kattaliklar
bōyicha tuziladi. Abstsissa ōqida yillar va oylarda vaqt tushiriladi,
ordinata ōqi bōyicha esa - jami va joriy neft va suv qazib chiqarish,
qatlam bosimi, suvlanganlik, gaz omillari va boshqalar.
Ishlatishni joriy tahlili bilan neft koni boshqarmasi shuĝullanadi.
Tahlil ma’lumotlar asosida ishlatish jarayonini boshqarish bōyicha
tavsiyalar beriladi.
14 Rasm. Joriy ishlatish xaritasi.
|
Quduqlar:1-qazib chiqarish; 2-haydovchi; 3-qatlam izogipslari; boshlangich neftlilik konturlari: 4-tashqi; 5- ichki; joriy neftlilik konturlari: 6-tashqi; 7-ichki; 8-suvning ulushi; 9-neftning ulushi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |