Neft va gaz konlari mashina va jihozlari


II ma’ruza.  QUDUQLARNI ISHLATISH  JIHOZLARI



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

II ma’ruza.  QUDUQLARNI ISHLATISH  JIHOZLARI    
 
Reja: 
         
2.1. Ishlatish quduqlari.  
 2.2. Ishlatish quduqlarining  yer usti jihozlari 
 2.3.  Ochiq  favvora  bo’lishi  oldini  olishda  qo’llaniladigan  quduq 
jihozlari  
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar:  
1. T.R.Yuldashev,  X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina 
va  mexanizmlari”  Qarshi.:  Qashqadaryo  kо‘zgusi  OAV  nashriyoti.  –
Darslik-2015 yil. 
 
2.  T.R.Yuldashev.  “Neft  va  gaz  konlari  mashina  va  jihozlari” 
Qarshi.: Uslubiy qо‘llanma. Qarshi -2015 yil 
 
2.1. Ishlatish quduqlari 
 
Neftgazqazib olish sanoatida quduqlarning inshooti har xil maqsadlar uchun  
mo’ljallanadi  va  ular  tuzilmali,  izlov,  qidiruv,  ishlatish,  haydovchi  va  maxsus 
turlarga bo’linadi. 
Ishlatish  quduqlari  orqali  neft,  gaz  yoki  gazkondensat  qazib  olish  amalga 
oshiriladi;  haydovchi  quduqlar  orqali  –  qatlamga  suv,  gaz,  bug’  haydaladi. 
Konlarni ishlatish jarayonida bir qator sabablarga muvofiq qazib oluvchi quduqlar 
haydovchi  quduqlarga  o’tkaziladi  yoki  teskari  holda  foydalaniladi.  Konlarda 
maxsus  mo’ljallangan  quduqlardan  konni  ishlatishni  nazorat  qilishda,  tuzilmali, 
kollektorlarning  xossasi,  qatlamdagi  issiqlikning  ta’sir  etishi  va  hakozolar 
aniqlashtiriladi. 
Ishlatish  quduqlari  inshootlarning  eng  muhim  qismi  hisoblanadi.  Ularning 
umumiy yig’indisi quduqlarning ishlatish fondini taqdim qiladi, bahosi zamonaviy 
konlarning  texnik  jihozlanishining  umumiy  70-80  %  ni  tashkil  qiladi.  Bunday 
quduqlarning  profili  quduqlarning  qazish  texnologiyasini  talabidan  va  ishlatish 
usulidan  kelib  chiqib  har  xil  bo’ladi.  Neft  va  gaz  qazib  olishni  jadallashtirish 
maqsadi  quduqlar  mahsuldor  qatlamning  ichiga  gorizontal  yo’nalishda  burg’ilab 
kiriladi.  Gorizontal  quduqlarni  burg’ilash  texnologiyasi  murakkab  va  narxining 
baland  bo’lishiga  qaramasdan  qazib  olish  debitining  yuqoriligi  tufayli  iqtisodiy 
samaradorligi yuqoridir. Quduqlarning profillari  2.1-rasmda ko’rsatilgan 2.1-rasm, 
a-tik, b-qiya quduq tubi tiklikdan bir oz egilgan. 2.1-rasm, b-dan kurinib turibdiki u 
uchta  uchastkadan  tashkil  topgan  –  tik,  o’tish,  maksimal  zenit  o’tish  burchakka 
mos keladi va quduq tubigacha qiya to’g’ri yo’naltirilgan. 
Profilda  2.1-rasm,  d-da  zenit  burchagi  kichik  uchastkaga  ega  ekanligi  bilan 
farq  qiladi.  Profil  (2.1-rasm,  e)  tik  uchastkaga  ega,  zenit  burchagini  olish 
uchastkasi, qiya-to’g’ri uchastka, zenit burchakni kamayish uchastkasi va pastki tik 
uchastkaga  ega.  Bu  profil  juda  murakkab,  quduq  stvolini  tikligi  bir  nechta 


 
15 
mahsuldor  qatlamlarni  kesib  o’tadi.  Profil  (2.1-rasm,  f)  qiya-to’g’ri  chiziqli 
uchastkani  mavjud  emasligi  bilan  farq  qiladi.  Profilda  (2.1-rasm,  g)  qiya-to’g’ri 
chiziqli  uchastka  mavjud  emas.  Har  bir  sxemalarda  ko’rsatilgan  ishlatish 
quduqlarining  profillari  quduqlarni  ishlatish  hususiyatlaridan  kelib  chiqib  jihozlar 
tushiriladi. 
Mahsuldor  qatlamning  drenajlashishini  yaxshilash  uchun  quduqning  tik 
qismidan qatlamga bir necha quduqlar burg’ilanadi, bunday quduqlarga ko’p tubli 
(yoki stvolli) quduqlar deyiladi. 
Ishlatish  quduqning  tartibli  sxemasi  va  uning  jihozlari  2.2-rasmda 
ko’rsatilgan. Quduq uchta asosiy uchastkalardan tashkil topgan – yer usti, stvol va 
filtr  va  har  biri  mos  ravishda  jihozlar  bilan  jihozlangan:  tizma  boshchasi  (1), 
yo’llanma  (2), konduktor (3), ishlatish tizmasi (4),  filtr (6). Quduqning eng pastki 
qismi  tubi  deyiladi.  Quduq  paker  yoki  ba’zida  qirquvchi-klapan  bilan  (5) 
jihozlanadi. 
Ishlatish qudug’ining stvol qismi konstruktiv mustahkamlash quvurlari bilan 
ta’minlangan va quvurning orqa qismi uchastkasi sementlangan bo’ladi. 
 
 
 
 
 

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish