Tuzli tog'jinslari
Tuzli jins guruhiga yoki evoporitlarga gidrokimeviy yul bilan xosil bo'lgan chukindi yotkiziklari kiradi. Bular sulfatlar, va natriy, kaliy, kaltsiy, magniy xloridlaridir. Tuzli jinslarining asosiy minerallari - galit NaCl silvin KS1, karnallit KOMgCl2 6H20, gips CaS04 2n20, angidrit CaS04, poligalit CaS04 MgS04 K2S04 2n20. Tuzli jinslarda kushimcha sifatida gilli materiallar, temir oksidi va sulfidi ishtirok etadi. Karbonatli minerallardan dolomit ishtirok etish mumkin.
Tuzli jinslar erning cho'kindi kavatini xosil bulishida katta axamiyatga ega. Ular proterozoydan xozirgi vaktgacha uchraydi. Tuzli jinslar uchun suvda va kislotalarda erish, anik; kristalik tuzilish, past kattiklik, ochik, rang– oq, rangsiz, och kulrang xavorangsimon kulrang va sargimtir kulrang, qisman qungir (temir oksidi xisobiga) xos. Jinsda sedimentogen mineralli skeletlar va organik moddalar yuq, ammo alloxton organogen materiallar uchraydi. Tuzli jinslar ichida keng tarqalganlari osh tuzi, silvinit (xlorid tuzlari), gips va angidritlar (sulfatlar).
Gipsli jinslar asosan gips mineralidan tashkil topgan bo'lib formulasi Saѕo4 2 H2O unda 32,5 % Sao, 46,5% So2 va 20,99 % H2O bor. Rangi oq pushti yoki sarg'imtir. Xromofor ishtirok etganda kulran, qo'ng'ir. Jins tuzilmasi mayda va o'rta zarrali tolasimon, chalqash tolali, yumshoq, tirnoq bilan chiziladi (qattiqligi 3, zichligi 2,3 g/ sm3 ). Gipsda qo'shilma sifatida gilli zarralar, dolomit, temir oksidi uchraydi.
Angidritli jinslar angidrit mineralidan tashkil topgan bo'lib formulasi Saѕo4. Kimyoviy toza angidrit 41,18% Sao va 58,82% So3 dan iborat. Angidritning rangi ochiq xavorangsimon - kulrang, kulirang – oq bazida qizg'ish – qo'ng'ir va qora. Uning zichligi gipsga ko'ra yuqori – 2,9 g/sm 3 qatiqroq tirnoq bilan chizmaydi. Angidritda g'ovaklar yo'q, ammo turli yo'nalishda fyudalar o'tkazishga qobiliyatli yoriqlar bo'lishi mumkin. Angidrit tuzilmasi chalqash tolali: jinsda qo'shilma sifatidaqisman qumli gilli materiallar, ba'zida yupqa zarrali dolomit, autigen kaltsit hamda natriy sulfatlari uchraydi.
Gipsli va angidritli jismlar bir biriga aylanishi mumkin. Bosim va haroratning ortishi natijasida 150 – 200 m chuqurlikda gipsning angidritga aylanishiboshlanadi. 700 – 800 m chuqurlikda gips butunlay angidritga o'tadi. Jinsning er yuziga yaqinlashishi natijasida teskari xolat ro'y beradi. Bunda jinsning hajmi 30 – 32 % ortadi. Angidritning gipsga aylanishi uzoq davom etadigan jarayon.
Osh tuzi (tosh tuzi) eng keng tarqalgan tuzli tog'jinsidir. Uni tashkil qiluvchi mineral galitdir (99 %). Aralashma sifatida gilli material, qum alevrit zarrasi hamda dolomit, angidrit va boshqa mineral ishtirok etadi. Rangi och kulrang oq, ba'zan qizil yoki ko'k. Jinsning tuzilmasi kristalli. Er yuziga yaqin kristallari kub, chuqurlashgan sari prizma yoki noto'g'ri shaklda bo'ladi. Zichligi past (2,2 g/sm3 ). Tosh tuzi yuqori o'quvchanlikka ega, shuning uchun yuqori bosimli erdan past bosimli erga xarakatlanishi mumkin. Osh tuzi qatlamsimon va linzasimon yotqizilishga ega. Uning qalinligi 2 kmgacha yotishi mumkin. Osh tuzi qatlamida boshqa jins qatlamchalari ya'ni gil, angidrit borat linzalari, hamda kaliy tuzlari uchraydi.
Silvinit kaliyli tuzlar orasida nisbatan kam tarqalgan jinsdir. Uni tashkil qiluvchi asosiy qismi silvin (15 – 50 %) va galit (25 – 75 %). Asosiy aralashmalar magni, kaltsiy sulfati hamda magni xlorid uchraydi. Ayrim turlarida gilli materiali (20 – 30 %) ishtirok etadi. Silvinitning rangi qizg'ish – qo'ng'ir ola bula (qizil, ko'k, oq dog'lar).Qizg'ish – qo'ng'ir silvinitlar yupqa qat – qat tuzilishga ega 1 – 4 sm li yupqa silvin va galit qatlamchalariqaytarilishi. Ola bula ranglisilvinlar massiv tuzilishga ega silvinit past zichlik ( ~ 2,2 g/sm3) va qattiqlikka ( 2,5) ega. Silvinitlar osh tuzi bilan almashinadi . jins achiq sho'r tamli bo'lib suvda tez eriydi. Ular linzasiman va qatlamsimon yotib, qalinligi 225 – m ga etadi.
Yuqoridagi tuzli jinslardan tashqari shu guruhga kiruvchi ammo kam tarqalgan karnalitli, bishofitli, poligalitli, glauberitli jinslar ham uchraydi.
Tuzli tog'jinslari yuqori mineralizasiyali dengiz hamda sho'r suvli qo'ltiq va ko'llarda tuzilishining cho'kindiga cho'kishi natijasida xosil bo'ladi. Suv havzalarida tuzlarning cho'kindiga cho'kishi uchun qulay sharoit issiq quruq kam yog'ingarchilik bo'lganda ro'y beradi. Suvning parlanishi natijasida uning sho'rligi ma'lum darajaga etadi, masalan Kaspiy dengizning sho'rligi 1,19% ni undan oziqlanadigan qor – Bug'ozgor qo'dtig'ining sho'rligi esa 30 %. 1 km qalinlikdagi tuzning xosil bo'lishi uchun 30 km qalinlikdagi suv parlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |