Neft va gaz kimyosi


Tabiiy gazlar tarkibidagi propan va butan fraksiyalarini gaz xromatografiyasi usulida aniqlash



Download 294,5 Kb.
bet3/8
Sana25.06.2022
Hajmi294,5 Kb.
#703423
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiiy gaz tarkibidan propan fraksiyasini ajratib olish (5)

2.2. Tabiiy gazlar tarkibidagi propan va butan fraksiyalarini gaz xromatografiyasi usulida aniqlash
Hozirgi paytda eng muhim xromatografiya usullari gaz-qattiq modda xromatografiyasi, gaz-adsorbsiya xromatografiya (GAX, bunda qо‘zg‘almas faza sifatida qattiq adsorbent ishlatiladi) va gaz-suyuqlik xromatografiyasi hisoblanadi (GSX, bunda qattiq sorbent donachalari yuzasidagi suyuqlik pardasi qо‘zg‘almas faza bо‘ladi).
Gaz xromatografiyasida tekshiriluvchi aralashmaning tarkibiy qismlari (komponentlari) gaz faza bilan qattiq yoki suyuq fazalar orasida taqsimlanadi. Gaz xromatografiyasida harakatchan fazani gaz yoki bug‘ tashkil qiladi.
Gaz xromatografiyasini о‘tkazishda ma’lum haroratgacha qizdirilgan tashuvchi gaz oqimiga tahlil qilinadigan namuna kiritiladi. Namuna tarkibidagi moddalar tashuvchi gaz oqimida bug‘lanib, termostatlangan, qо‘zg‘almas fazali (adsorbentli) kolonkaga kiradi. Kolonkadagi adsorbentda gazsimon moddalar aralashmasining kо‘p marta takrorlanuvchi adsorbsiya va desorbsiya (yoki suyuqlik pardasida erish va ajralib chiqish) jarayonlari sodir bо‘ladi. Bunda murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarga ajratilishi tekshiriluvchi moddalarning fazalar orasida tasimlanish koeffitsiyenti yoki adsorbsiyalanish koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Kolonkadan chiqishda aralashma alohida moddalarga ajralib, gaz oqimi bilan birga dektorga kiradi.
Har qanday gaz xromatografik kolonka (4- rasm) aralashma komponentlarini ajratilgandan keyin tutib qoluvchi moslamalardan iborat bо‘ladi.
Tashuvchi gaz ballondan reduktor orqali beriladi. Uning sarfi maxsus sarf о‘lchagich-rotamerlar yordamida aniqlanadi. Gazni namlik va boshqa aralashmalardan tozalash uchun kalsiy xlorid yoki silikagel tо‘ldirilgan shisha idish yoki U-simon naydan foydalaniladi. Ular dozatordan oldin joylashtiriladi. Namuna xromatografga maxsus dozatorlarda о‘lchab kiritiladi. Laboratoriya amaliyotida bu maqsadda maxsus shprislardan foydalaniladi. Katta hajmdagi gaz

4- rasm. Gaz xromatografiyasining chizmasi:
1- tashuvchi gazning doimiy oqim manbayi; 2- gaz oqimi rostlagich; 3-tekshiriluvchi namuna miqdorini о‘lchab kiritish uchun dozalovchi moslama (dozator); 4-termostlangan xromatografiya kolonkasi; 5-detektor; 6-о‘ziyorar moslama; 7-kolonkali isitish bloki.

namunasini kiritish uchun ajratuvchi buretkalar ishlatiladi. Xromatografda kiritilgan namunani tashuvchi gaz bilan birga kolonkaga kiradi. Gaz xromatografiyasida trmostatlangan tо‘g‘ri, U-simon va spiral shaklidagi kolonkalar ishlatiladi. Xromatografiyani tо‘g‘ri о‘tkazish uchun kolonkani adsorbent bilan bir meyorda yaxshi tо‘ldirish hamda haroratini о‘zgarmas holda tutib turish juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli xromatografik kolonka termostatlanadi.


Detektor gaz xromatografiyaning eng muhim qismi bо‘lib, u chiqish paytida gaz tarkibining о‘zgarishini sezadi va ma’lumotlarni qayd etuvchi asbobga uzatadi. Integral detektorning signali gaz oqimidagi modaning umumiy massasiga mos bо‘ladi. Detektordan aralashma komponentlari о‘tganda о‘ziyorar moslamaning perosi siljib, pog‘onalar chiziladi.
Gaz-suyuqlik xromatografiyasida aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish samaradorligi suyuq fazani tо‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Suyuq faza aralashma komponentlariga nisbatan inert, ancha tanlovchan, trmik barqaror bо‘lishi, tashuvchi gazni о‘zida eritmasligi, qovushqoqligi kichik va bug‘lanmaydigan (tajriba sharoitida) bо‘lishi kerak.
Gaz-suyuqlik xromatografiyasida suyuq faza sifatida termik jihatdan ancha barqaror bо‘lgan vazelin moyi, silikon moylari, ftalatlar (dibutilftalat va boshqalar), dimetilformamid va silikon polimerlardan foydalaniladi. Suyuq kristallar, masalan:

Tipidagi azooksiefirlar о‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Bunday suyuq kristallar chiziqli molekulalarga nisbatan tanlashga moyilligi kuchliroq bо‘ladi. Suyuq fazaning miqdori sistemaning xossalariga bog‘liq bо‘lib, qattiq tashuvchi massasining 1 dan 30-35% ini tashkil etadi. Kizelgur yoki diatomit asosida olingan tashuvchilar kо‘p ishlatiladi. Ba’zan teflondan foydalaniladi.
Xromatografik jarayonning harorat rejimi turlicha bо‘lishi mumkin. Programmalangan haroratli gaz xromatografiyasida aralashmani tarkibiy qismlariga ajratish darajasi yuqori bо‘ladi. Bunday xromatografiyalashda kolonka harorati sekin-asta oshirib boriladi va kolonka orqali avval eng uchuvchan komponentlar, sо‘ngra harorat kо‘tarilgan sari kamroq uchuvchanlari о‘tadi va moddalar ancha tо‘liq ajratiladi.
Gaz xromatografiyasining bir turi bо‘lgn kapillar xromatografiyada aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish ancha yuqori bо‘ladi. Bu usulda xromatografik kolonka sifatida diametri 0,1-0,5 mm va uzunligi bir necha о‘nlab metr bо‘lgan kapillarlardan foydalaniladi. Bunda kapillarlar qattiq tashuvchi vazifasini bajaradi. Ularning ichki devorlari qо‘zg‘almas suyuq yoki qattiq faza pardasi bilan qoplangan. Kapillarlar uzunligining kattaligi va diametrining kichikligi aralashmalarning tarkibiy qismlarga yaxshi ajratilishini, xromatografiyalashni yuqori tezlikda olib borishni va gaz xromatografiyasining juda sezgir bо‘lishini ta’minlaydi.
Kapillarlar xromatografiyaning asosiy kamchiligi katta uzunlikdagi ingichka kapillarlarni tayyorlash, ularning devorlarida suyuq yoki qattiq fazaning yupqa qatlamini hosil qilish va namuna komponentlarining mikromiqdorlarini detektorlashdan iborat.
Kapillarlar misdan, alyuminiydan, shishadan, zanglamaydigan pо‘latdan, plastmassalardan yasaladi. Kimyoviy moddalar ta’siriga barqarorligi, tozaligi, va tayyoralash osonligi tufayli shishadan tayyorlangan kapilarlar kolonkalar kо‘p ishlatiladi. Zaruriy uzunlikda tayyorlangan kapillar baraban yoki kassetaga о‘ralib, ichki yuzasiga qо‘zg‘almas suyuq faza qoplanadi va gaz xromatografiyaning termoshkafiga joylashtirilib, asbobning gaz zanjiriga ulanadi.
Kapillar xromatografiyasida detektorlash sistemalarning sezgirligi yuqori (1010 g/s gacha), ishchi kamerasining hajmi kichik bо‘lishi kerak. Kо‘pincha, alangali-ionlovchi turdagi mikrodetektorlar (sezgirligi 10-15 g/s gacha), krokatarometrlar (10-12 g/s gacha) va elektrokonduktorimetrik mirodetektorlar (sezgirligi 10-12 g/s gacha) ishlatiladi.
Amalda qо‘lanilishi. Gaz xromatografiyasining amalda keng qо‘llanilishi va katta ahamiyatga sabab shuki, uning yordamida murakkab gaz aralashmalarning alohida komponentlarini taqqoslab aniqlash va miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin, tahlilni bajarish kо‘p vaqt talab etmaydi va usul yetarli darajada universaldir. Gaz xromatografiyasi preparativ maqsadlarda fizik-kimyoviy tadqiqotlar va boshqa sohalarda qо‘llanilganda yaxshi natijalar beradi.
Gaz xromatografiyasi usuli bilan neft gazlari, kon gazlari, havo, asosiy kimyoviy mahsulotlar, organik sintez sanoatining mahsulotlari, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari tahlil qilinadi. Gaz xromatografiyasi usullari ba’zi elementlarning izotoplarini ajratishda ham foyda beradi. Gaz xromatografiyasidan biologiyada, tibbiyotda, yog‘ochni qayta ishlash texnologiyasida, oziq-ovqat sanoatida, ba’zi yuqori haroratli jarayonlar texnologiyasida foydalaniladi.
Gaz xromatografiyasidan suyuqliklarni xromatografik kolonkada bug‘ holiga aylantirib tahlil qilish uchun ham foydalanish mumkin. U ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ham qо‘llaniladi.
Undan, shuningdek, adsorbentlaring turli xossalari (solishtirma sirtini) va adsorbatlar (yutiluvchi gazlar) xossalarining (diffuziya koeffitsiyenti) hamda adsorbent-asorbat sistemalar xususiyatlarini (adsorbsiya issiqligi va izoternasi), moddalarning boshqa xossalarini, reaksiyalar kinetikasi va boshqalarni aniqlashda foyadalaniladi.
Gaz xromatografiyasidan kо‘p momentli murakkab aralashmalarini tahlil qilishda, mikroqо‘shimchalarini aniqlashda, uchuvchan bо‘lmagan birikma (polimerlar) va element tahlilida foydalaniladi.
Kapillar xromatografiya usulida juda nozik aralashmalarni ham tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Masalan, kapillar xromatografiya usuli vositasida 15-20 birikmadan tashkil topgan isomer uglevodorodlar aralashmasini bir necha minutda tarkibiy qismlarga ajratish va miqdoriy aniqlash mumkin. Kapillar xromatografiyaning afzalliklaridan yana biri jarayonni amalga oshirish uchun gazdan juda oz hajmda zarur bо‘lishidir.

Download 294,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish