Propan va butan fazalari.
Gazlarni siqilishi yuqori temperaturada qaynaydigan uglevodorodlarni kondensatlanishiga olib keladi. Shu boisdan u uglerodorodlarni aniq ajralishini ta’minlamaydi.
Gaz aralashmalarini sovutish (juda past temperaturagacha) uglevodorodlarni kondensatlanishi uchun zarur bosimni bir oz bо‘lsa, ham kamaytirish imkonini beradi. Gazlarni sovutish uchun turli tizimlar (sistemalar) ishlatiladi.
Masalan:
- 50°S ga sovuta oladigan ammiakli sistema.[29]
- 100°S ga sovuta oladigan 2-ta bosqichli “etan – ammiakli” sistemalar.
-Droselli sovutish (bu drossel effektiga, ya’ni siqilgan
gazlarni juda tezlik bilan bosimini pasaytirish usuli).
Ajratishni qaysi usulini qо‘llash; fraksiyalarni qayerlarda ishlatishiga; gazlarni dastlabki tarkibiga; ajraladigan uglevodorodlarni tozaligiga bо‘lgan talablardan kelib chiqadi.
Amalda esa asosan uglevodorodlarni atomi soniga qarab, fraksiyalarga ajratish olib boriladi.
Sun’iy gazlar: - metan, etan-etilen, propan-propilen, butan-butilen, pentan-amilen fraksiyalariga ajratiladi.
Ammo hozirgi organik sintez sanoati korxonalari gazlarni aniq alohida komponentlarga ajratishni talab qilmoqda.
Masalan: etan-etilen fraksiyasini emas, balki etanni, etilenni alohida-alohida ajratib berish kerak. Buning uchun bosim ostida rektifikatsiya qilinmoqda, bu uglevodorodlarni Tq lari 15°S ga farq qiladi.
TC2H6 = - 88,6°S
Tetilen(C2Hb) = - 103,8°C(104°C)
Propan va propilen 5,6°S ga farq qiladi.
S4 ga teng uglevodorodlarni (masalan, kreking vaqtida chiqarilgan gazlarni) ajratish ancha qiyin. Butan-butilen fraksiyasidagi komponentlarni temperaturalari bir-biriga ancha yaqindir.
Masalan: - izobutan Tq = - 11,7°S
izobutilen Tq - - 6,9°S
buten-1 Tq = - 6,26°S
butadiyen Tq = - 4,4°S
n-butan Tq = - 0,5°S
Butan-butilen uglevodorodlaridagi butanni butadiyendan ajratish uchun kamida 200 dona tarelkasi bor rektifikatsion kolonna kerak.
Buni esa amalga oshirib bо‘lmaydi.
III.XULOSA
1. Viloyatimizda gazni qayta ishlash sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu sohada tabiiy gazdan qimmatli komponentlar etan, propan va butan ajratib olish ishlari amalga oshirilmoqda.
2. Shо‘rtan neftgaz va Shо‘rtan gaz kimyo majmuasida tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida hosil bо‘ladigan propan fraksiyasi tarkibi quyidagi foiz hisobida bо‘lishi aniqlandi: etan-5,5, propan-40,1, izobutan-22,15, n-butan-28,58, pentanlar-2,12, azot-0,13, ulglerod dioksid – 0,42.
3. Propan fraksiyasi tarkibidagi quyidagi komponentlarni temperaturalari bir-biriga yaqinligi aniqlandi.
izobutan Tq = - 11,7°S; izobutilen Tq - - 6,9°S; buten-1 Tq = - 6,26°S;
butadiyen Tq = - 4,4°S; n-butan Tq = - 0,5°S
4. Propan fraksiyasini ajratishda kamida 200 dona tarelkasi bor rektifikatsion kolonna tanlash kerak.
5. Absorbsiya usuli tabiiy gaz aralashmasidagi propilendan pentangacha bо‘lgan fraksiyalarni ajratib olish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan 90-95% butan, 75-80% propan va 25-30% etan ajratib olish mumkin.
6.Tabiiy gaz uglevodorodlarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri fraksiyalarga ajratish ancha qiyin bо‘lib, rektifikatsiya usulidan foydalanish kerak.
7. Absorbsiya va rektifikatsiya usullarida suniy sovutgichlar ishlatmasdan propan va butan fraksiyasini 80-85°C da 90-95% ajratib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |