II.ASOSIY QISM.
2.1. Respublikamiz hududidagi tabiiy gaz konlari
Gaz konlari – yer pо‘stining ma’lum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazalr alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neftь-gaz konlari) uchraydi. Gaz konlari kо‘p tabaqali konlarga bо‘linadi. Kо‘p tabaqali gaz konlari kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari bо‘ladi. Gaz konlari kesmasining turli masofalarida har xil gaz uyumlari uchraydi. Gaz konlari fazoviy umumiylashgan gaz yig‘ilish zonalarida guruhlangan va gazli yoki gaz-neftli platforma (qubbasimon dо‘nglik, platforma ichki chо‘kmalari va b.), geosinklinal 9 tog‘lararo vodiylar, о‘rtaliq massivlari), о‘tish (tog‘ etagi botig‘i) turlariga bо‘linadi. Kо‘p tabaqali gaz konlari gaz alohida-alohida burg‘i quduqlaridan yoki hamma tabaqani kesib о‘tgan bitta burg‘i qudug‘idan chiqariladi. Gaz konlari gazlari tarkibida uglevodoroddan tashqari karbonat angidridi (CO2), azot (N), vodorod sulfidi (H2S), nodir gazlardan geliy, argon ham bо‘ladi. Gaz konlari sof (yoki quruq gaz) va yog‘li gaz konlariga bо‘linadi. Sof gaz konlari gazlari metan (94-98%) va oz miqdorda etandan iborat. Moyli gaz konlarida metan va etandan tashqari ma’lum miqdorda propan (C3H8), butan, izobutan (C4H10) va pentan (C5H12) uchrashi mumkin. Xar yili dunyo buyicha kariyib 1,5*1012m3 tabiiy gaz kazib chikariladi. Yer ostidagi tabiiy gazning bosimi 25 – 30 MPA ga yetadi. Shuning uchun unda erigan suyuqliklar ya’ni uglevodorodlar normal holatda katta molekulyar massaga ega bо‘ladi.
О‘zbekistonda olinayotgan gazning bir qismi qо‘shni davlatlarga eksport qilinadi. О‘zbekistonda 100 dan ortiq neft va gaz konlari mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan topilgan. Ulardan 45 tasi gaz-kondensat va gaz neft konlari bо‘lib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan. Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasida 17 yirik gaz koni bor (Uchqir, Dengizkо‘l, О‘rtabuloq, Kо‘kdumaloq, Zevardi va boshqalar). Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatida gaz konlari bоr, paleogen yotqiziqlarida, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida
yura, bо‘r, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa faqat yura yotqiziqlari aniqlangan. Gaz va neft uyumlari tо‘plangan yotqiziqlarning umumiy qalinligi bir necha 100 m dan 10-12 km gacha. О‘zbekistonda aniqlangan gazning umumiy zaxirasi 5429 mlrd m3, razvedka qilingani esa 489 mlrd m3. Gazli va SHо‘rtan gaz konlari noyob konlardir. Hisor tо‘glarining janubiy-g‘arbida (Odamtosh, Gumbuloq), Surxondaryoda (Gajak), Ustyurtda (Shaxpaxta) katta gaz konlari bor.
О‘zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft konlariga boy bо‘lib, 5 ta regionga ajratilgan: 1.Ustyurt; 2.Buxoro – Xiva; 3.Janubi-g‘arbiy Xisor; 4.Surxondaryo; 5.Farg‘ona.
C1 – C4 uglevodorodlar: metan, etan, propan, butan, izobutan, hamda 2,2 – dimetilpropan (C5H12) – neopentan normal sharoitda gaz holida bо‘ladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari tarkibiga kiradi.
Gaz konlari uch xil tipda bо‘lishi mumkin.
a)Toza gaz konlari;
b)Gaz kondensati konlari;
c)Neft konlari
Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan bо‘ladi. Metanga qо‘shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bug‘lari hamda nouglevodorod birikmalar: SO2, N2 va ayrim hollarda H2S bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |