O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO KAFEDRASI
191-GURUH TALABASI IBRAGIMOV ZAFARBEKNING
“NEFT VA GAZ KIMYOSI” FANIDAN TAYYORLAGAN
.
MAVZU: Tabiiy gaz tarkibidan propan fraksiyasini ajratib olish.
Bajardi:____________________________ Ibragimov Z.
Qabul qildi:________________________
Urganch – 2022
Tabiiy gaz tarkibidan propan fraksiyasini ajratib olish.
REJA:
I. KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
2.1. Respublikamiz hududidagi tabiiy gaz konlari
2.2. Tabiiy gazlar tarkibidagi propan fraksiyalarini gaz xromatografiyasi usulida aniqlash
2.3.Tabiiy gazlar tarkibidan propan fraksiyalarini adsorbentlar yordamida tozalash va ajratish
2.4.Tozalangan propan fraksiyasidagi gazlarni fizik-kimyoviy xarakteristikalari
2.5. Tabiiy gazdan propan fratsiyasini ajratib olishni usullarini samaradorligi. Texnologik jarayonlarni maqbullashtirish
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI
I. KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: О‘zbekiston neftgaz sanoati mamlakat iqtisodiyotining yeng yirik tarmog‘i va energetikaning muhim asosini tashkil yetadi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev respublikamiz neftgaz sanoatining barqaror rivojlanishi, mustaqillikka erishish davrida salmoqli ishlar qilinganligini ta’kidlab, yoqilg‘i yenergetika komleksini bundan buyon ham jadal rivojlantirish siyosatimizning ustuvor vazifasi bо‘lib qolishiga katta ahamiyat berib kelmoqda. О‘zbekistonda gazni qayta ishlash sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu sohada tabiiy gazdan qimmatli komponentlar yetan, propan, butan va gaz kondensati ajratib olish ishlari amalga oshirilayapti. Respublikamizda qazib olinadigan tabiiy gazlar issiqlik va yenergiya manbai bulishidan tashqari neft-kimyo sanoati uchun asosiy xom ashyodir.
Hozirgi vaqtda respublika boy gaz, kondensat va neft zaxiralariga yega. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyati respublikada bu soha bо‘yicha birinchi о‘rinda turadi. Kо‘kdumoloq neft koni, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqalar mamlakatimizda asosan yoqilg‘i energitika bazasini tashkil yetadi. SHо‘rtangaz kimyo komleksi (SHGXK) 2001 yildan boshlab bir yiliga: 125 ming tonna poliyetilen xom-ashyosi, 102 ming tonna gaz kondensati, 142 ming tonna suyultirilgan gaz mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
SHGXK qurilishiga AQSH, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlarni nufuzli kompaniyalari jalb yetilib 650 million AQSH dollari miqdorida sarmoya sarflangan.
Kurs ishining maqsadi: Tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida qо‘shimcha mahsulot sifatida hosil bо‘ladigan propan va butan fraksiyasini ajratib olish jarayonini maqbullashtirish.
Kurs ishining vazifalari:
- Respublikamiz hududidagi tabiiy gaz konlarini о‘rganish;
- gazni qayta ishlashga tayyorlashni texnologik jarayonlarini о‘rganish va gaz xom-ashyolari, hamda ularni qayta ishlashda hosil bо‘lgan mahsulotlar konsentratsiyalarini, miqdorlarini FEK (fotokolorimetr), SF (spektrofotometr) qurilmalaridan foydalanib aniqlash;
-tabiiy gazlardan propan fraksiyasini ajratib olishda qо‘llaniladigan quyidagi suyuqlik yordamida tozalash, filtrlash, absorbsiya, adsorbsiya va rektifikatsiya usullaridagi jarayonlar, ularda qо‘llaniladigan jihoz va uskunalarni tuzilishi ishlash tartiblarini о‘rganish;
- gaz va gaz suyuqlik xromatografiyasi usulidan foydalanib propan va butan fraksiyasi tarkibini analiz qilish;
- olingan natijalarni fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalanib propan va butan fraksiyasini ajratish jarayonini maqbul texnologik rejimini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishning obyekti sifatida SHо‘rtan neftgaz va SHо‘rtan gaz kimyo majmuasida tabiiy gazni qayta ishalash jarayonida qо‘shimcha mahsulot sifatida yiliga 100 ming tonnadan ortiq hosil bо‘ladigan propan va butan fraksiyasi olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |