Neft mahsulot



Download 1,01 Mb.
bet17/36
Sana19.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#824945
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
7.5. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini prisadkalar qoshib haydash
Keyingi paytlarda yuqori parafinli neftlarning reologik xossala- rini yaxshilash ular tarkibiga neftda eruvchan maxsus prisatkalarni qo‘shish orqali amalga oshirilmoqda. Bu ishlar neftlarni quvurga haydashdan oldin bajariladi. Agar tarkibiga massa og‘irligida 0,02¼0,2 foiz atrofida prisadka qo‘shilsa, yuqori haroratda qotuvchan parafinli neftlarning oqish tezligi Nyuton suyuqligiga o‘xshab qoladi.
Sanoat miqyosida prisadkalar sifatida kukunsiz (áåççîëíûé) etilen sopolimenlari va metakril kislotasining murakkab efirlari asosidagi birlashmalari ishlatiladi.
Qo‘shilgan prisadkalarning depressorlik ta’sir mexanizmi taxminlarga ko‘ra, sovishda hosil bo‘layotgan mayda parafin kristal- larining yuzasiga prisadka molekulalari adsorbsiyalanib, ularning o‘sishiga xalaqit beradi. Natijada ko‘p sonli mayda kristalli parafin suspenziyasi hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari qo‘shilgan prisadka molekulalari hajmining kattaligi hamda tarmoqli tuzilishga ega bo‘lishi parafin kristallarining mustahkam panjara hosil qilishiga imkon bermaydi.
Prisadkani qo‘shishdan oldin neft tarkibidagi parafin to‘la erib, bir jinsli eritma hosil bo‘lguniga qadar qizdiriladi. Prisadka qo‘shilgan neft oqimi oraliq nasos stansiyalarida isitilmaydi.


7.6. Òaxminan isitilgan yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini issiq haydash (issiq quvur)
Qovushqoqligi yuqori va yuqori haroratda qotuvchi neft va neft mahsulotlarini taxminan isitib, keyin quvurlar orqali haydash keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Bu usul issiq haydash
deyiladi. Issiq haydashda neft yoki uning mahsulotlari quvurning bosh punktida isitiladi va nasos yordamida magistral quvurga hay- daladi. Magistral quvur trassasi uzunligining har 25– 100 km ida sovigan neft oqimini isitish uchun oraliq issiqlik stansiyalari quri- ladi. Quyida issiq haydash (issiq quvur)ning texnologik chizmasi keltirilgan.

22- rasm. Issiq magistral quvurning texnologik chizmasi:
1kon havza quvuri; 2rezervuarlar saroyi; 3nasos; 4qoshimcha
isituvchi jihoz; 5asosiy nasos; 6,7oraliq issiqlik stansiyalari; 8oraliq
nasos stansiyasi; 9– nasosi bolgan issiqlik stansiyasi; 10,11oraliq issiqlik
stansiyalari; 12neftni qayta ishlash zavodining xomashyo saroyi.
Kon havzasida tayyorlangan issiq holda haydashning texnologik jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
Kon havzasida tayyorlangan neft quvur (1) orqali bosh hay- dovchi stansiyaning rezervuarlar saroyi (2) ga beriladi. Rezer- vuarlarda isitilib, qo‘shimcha isituvchi jihoz (4) ga uzatiladi. Un- dan neft oqimi asosiy nasos stansiyasi (5) ga keladi va stansiya yordamida issiq neft oqimi magistral quvurga haydaladi. Quvur bo‘yicha harakati davomida neft oqimining harorati kamayib bo- radi, uni qayta isitish yoki haroratini bir me’yorda ushlash quvur uzunligi bo‘yicha joylashtirilgan oraliq issiqlik stansiyalari (6,7,10,11) da amalga oshiriladi. Agar neft uzoq masofaga hay- daladigan bo‘lsa, quvur uzunligi bo‘yicha joylashtirilgan oraliq nasos stansiyalari (8) ham quriladi. Ular orqali neft oqimining bosimi ko‘tarib turiladi. Oraliq nasos stansiyasi issiqlik stansiyasi tarkibida bo‘ladi (8,9). Shunday qilib, neft oqimi belgilangan harorat va bosim ostida neftni quvur orqali qayta ishlash zavodi- ning xomashyo rezervuar saroyi (12) ga oqib keladi.
Hozirgi paytda dunyo bo‘yicha 50 ga yaqin issiq magistral quvur- lar mavjud bo‘lib, ular orqali yuqori qovushqoqli neftlar isitilib haydaladi. Shulardan biri eng katta (uzunligi va diametri bo‘yicha) issiq quvur Uzen-Samara magistral neft quvuridir.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish