7.1.Yuqoriqovushqoqlivayuqoriqotuvchanneftlarnihaydashusullari Ko‘p hollarda olinayotgan neftlarni oddiy sharoitdagi qo- vushqoqligi yuqori bo‘lishi yoki tarkibida parafin miqdori ko‘p bo‘lishi, ularning ma’lum yuqori haroratda qotishini sodir etadi. Bunday neftlarni oddiy sharoitda quvurlar orqali haydashda qiyin- chiliklar yuzaga keladi. Ularning oquvchanligini oshirish quyi- dagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
– yuqori qovushqoqli va yuqori haroratda qotuvchan neft va neft mahsulotlarini, kam qovushqoqli neft yoki neft mahsulot- lari bilan aralashtirib, birgalikda haydash;
–suvbilanaralashtiribbirgahaydash (gidrotransport); – yuqori haroratda qotuvchan parafinli neft va uning mahsu- lotlarini issiqlik bilan ishlab, keyin haydash;
– taxminan qizdirilgan neft va uning mahsulotlari tarkibiga prisadkalar, depresatorlarni qo‘shib haydash;
– mahsulotlarni quvur uzunligi bo‘yicha issiq holda haydash (issiq quvur).
Hozirgi paytda yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulot- larini quvur orqali haydash yuqorida sanab o‘tilgan usullar yor- damida amalga oshiriladi. Haydash usulini tanlash texnik-iqti- sodiy hisob natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
7.2.Suyultiruvchilarbilanhaydash Jo‘natilayotgan yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlari- ning reologik (oquvchanlik) xossalari (qovushqoqligi, qotish harorati)ni ular tarkibiga suyultiruvchilar qo‘shib yaxshilash mumkin.
Amalda suyultiruvchilar sifatida: gaz kondensati, benzin- lar, kerosinlar va qovushqoqligi kichik bo‘lgan neftlar ishla- tiladi.
Agar bir kon havzasida turli navdagi neftlar qazib olinadi- gan bo‘lsa (yuqori qovushqoqli, yuqori parafinli va kam qovush- qoqli), ular aralashtirilganda aralashmaning qovushqoqligi va qotish harorati kamayadi. Bu neftlar aralashmasini kerakli maso- faga haydash imkonini beradi.
Yuqori qovushqoqli (parafin miqdori ko‘p bo‘lgan) neft tarkibiga suyultiruvchi sifatida kam qovushqoqli (parafin miqdori kam bo‘lgan) neft qo‘shilganda umumiy aralashmaning qovush- qoqligi kam bo‘lishi va oquvchanligi yuqori bo‘lishini quyidagi- cha izohlash mumkin:
Birinchidan, yuqori qovushqoqli neft tarkibidagi parafin qo- vushqoqligi kam bo‘lgan neft tarkibida erishi natijasida uning umumiy aralashma tarkibidagi konsentratsiyasi kamayadi. Bu umumiy aralashma qovushqoqligini pasaytiradi va oquvchanligini oshiradi.
Ikkinchidan, kam qovushqoqli neft tarkibidagi asfalt-smola moddalari yuqori qovushqoqli neft tarkibidagi parafin kristallari- ning kattalashishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada mayda parafin kristal- lariga ega bo‘lgan neft aralashmasi hosil bo‘ladi. Bu aralashma qovushqoqligi va qotish haroratining past bo‘lishiga olib keladi. Ma’lum bir yuqori parafinli neftlar tarkibiga 70 foizgacha suyul- tiruvchi, ya’ni kam qovushqoqli neft qo‘shiladi.
Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini benzinlar, kero- sinlar va kondensatlar bilan suyultirish samarali hisoblanadi, lekin amalda ishlatilmaydi. Buning asosiy sababi neft mahsuloti omborlari yoki neftni qayta ishlash zavodlaridan kon havzasigacha mahsulotlarni tashuvchi quvurlarni qurish uchun katta mablag‘ talab etishi bo‘lib, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq kel- maydi. Bunday neftlarni suyultirishda, asosan, kon havzasida oli- nayotgan kam qovushqoqli neftlardan foydalaniladi.
7.3.Yuqoriqovushqoqlineftvaneftmahsulotlarini suvbilanhaydash(gidrotransport) Yuqori qovushqoqli neft yoki uning mahsulotlarini suv bi- lan birgalikda haydash samarali usullardan biri hisoblanadi. Suv bilan haydashning bir nechta varianti ma’lum bo‘lib, ulardan biri quyidagicha:
Yuqori qovushqoqli neft yoki neft mahsuloti suv bilan bir- galikda ichki yuzasida spiral ko‘rinishdagi ariqchasi bo‘lgan quvurga haydaladi. Spiral ko‘rinishdagi ariqcha suv va neft aralashmasini aylanma ko‘rinishda oqishini ta’minlaydi. Natijada markazdan qochma kuchlar hosil bo‘lib, suvlar (og‘irligi neftga nisbatan katta bo‘lganligi sababli) quvurning devori tomon intiladi (siljiydi). Yuqori qovushqoqli neft oqimi esa quvur markazida qoladi. Natijada neft oqimining tashqi yuzasida suv halqasi hosil bo‘ladi (20- rasm).
20-rasm.Spiralko‘rinishdagiariqchasibo‘lganquvurda suvvaneftningoqishholatichizmasi: 1– quvur; 2– quvurichidagispiralko‘rinishidagiariqcha; 3– suvoqimi; 4– neftoqimi. Yuqori qovushqoqli neft oqimi quvur devoriga ishqalanmas- dan suv halqasi ichida kerakli manzilga oqib boradi. Suv halqasi qovushqoqligining kichik bo‘lishi ishqalanishdagi umumiy bosimning yo‘qolishini kamaytiradi.
Bu usul yordamida qovushqoqligi suvnikidan kichik bo‘lgan neft va uning mahsulotlarini haydash mumkin. Spiral ko‘rinishdagi ariqchasi bo‘lgan quvurlarni tayyorlash qiyin va qimmatligi bu usulni keng miqyosda qo‘llash imkonini bermaydi.
Gidrotransport (suv bilan haydash)ning ikkinchi usuli: neft yoki neft mahsulotlarining suvda emulsiya aralashmasini hosil qilish va emulsiya aralashmasini quvurga haydash.
Bu holatda yuqori qovushqoqli neft zarrachalarining tashqi yuzalari suv pardasi bilan o‘ralgan bo‘lib, zarrachalar quvur devoriga ishqalanmay suv pardasi ichida harakatlanadi, ya’ni ishqalanishdagi bosim yo‘qotilishining oldi olinadi. Emulsiya hosil bo‘lish sharoitini yaxshilash va uning turg‘unligini oshirish uchun
neft -suv aralashmasi tarkibiga sirti faol moddalar (PAV) qo‘shiladi. Bu moddalar quvurning ichki yuzasining ho‘llanishini yaxshilab, haydashda bosimning yo‘qolish tezligini kamaytiradi.