6.1.Neftvaneftmahsulotlariniquvurorqalitashishbo‘yichaumumiyma’lumotlar Qazib olinayotgan neftlarning fizik-kimyoviy xossalari hamda tarkibidagi parafin miqdorining bir xilda bo‘lmasligi ularni quvur- lar orqali tashishda ma’lum qo‘shimcha texnologikjarayonlarni amalga oshirishni talab qiladi, ya’ni ularning qovushqoqligi kamaytiriladi, oquvchanligi oshiriladi va h.k. Umuman, neft va neft mahsulotlarini (oquvchanligi qoniqarli bo‘lganda) quvur orqali tashish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Jo‘natishga tayyorlangan neft neftni kompleks tayyorlash qurilmalari tarkibidagi bosh nasos stansiyasi yordamida (kerakli bosimda) magistral neft quvuriga haydaladi.
Neft oqimining quvur bo‘yicha harakati davomida gidravlik qarshiliklar ta’sirida uning birlamchi bosim ko‘rsatkichi kama- yib boradi. Bu, o‘z navbatida, quvurning ishlab chiqarish qo- biliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kamaygan bosim magistral quvur uzunligi bo‘yicha joylash- tirilgan oraliq nasos stansiyalar yordamida birlamchi bosim ko‘rsatkichlarigacha ko‘tarilib yana magistral neft quvurga hay- daladi. Shunday qilib, mahsulot oqimi iste’molchilarga, ya’ni neftni qayta ishlash zavodi yoki oraliq uzatuvchi (taqsimlovchi) neft omborigacha olib kelinadi.
Neft qayta ishlanganda undan 600 dan ortiq neft mahsulot- lari olinadi. Neftni qayta ishlash zavodidan neft mahsulotlari omborlarigacha magistral quvur tizimi mavjud bo‘lsa, u orqali mahsulotlar (benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi va h.k.) to‘g‘ridan- to‘g‘ri mahsulot saqlanadigan (uzatuvchi, taqsimlovchi) om- borlarga haydaladi.
Neft va neft mahsulotlarini quvurlar orqali tashish tizimida quvur quvvatidan to‘la foydalanish va uning ishlab chiqarish qobiliyatini saqlash asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Hozir- gi kunda bunday masalalarni hal qilishda bir quvur orqali bir nechta turdagi neft mahsulotlarini ketma-ket haydash usulidan foydalanilmoqda.
6.2.Neftvauningmahsulotlariniketma-kethaydash Ketma-ket haydash deganda, bir quvur orqali bir nechta turdagi neft mahsulotlarini iste’molchilarga tartibli jo‘natish tushu- niladi. Amalda mahsulotlarni bir yo‘nalish bo‘yicha quvur orqali haydash kerak bo‘lsa ketma-ket haydash usulidan foydalaniladi. Bunda har bir mahsulot uchun alohida quvur qurish shart bo‘lmaydi. Ketma-ket haydashda neft yoki neft mahsulotlarini tashuvchi quvur har doim band bo‘ladi, uning ishlatilish koef- fitsiyenti oshadi, haydash tannarxi kamayib, temiryo‘l trans- porti orqali tashilayotgan mahsulotlarning miqdori kamayishiga sabab bo‘ladi.
Ketma-ket haydashning asosiy kamchiliklaridan biri – ara- lashma hosil bo‘lishidir. Ortiqcha aralashmaning hosil bo‘lishini kamaytirish uchun iloji boricha bir quvur orqali fizik-kimyoviy xossalari bir-biriga yaqin bo‘lgan neft yoki neft mahsulotlarini haydash lozim bo‘ladi.
Masalan, bir quvur orqali tiniq mahsulotlarni: benzin, kero- sin va dizel yoqilg‘isini haydash maqsadga muvofiqdir. Òiniq va qora neft mahsulotlarini bir quvur orqali ketma-ket haydash maqsadga muvofiq emas (benzin bilan mazutni). Chunki hosil bo‘lgan aralashma tayyor mahsulot hisoblanmaydi. Uni zavodda yana qayta ishlash kerak bo‘ladi. Hozirgi kunda benzin, kerosin va dizel yoqilg‘ilarini iste’molchilarga yetkazib berishda ko‘proq ket- ma-ket haydash usulidan foydalanilmoqda.
6.3.Aralashmaninghosilbo‘lishmexanizmi Ketma-ket haydash jarayoni quvurga haydalgan birinchi mah- sulot orqasidan ikkinchi mahsulotni haydash va u yordamida birin- chi mahsulotni siqib harakatga keltirish orqali amalga oshiriladi. Ketma-ket haydalayotgan birinchi va ikkinchi mahsulotning o‘zaro ta’sir chegarasida diffuziya jarayoni yuzaga kelib, ya’ni birinchi mahsulotning ikkinchi mahsulot tarkibiga o‘tishi va uning teska- risi ro‘y berib, umumiy aralashma hosil bo‘ladi. Hosil bo‘ladigan aralashmaning miqdori ketma-ket haydalayotgan mahsulotlar- ning oqish rejimiga bog‘liq. Laminar rejimda mahsulotlarning oqish tezligi quvur o‘qidan devoriga qarab kamayib boradi. Natijada
mahsulotlarning o‘zaro ta’sir chegarasi ortadi va ko‘p miqdor- dagi aralashma hosil bo‘ladi (14- a rasm).
Òurbulent rejimda esa ketma-ket haydalayotgan mahsulotlar- ning oqish tezligi quvurning qirqim yuzasi bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, mahsulotlarning o‘zaro ta’sir chegara yuzasi- ning kichik bo‘lishini, aralashmaning kam hosil bo‘lishini ta’minlaydi (14- b rasm).
Bulardan tashqari hosil bo‘ladigan aralashmaning miqdori ketma-ket haydalayotgan mahsulotlar qovushqoqligining farqiga ham bog‘liq. Qovushqoqliklar farqi qancha katta bo‘lsa, aralashma miqdori shuncha ortib boradi.
14-rasm.Oqishrejimigako‘raaralashmahosilbo‘lishchizmasi: a–laminarrejimda; b– turbulentrejimda. I– birinchimahsulot; II–ikkinchimahsulot; 1– mahsulotlarningo‘zarota’sirchegarasi. Òurbulent diffuziya nazariyasiga asosan V.S.Yablonskiy va V.A.Yufin ifodalari bo‘yicha hosil bo‘lgan aralashmaning hajmi quyidagicha aniqlanadi:
Varl= (Z1 − Z2 )2 , bunda Vq= ⋅ l. Bunda: Vq– quvurning hajmi; d – quvurning ichki diametri; l – quvurning uzunligi; Re=wL/DtPeklening diffuziya parametri; w – neft mahsulotining o‘rtacha tezligi; Dt– turbulent diffuziya koeffitsiyenti. U quyidagicha hisoblanadi:
Dt= 28,7vo‘rt(Reo‘rtλ)0,755 . Bunda: l– gidravlik qarshilik koeffitsiyenti; vo‘rt– kinematik qovushqoqlikning o‘rtacha qiymati.
vo‘rt= 0,25(Zvs+ vq) .
Bunda: vsva vqsuyuq va qattiq neft mahsulotining kinematik qovushqoqligi; Z1–Z2o‘zgaruvchilar grafikdan aniqlanadi.