Neft mahsulot



Download 1,01 Mb.
bet10/36
Sana19.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#824945
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
5.1. Neft va neft mahsulotlari quvurlarining texnologik hisoblari
Neft va neft mahsulotlari quvurlarining texnologik hisoblari tarkibiga: quvurning gidravlik hisobi; haydovchi stansiya jihozlarini tanlash; mexanik va issiqlik hisoblari; quvurning maqbul diametrini tanlash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisoblar kiradi. Hisoblash uchun quyidagi birlamchi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:
– quvurning yillik mahsulot o‘tkazuvchanlik qobiliyati (mln t/yil). Hisoblashlarda m3/soat va m3/sek ga aylantiriladi;
– quvur yotqiziladigan chuqurlikdagi tuproqning oylik o‘rtacha harorati;
– neft va neft mahsulotlarining 20° Ñ haroratdagi zichligi r20 hamda 20° Ñ va 50° Ñ dagi kinematik qovushqoqligi v20 va v50 ;
quvur metallining mexanik xossalari;
– kapital va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
quvur trassasining profil chizmasi va h.k.
Òexnologik hisoblar «Magistral neft va neft mahsulotlari quvur- larini loyihalashning texnologik me’yor va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari»ga muvofiq amalga oshiriladi.


5.1.1. Neft va neft mahsulotlari quvurlarining gidravlik hisobi
Quvurning gidravlik hisobining asosiy vazifasiga: quvur uzun- ligi bo‘yicha umumiy bosim yo‘qolishini aniqlash; haydovchi nasos stansiyalar sonini aniqlash va ularni quvur trassasi bo‘yicha joy- lashtirish kiradi.
Quvurning gidravlik hisobi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. O‘tkazuvchanlik qobiliyati va qovushqoqligi bo‘yicha quvur- ning diametri va suyuqlikning oqish rejimi (Reynolds parametri) aniqlanadi.
2. Asosiy quvur va luping bo‘yicha bosimning yo‘qolishi ham- da gidravlik nishablik qiymatlari aniqlanadi.
3. Òrassa profil chizmasi bo‘yicha dovon (pereval) nuqtagacha bo‘lgan quvurning hisobli uzunligi va tegishli geodezik nuqtalar farqi (Dz) aniqlanadi.
4. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib nasos stansiyalarining soni aniqlanadi.
Dovon nuqta nima? Bu neft quvuri trassasining eng baland- lashgan joyi bo‘lib, bu yer hisobli hajmdagi neft yoki uning mah- sulotlarini o‘z og‘irliklari ta’sirida keyingi punktgacha yoki nasos stansiyasi (NS) gacha oqib kelishini ta’minlovchi nuqtadir.
Quvurlarning otkazuvchanlik qobiliyati. Bu hisobli para- metrlar va qabul qilingan rejimda quvur orqali haydash mum- kin bo‘lgan neft yoki neft mahsulotlarining maksimal miqdoridir.
Yuqorida keltirilganlarga asoslanib, neft va uning mahsulot- lari quvurlarining texnologik hisoblari mazmuni bilan tani- shamiz.
1. Yillik mahsulot o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha quvur- ning soat yoki sekunddagi ishlab chiqarish qobiliyati, ya’ni soat yoki sekund davomida haydalayotgan mahsulot miqdori quyida- gicha aniqlanadi:
qsoat = yoki qsek = .
bunda: Qy – quvurning yillik mahsulot o‘tkazuvchanligi; (t/yil); 350 – quvurning yil davomidagi ish kuni; r – neft yoki neft mahsuloti zichligi (t/m3); 24 soat; 3600 sekund.
2. Aniq o‘tkazuvchanlik qobiliyati va qabul qilingan suyuqlik- ning oqish tezligiga ko‘ra (1,5¼2,5 m/s) quvurning diametri aniqlanadi:
d = ,
bunda: qsek – quvurning sekundlik o‘tkazuvchanlik qobiliyati, (m3/s); w – suyuqlikning oqish tezligi, (m/s).
Aniqlangan quvur diametri andoza (DAST) bo‘yicha yaxlit- lanadi. Òanlangan diametrdagi quvurning devor qalinligi mexa- nik hisob orqali aniqlanadi.
3. Quvurlarning gidravlik hisoblari quyidagi ifodalar yordamida amalga oshiriladi. Yumaloq qirqimga ega bo‘lgan quvur ichidagi bosimning ishqalanishdagi kamayishi hishq (MPa) Darsi-Veysbax ifodasi orqali hisoblanadi:
hishq = λ d . ω22g ,
bunda: l– gidravlik qarshilik koeffitsiyenti; l – quvur uzunligi (km); d – quvurning ichki diametri (mm); w – suyuqlikning harakat tezligi (m/s); g – erkin tushish tezlanishi (m/s2), (g=9,81m/s2).
Gidravlik qarshilik koeffitsiyenti lo‘lchov birligiga ega bo‘lmagan son. U suyuqlikning harakat rejimiga bog‘liq bo‘lib, Reynolds soni (Re) kriteriyasi bilan tavsiflanadi. Reynolds soni kriteriyasi, o‘z navbatida, suyuqlikning o‘rtacha tezligi (w); quvurning diametri (d) va suyuqlikning kinematik qovushqoqligiga (v) bog‘liq.
Re = ω . d
v
.

Suyuqlikning oqimi laminar bo‘lganda (Re<2000 da) yuma- loq qirqimli quvurlardagi ishqalanish koeffitsiyenti faqat Re so- niga bog‘liq bo‘lib, u Stoks ifodasi bilan aniqlanadi:
λ = .
Re>3000 da suyuqlik oqimi turbulent rejimda harakatlanadi. Re=2000–3000 oralig‘ida bo‘lganda o‘tish rejimida suyuqlikning ikkala oqish rejimini ham ko‘rish mumkin. Òurbulent harakat rejimida lfaqat Re soniga bog‘liq bo‘lmay, quvurning g‘adir- budurligi (e) ga, silliqligiga, yangi yoki eskiligiga hamda boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Bu hollardagi lni aniqlash ifo- dalari o‘quv adabiyotlarida to‘la bayon etilgan.
Loyihalashning texnologik me’yorlariga binoan Re=2000– 3000 oralig‘ida bo‘lganda magistral quvurlarning amaliy hisob-
larida lkoeffitsiyent qiymati emperik ifoda boyicha aniqlanadi:
l= (0,16 Re– 13)10-4 .
Reynolds soni 3000 dan katta bo‘lganda (Re>3000), lning qiymatlari quvurning g‘adir-budurligini hisobga oluvchi ifodalar bo‘yicha hisoblanadi (4- jadvalga qarang).
4- jadval
Gidravlik qarshilik koeffitsiyentlarini aniqlash uchun ifodalar



Quvurlarning

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish