Fan: Kasbiy psixologiya
Bajardi: Isroilova Sitorabonu IKM 50
Nazorat savollari va javoblar:
1.Individ, individuallik, o’z-o’ziga baho tushunchalariga ta’rif bering.
Individ - bu biologik, fiziologik, ijtimoiy, ‘sixologik xususiyatlari birligida alohida olingan insondir.
Individuallik – bu kishining o’ziga xosligi, uni boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik va fiziologik fazilatlar birikmasi, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o’tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni tahminlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o’xshash sifatlari bir xil bo’lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivatsiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo’lgan odamni topib bo’lmaydi. Ular - individualdir.
O'z-o'zini hurmat qilish - bu o'z qadr-qimmatining va qadriyatlarning, harakatlar va harakatlarni baholash, jamiyatda uning ahamiyatini belgilashdir. Shaxsni yanada aniqroq tavsiflash uchun, o'z-o'zini baholashning turli turlari mavjud bo'lib, ular muhokama qilinadi.
Qaysi turdagi benlik hurmati mavjud?
Yetarli / yetarli bo'lmagan benlik hurmati. Ehtimol, insonning o'zini o'zi qadrlashning eng muhim turlari, chunki ular insonning kuch-qudratini, ishlarini va fazilatlarini qanday qadrlashini aniq va aniq belgilaydi.
Oliy / o'rta / past darajali benlik hurmati . Bu yerda baholash darajasi to'g'ridan-to'g'ri aniqlanadi. Bu o'z-o'zidan ahamiyatga ega emas yoki aksincha - o'ziga xoslik va kamchiliklarga ahamiyat bermaslikda namoyon bo'ladi. Ekstremal o'ziga xoslik insonning samarali rivojlanishiga kamdan-kamroq hissa qo'shadi, chunki ‘ast darajadagi bloklar harakatlarni hal qilish va ortiqcha o'lchamlarda - hamma narsa yaxshi va hech narsa qilish kerak emas, deb umid qiladi.
Barqaror / suzuvchi self-hurmat. Bu shaxsning o'zini o'zi hurmat qilishi, uning kayfiyatiga yoki muayyan vaziyatda muvaffaqiyatga bog'liqligini aniqlash bilan belgilanadi.
Umumiy / xususiy / aniq-holatli o'zini baholash. Baholash taqsimlangan maydonni ko'rsatadi. Inson o'zini o'zi yoki aqliy ma'lumotlarni, ma'lum bir sohada: biznes, oila, shaxsiy hayotda baholaydimi? Ba'zan u faqat muayyan vaziyatlarga tegishli bo'lishi mumkin.
Bularning barchasi - psixologiyada o'z-o'zini baholashning asosiy turlari. O'ziga nisbatan to'g'ri va to'g'ri munosabatda bo'lish bolalik davrida belgilab qo'yilgani sababli, bolalarda shu daqiqaga e'tibor berish maqsadga muvofiq - erta yoshda yetarlicha o'zini o'zi qadrlashni yanada osonlashtiradi va bu juda ham ko'p demakdir.
2.Xolerik tipiga xos shaxs xususiyatlarini ochib bering (Hayotiy misollar asosida)
Xolerik tip - sust senzitivlik xususiyatiga ega bo`lib, juda faol va reaktivdir. Ko`’incha reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik, serzardalik va gi’eraktivlikni kutilmaganda ‘ortlovchi, qiziqqon, betoqatlikni namoyon qiladi. Sangvinikka qaraganda qo`zg`aluvchan, lekin ko`proq rigid, qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qat’iylik mavjud bo`lsa-da, biroq diqqatni bir joyga to`plashda qiynaladi, nutq sur’ati tez. Egiluvchan emas, kuchli qat’iylik, diqqatning ko`chishida qiyinchiliklar mavjud. Yuqori tezlikda psixik tempga ega. Ekstravert. Tez qo`zg`aluvchan, u mimika jestlardan ifodalanadi.
Hayotiy misol – ular biroz janjalkash, ba’zan qo‘‘ol muomalali, shaddod, biror jarayonga tez reaksiya qaytaradigan, sabrsiz, energiyaga to‘la, boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega. Shaxsan o‘zim xuddi shu xususiyatlarni dugonam – Raximjanova Nigorada kuzatganman.
3. Psixika va uning namoyon bo’lish shakllari.
Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. ‘sixika lotincha “‘syuxe” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ruh, jon degan ma’noni bildiradi.
Psixikaning namoyon bo’lish shakllari:
psixik jarayonlar – sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, hayol, diqqat;
psixologik holatlar – emotsiyalar, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, apatiya, iqtidor, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish;
shaxsning xususiyatlari - yo’nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyatlar, nutq, aqliy, salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat.
Sangvinik temperamentiga xos shaxs xususiyatlarini ochib bering.
Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo`lib, atrofdagi narsalar, insonlar diqqatini tez jalb etadi. Juda sezgir, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatli bo`ladi, imtizomli, o`zini tiya biladi va boshqara oladi. Uning xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez ‘ayqaydi, aql idroki teran, qiziqishlari, kayg`iyati, intilishlari o`zgaruvchandir. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi, ko`ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi, uning fantaziyasi yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga xozir javob. Diqqatini tez to`’laydi. His-tuyg`uga beriluvchan. Tartib intizomli. Ekstravert. Fikrlar tezligi juda yuqori. Odamlar bilan juda tez kirishadi, yangi odamlar, vaziyat, holatga tez ko`nikadi. Yig`lab turib, kulib yuborish holatlari ko`zatiladi. Tez ishga kirishadi va tez sovishi mumkin. Bir yo`nalishda uzoq ishlay olmaydi.
Xarakter nima va uning namoyon bo’lish shakllarini aytib bering.
Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulq-atvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»).
Xarakter - bu shaxsning faoliyat va muloqot jarayonida tarkib topadigan, namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlar bo‘lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari bo‘lib hisoblanadi.
Mehnat faoliyatida namoyon bo’ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, mashuliyat, dangasalik, qo’nimsizlik va boshqalar.
Insonlarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, muloqotga kirishuvchanlik, alg’truizm, g’amxurlik, raxm-shafqat va boshqalar.
O’z-o’ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag’rurlik, o’ziga bino qo’yish, o’z-o’zini tanqid, ibo, sharmu - hayo, manmansirash va boshqalar.
Narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo’ladigan xususiyatlar - tartiblilik, oqillik, saronjom-sarishtalik, qo’li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar.
Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiy norma, ijtimoiy sanksiya va rollar tushunchalarini ochib bering.(Hayotiy misollar asosida)
Tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo‘lgan ikki xil tushuncha bilan bog‘liq: “tarbiya” va “moslashuv”. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma’no mazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a‘zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’’chilik tomonidan e‘tirof etilgan harakatlar talablaridir.
Ijtimoiy sanksiya deb, ijtimoiy guruh yoki tizimning individ xulqiga ijtimoiy normadan ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishiga nisbatan reaksiyasi tushuniladi. Ijtimoiy sanksiyalar deb jamiyat hayotini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, shaxsning ijobiy hatti-harakati uchun rag’batlantirish yoki yomon, salbiy hatti-harakati uchun jazo berishi bilan ijtimoiy nazorat vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy rol jamiyat ijtimoiy tarkibida bog’lovchi ahamiyatga ega bo’lib, ijtimoiy munosabatlarning asosini tashkil qiladi. Ijtimoiy rol jamiyat ijtimoiy tarkibida psixologik jihatni ham o’zida namoyon qiladi. Shuning uchun G’arb sosiologiyasida ijtimoiy rolga juda katta e’tibor beriladi. Ijtimoiy tabiatini tushuntirishga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |