Nazorat qilish va baholash usullari. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. Reja



Download 78,66 Kb.
bet1/5
Sana26.05.2022
Hajmi78,66 Kb.
#609936
  1   2   3   4   5
Bog'liq
IO\'m 3-kurs 4-ma\'ruza


Nazorat qilish va baholash usullari. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari.


Reja:
1.O’quvchilar bilimini nazorat qilish shakl va usullari.
2.O’quvchilar bilimini savollar orqali nazorat qilish.
3.O’quvchilar bilimini diktant savollar orqali nazorat qilish.
4.O’quvchilar bilimini T-sxema orqali nazorat qilish.
5.O’quvchilar bilimini Test savollari orqali nazorat qilish

O‘quvchi bilimi, malaka va maxoratini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining muhim vazifasi va butun o’quv yili davomida olib boriladi. Qanday yeshilayotganiga, ya’ni o‘quvchi qanday bilimga, malaka va mahoratga, dunyoqarashi va ahloqiy-estetik qarashlar hamda ijodiy faoliyatiga ega ekanligiga e’tibor qaratish muhim. Asl mohiyati yana o‘quvchini o’qishga qanday munosabatda bo’lishiga, qanday shug’ullanyapti va hokazolarga bog’liq.


Bularning barshasi bilimni tekshirish va baholashning turli metodlarini qo’llash zarurligini ko’rsatadi. Informatika bo’yicha bir davrda o’quvchilar bilimini joriy nazorat qilish turlarini ko’rib chiqamiz: og’zaki so’rov, uyishi, o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuzatish, laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli va boshqalar. O’quvchilar bilimini nazorat qilishning qiziqarli shakllarini ham taklif qilish mumkin.
Misol sifatida «Informatika» Fani bo’yicha O’quvchilarning bilimini nazorat qilish uchun har xil usullarini keltilamiz:
ACCESS MOBT mavzusi bo’yicha savollar
1. ACCESS MOBTning sizga ma’lum bo’lgan ob’ektlarini sanab bering va vazifalarini yozing.
2. Ma’lumotlar ombori qanday ochiladi?
3. «Konstruktor» tartibida jadval qanday yaratiladi?
4. So’rov turlarini qisqacha tavsiflab bering.
5. Hisobot tuzilmasini tasvirlab bering.
Informatika bo’yicha diktant o’zaro tematik bog’langan, lekin matn 4-8 iboradan iborat. O‘quvchi eshitayotgan vazifani bajarishi lozim. Shuning uchun uzun ibora yoki chalkashlik diktantga to’g’ri kelmaydi.
ACCESS MOBT mavzusi bo’yicha diktant savollari.
ACCESS MOBT dastlabki oilasining ilovalarini sanab bering.
ACCESS MOBT ning qaysi obyekti «teskari» shakl bo’ladi?
ACCESS MOBT ning qaysi ish tartibi obyekt tuzilmasini o’zgartiradi?
Qaysi tugmacha yordamida ma’lumotlar omborini yaratish ustasi ishga tushiriladi?
Ma’lumotlar omborini yaratish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma’lumotlar omborini ochish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma’lumotlar ombori qanday izlab topiladi?
Agar O’quvchilarning tuplagan ballari jami ballarning 0-55 % iga teng bo’lsa, ularni 2 baho bilan ; 55,1-70 % iga teng bo’lsa, 3 baho ; 70,1-85 % iga teng bo’lsa, 4 baho; 85,1-100 % iga teng bo’lsa, 5 baho bilan baholanadi.
Bu baho mezoni uchun Uzbekiston Respublikasi oliy va urta maxsus o’quv yurtlarida talabalarni bilimini nazoart qilish va baholashning reyting tizimi tugrisidagi namunaviy nizomni asos qilib olindi.
Bu baho mezonini quyidagi asoslash xam mumkin. Agar o’quvchi 2,7 dan - 3,7 gacha baho olsa unga 3 baho quyilar edi. Bu esa 5 bahoni 55 % idan-70 % igachasini tashkil etadi.
Ya`ni 2,7 100 /5 = 54 3,5 100 /5 = 70
Xuddi shuningdek agar ’quvchi 3,5 dan 4,5 gacha baho olsa, unga 4 baho quyilar edi, bu esa 5 bahoning 70 % idan 90 % igachasini tashkil etadi.
O’quvchilarning fanga bulgan qiziqishlarini fanga bulgan qiziqishilarini oshirish maqsadida 90 % ni 85 % ga kamaytirildi, ya`ni 3,5 100 /5 = 70 4,5 100 /5 = 90
Agar O’quvchi 4,5 dan 5 gacha baho olsa, unga 5 baho quyilar edi. Bu esa 5 bahoning 70 % idan 90 % gachasini tashkil etadi. O’quvchilarni fanga bulgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 90 % ini 85 % ga kamaytirildi, ya’ni 4,5 100 /5 = 90 5 100 /5 = 100
2,5 dan kam baho olgan o’quvchiga 2 baho quyilar edi. Shuning uchun xam 55 % idan kam baho tuplagan o’quvchiga qoniqarsiz baho quyiladi. Bu kursatilgan mezon o’quvchilarni bilimlarini nazorat qilish 5 balli sistemada bulsa kullaniladi. Kup balli sistemada esa ball bilan baholanadi, ball tuplanadi. Maktab ta’lim tizimining muxim tadbirlaridan biri dars jarayonida
O’quvchilarning bilim darajalarini aniklash va uni tugri xakkoniy baholash hisoblanadi. Bilim darajasi xakkoniy baholanmagan o’quvchida bilim olishga bulgan intilish va ijodi susayadi.
Ma’lumki, turli o’quv fanlarini o’qitishda o’qituvchilar uzlarining ishchi o’quv dasturlaridan kelib chikib, o’quvchilar bilimlariga turlicha talab qo`yadilar. O’quvchilarning bilim darajasini baholash xozircha 5 balli sistemadadir. Turli maktablarda a`lo baholarga o`qigan o’quvchilarni bir o’quv fani bo’yicha bilim darajasi tekshirib kurilganda turli natijalar olinadi.
Keyingi yillarda Respublikamiz ta’lim tizimida o’quvchilar bilim darajalarining aniqlashning yangidan-yangi usullari qo`llanilmoqda. Ana shu usullardan bir O’quvchilar bilimlarini kup balli reyting tizimlari asosida baholashdir.
Bilimlarni reyting asoslari asosida baholash usulini Respublikamizning deyarli barcha Oliy va o`rta maxsus o’quv yurtlarida, yangi turdagi ayrim maktablarda amalda sinab kurildi va ijobiy natijalarga erishildi. O’quvchilar uzlashtirishini kup bosqichli nazorat qilish, o’quvchining uz bilimini oshirish uchun muntazam ishlashni tashkil qilish va butun ukish davomida uz ijodiy faoliyatini takomillashtirishni ragbatlantirish goyasiga asoslangan bulib, o’quvchilar bilimini reyting nazorat tizimida baholanadi.
O’quvchilar bilimini baholashda reyting nazorat tizimiga utish, o’quvchilar bilimini sifat kursatkichlarini xakkoniy, uzlashtirishni dimiy nazorat qilish bilan ularning uz ustida butun chorak (O’quv yili) davomida muntazam va faol ravishda ishlashni jonlantirish, ularni ukishga qiziqishini va mustakil ishlash samaradorligini oshirishga, o’qituvchilarda esa uz pedagogik burchiga nisbatan bulgan maosuliyatini oshirishga karatilgan. Maktablarda O’quv jarayonini va reyting nazoratini iloji boricha EHMdan keng foydalangan holda amalga oshirish lozim.
Reyting nazoratini moxiyati shundan iboratki, fanlar bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirishini uch xil yul bilan nazorat qilinadi : KN (JN) - kundalik (joriy) nazorat, ON-oralik nazorat, YAN-yakuniy nazorat. Kundalik nazoratning asosiy maqsadi kundalik o’qitilayotgan darslarni o’quvchilar tomonidan kay darajada uzlashtirilayotganli-gini muntazam ravishda nazorat qilishdan iboratdir. U reyting tizimining eng muxim boskichi hisoblanadi.
Bunday nazorat o’quvchini mustakil dars tayyorlash, o’qitilgan mavzularni puxta uzlashtirib borishga, ta’lim jarayoniga ijodiy yondoshishga undab, o’quvchidagi iktidor kursatkichlarini yuzaga chikarishga va takomillashtirishga sababchi buladi. Aslida KN (JN) o’quvchilarning o’qitilayotgan fan bo’yicha mavzularni uzlashtirish uchun sinfda va sinfdan tashqari bajarilishi lozim bulgan barcha ishlarni baholashdan iborat. Bu esa o’quvchining uzluksiz bilim olishini va o’zini o’zi mustakil nazorat qilib bori imkoniyatini tugdiradi. KN (JN) ning asosiy maqsadi : o’quvchining asosiy konuniyatlar, tushunchalar va mavzularni qanday o’zlashtirayotganini o’z vaqtida baholashdan iboratdir. KN (JN) o’qitilayotgan fanning xususiyatiga mos ravishda maktab pedagogik kengashi yigilishining karori bilan : a) yozma nazorat ishi ; b) ogzaki suxbat ; v) seminar ; g) uy vazifasini tekshirish ; d) test surovi : ye) test-sinov : z) EHM da yoki EHM siz test nazorat uslubidagi sodda testlar, misol, masala yechish va boshka shakllarda o’tkazish mumkin.
Oralik nazorat utilayotgan fan bo’yicha utilgan bir necha mavzularni uz ichiga olgan bulib yoki kism bo’yicha o’quvchining bilimini aniklash va baholash Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari O’qitishning guruxli shakli o'tkazish demakdir.
ON xam har bir fanning xususiyatiga karab, test-sinov, yozma nazorat ishi
ogzaki sinov-suxbat, referat yozish va uni baholash shaklida o’tkazish mumkin.
Masalan : Informatika fanidan ON aksariyat xollarda test-sinovi shaklida o’tkaziladi, bunda test topshiriklari soni 25-30 tadan oshmasligi lozim. ON ning asosiy maqsadi o’quvchining utilgan mavzularga oid nazariy bilimlarini muayyan berilgan masala, muammoni yechishga tadbik qilish maxorati kobiliyatini sinab kurishdan iboratdir. Bulardan ko’rinadiki ON lar soni KN (JN) lar soniga nisbatan kamrok buladi. Uz navbatida ON uchun tuzilgan variantlarda KN (JN) o’tkazilgan mavzular, amaliy mashgulotlar va topshiriklar hisobga olinadi.
Yakuniy nazorat o’quv rejasi bo’yicha bir chorak (O’quv yili) uchun ajratilgan mavzular utib bulgandan sung, o’quvchilarni bu mavzular bo’yicha uzlashtirish darajasini baholash uchun o’tkazilgan nazorat turidir.
Masalan : Informatikadan YAN bir chorak (o’quv yili) tugashi arafasida, kup xollarda test topshiriklari soni 50 tadan kup bulmagan test sinovi orqali amalga oshiriladi.
O’quvchilarning bilimini tizimga ko’ra aniqlash g’oyasi juda sodda :
o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi sinfda va sinfdan tashqari bajarilishi lozim bo’lgan mustaqil faoliyatini tegishli ballar bilan baholashdan iborat.



Download 78,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish